Boshqaruv kompetensiyalari. Reja: Kompetensiya va kompetentlik tushunchalari. Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari


Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari



Yüklə 290,64 Kb.
səhifə2/16
tarix20.10.2023
ölçüsü290,64 Kb.
#158197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Boshqaruv kompetensiyalari. Reja Kompetensiya va kompetentlik t

2.Boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari.
Barcha ijtimoiy tarmoqlar borki boshqaruvga muhtojlik sezadi. Agar boshqaruv jarayoni sustkashlik asosida qurilgan bo`lsa boshqaruvda samaradorlik bo`lmaydi. Rahbarningboshqaruvdagi roli past bo‘ladi va iskicha yondoshuvlar asosida ta’lim jarayonini tashkil etgan, yoki boshqaruvga qobiliyati yuq deb qaraladi. Bugungi kunda zamonaviy boshqaruvgaxos kompetensiyalar farqlanadi.
G.Mirolyubova o’zining “Menejerlar madaniy kompetensiyalarining rivojlanishi” (2005) deb nomlangan o’quv-uslubiy qo’llanmasida boshqaruvchining tayanch kompetensiyalari xususida zamonaviy, ilmiy jihatdan asoslangan qator fikr-mulohazalarini ta’kidlab o’tadi. Shu bois ham, da’vogarning lavozimga loyiqlik mezonlari xususida gap ketganda, mutaxassislar oldida boshqaruvchi shaxsiga xos quyidagi tayanch kompetensiyalarni aniqlash yoki o’rganish masalasi ko’ndalang turadi:
1.Professional kompetensiya– bu o’zi boshqarayotgan soha faoliyatini mukammal darajada yo’lga quyish uchun tashkilot missiyasini aniqlashtirishga xizmat qiluvchi mavjud ma’lumot, bilim hamda malakalarga ega bo’lishlikdir.
2.Uslubiy kompetensiya– bu rahbarning bilgan narsalari, shaxsiy malaka va ko’nikmalari, turli loyihalar xususidagi ma’lumotlar hamda topshiriqlarni tez, to’g’ri va tushunarli (operativ) tarzda xodimlarga yetkaza olish qobiliyati.
3.Ijtimoiy-psixologik kompetensiya– bu shaxsning ijtimoiy-psixologik hodisalar hamda muomala qonuniyatlari, o’zgalarni bilish, to’g’ri idrok qilish, dilidagini anglash va shu asosda o’zaro hamkorlikni tashkil qilish borasidagi savodxonligidir.
“Amaliy ijtimoiy psixologiya” (1998) kitobining mualliflari ijtimoiy-psixologik kompetensiyaning 3 ta asosiy tarkibiy qismlarini ajratib ko’rsatishadi:
a)kommunikativ kompetensiya;
b)perseptiv kompetensiya;
c)interaktiv kompetensiya.
Agar diqqat bilan bu tizimga qaralsa, u G.Andreyevaning uch tizimli muloqot to’g’risidagi nazariy qarashlaridan kelib chiqqanligiga guvoh bo’lishimiz mumkin (kommunikativ, perseptiv va interaktiv). Har qalay, bunday yondashuv psixologiya fanidagi mashhur ko’pqirrali muloqot jarayonining asosiy sohalarini qamrab olganligi bilan xarakterlanadi.
Shaxsning, birinchi navbatda, rahbarning ijtimoiy-psixologik kompetensiyasini aniqlash uchun turli metodlar ishlatiladi. Bular o’sha biz bilgan ko’plab shaxsning muloqotga kirishuvchanlik sifatlarini aniqlash metodlaridir. Lekin ularning ko’pchiligi nazariy nuqtai nazardan diagnostik ishlarni amalga oshirish uchun maqsadga muvofiq emas. Barcha metodik usullar ichida, aynan, shaxsning o’zgalar bilan tez va aniqlik bilan ishchanlik hamda shaxsiy muloqotni o’rnata olish orqali boshqalarga ta’sir ko’rsata olish malakasini aniqlovchiKOS–1 metodi tadqiqotchilarda borgan sari ko’proq ishonch uyg’otmoqda. Metodning qulayligi shundaki, u ko’p vaqtni olmagan holda (10–15 daqiqa) respondentdan 40 ta savolga “ha” yoki “yo’q” deb javob berishni taqozo etadi.
Ijtimoiy-psixologik kompetensiya nafaqat rahbar tomonidan o’zini-o’zi anglashi (bilishi), balki autopsixologik kompetensiya bilan ham bog’liq.2

Yüklə 290,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin