Mehnat jamosaini boshqarishda boshqaruv mehnatining uchta turini ajratish mumkin:eviristik,ma’muriy va operatorli
Eviristik mehnat – bu hammadan avval rahbarlar va mutaxassislarning mehnatidir. U ijodiy aqliy faoliyatining tabiati ularning psixo-fiziologik mohiyatini to’liq darajada aks ettiradi.
O’zining ma’zmuniga ko’ra eviristik mehnat operatsiyalarning ikkita turidan tashil topadi:tahliliy va konstruktiv.
Tahliliy operatsiyalar qarorlar qabul qilish uchun zaruriy axborotlarni qabul qilish va idrok etishdan iboratdir.Bunday operatsiyalarga ularni bajarishning shakillari va uullariga ko’ra quyidagilar kiradi:har xil hujjatlar va adabiymanbalarni ko’rib chiqish va o’rganish, og’aki suhbatlar, so’rovlar va bevosita kuzatishlarning o’tkailishi,tahlil natijalarini tegishli hujjatlarda bayon etish,mavjud holatning tashxisini qo’yish yoki aniqlassh.
Konstruktiv operatsiyalar har xil turdagi qarorlarni qabul qilish va tayyorlash bilan bog’liqdir.Bu operatsiyalarqarorlarning ma’muni ,arakteri va murakkabligi hamda ularning yakka tartibda va jamoaviy qidirishning tegishli usullariga muvofiq ajratiladilar.
Ma’muriy mehnat - bu aqliy mehnatning o’ziga xos turi bo’lib,uning vazifaviy belgilanishi odamlar harakati va xulqini ularning mehnat faoliyatlarijarayonida bevosita boshqarishdan iborat bo’ladi.
Ma’muriy mehnat jarayoni quyidagi tashkiliy – ma’muriy operatsuyalarni bajarishda vujudga keladi:ximatli kommunikatsion; yo’riqnomaviy ; muvofiqlashtiruvchi va naoratli –baholovchi.
Operatorli mehnat – bu asosan texnik ijrochilarning ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini axborotli ta’minlash uchun zarur bo’lgan stereotipli ,takrorlanuvchi operatsiyalarni bajarish bo’yicha mehnatidir.
Ilmiy ostida boshqaruv xodimlari mehnatining shunday tashkil qilishni tushunish kerakki u fan yutuqlari va ilg’or tajriba, xo’jalik yuritihning ilg’or shakllaridan foydalanish, texnik vositalarni qo’llashga asoslanadi. U xizmatchilarni bir-birlari va ishchilar bilan hamda ishlab chiqarishni boshqarish va muhandislik,texnik va iqtisodiy ta’minlash vaifalarini amalga oshirish jarayonida foydalanadigan texnik vositalar bilan o’zaro hamkorligini yaxshiroq tarzda o’rnatish va muntazam ravishda takomillashtirishga imkon beradi. Mehnatni ilmiy tashkil qilishning maqsadi mehnat unumdorligini ishlovchilarning sog’liklarini saqlab qolgan holda amalga oshirishdan iboratdir.