5-amaliy mashg’ulot Muvozanatlangan binar daraxtlar ustidagi amallar. Merge va split operatorlar to’plami. Merge va split operatorli ma’lumotlarni apstrakt turlariga doir misollar



Yüklə 120,5 Kb.
səhifə1/3
tarix02.12.2022
ölçüsü120,5 Kb.
#71884
  1   2   3
rBT82buLdu9QkQ3IOXJ7JeOeIWl2sEnwrGK8E5ZA


5-amaliy mashg’ulot


Muvozanatlangan binar daraxtlar ustidagi amallar. MERGE va SPLIT operatorlar to’plami. MERGE va SPLIT operatorli ma’lumotlarni apstrakt turlariga doir misollar.

Binar daraxt muvozanatlangan yoki AVL-muvozanatlangan bo‟lishi mumkin. Daraxt AVL-muvozanatlangan (1962 yil sovet olimlari Adelson, Velsk Georgiy Maksimovich va Landis Yevgeniya Mihaylovichlar tomonidan taklif qilingan) deyiladi, agar daraxtdagi har bir tugunning chap va o‟ng qismdaraxtlari balandliklari farqi 1 tadan ko‟p bo‟lmasa.


Berilgan butun sonlar – kalitlar ketma-ketligidan binar daraxt yaratib olamiz va uni muvozanatlaymiz. Daraxtni muvozanatlashdan maqsad, bunday daraxtga yangi element kiritish va daraxtdan element izlash algoritmi samaradorligini oshirishdan iborat, ya‟ni bu amallarni bajarishdagi solishtirishlar soni kamayadi. Binar daraxtni muvozanatlash algoritmi quyidagicha bo‟ladi:
1. Binar daraxtni yaratib olamiz.
2. Binar daraxtni chapdan o‟ngga ko‟rikdan o‟tkazamiz va tugunlarning info maydonlaridan a[..] massiv hosil qilamiz. Tabiiyki, massiv o‟sish bo‟yicha tartiblangan bo‟ladi.
Muvozanatlangan daraxtning tugunlarini belgilash uchun massivni ko‟riladigan oralig‟ini belgilab olamiz, ya‟ni start=0 va end=n-1.
3. Massivning ko‟rilayotgan oralig‟i o‟rtasida joylashgan elementni, ya‟ni mid=(start+end)/2 va a[mid] ni muvozanatlangan daraxtning tuguni qilib olinadi. Agar ko‟rilayotgan oraliqda bitta ham element qolmagan bo‟lsa, ya‟ni start>end bo‟lsa, bajarilish joriy seansdan keyingisiga uzatiladi.
4. Ko‟rilayotgan tugunning chap qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‟rilayotgan oralig‟ining 1-yarmini olamiz, ya‟ni start=0 va end=mid-1. 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
5. Ko‟rilayotgan tugunning o‟ng qismdaraxtini hosil qilish uchun massivning ko‟rilayotgan oralig‟ining 2-yarmini olamiz, ya‟ni start=mid+1 va end=end (oldingi qadamdagi end). 3-5 qadamlarni takrorlaymiz.
Dastur kodi
node *new_tree(int *arr, int start, int end)
{ if(start>end) return NULL;
else { 77
int mid=(start+end)/2;
node *tree=new node;
tree->info=arr[mid];
tree->left=new_tree(arr,start,mid-1);
tree->right=new_tree(arr,mid+1,end);
return tree; } }

Yüklə 120,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin