(Mahsulotning qaysi turini ishlab chiqarish lozimligini aniqlash jarayoniga relevantli yondashish)
Cheklangan ishlab chiqarish quvvatlari sharoitida ishlab chiqarish dasturlarini shakllantirish borasida, masalan, kishi-soat yoki mashina-soat, ko’pincha eng ko’p foyda beradigan, ma’lum bir mahsulot (xizmat, buyurtma) turini tanlashga to’g’ri keladi. Ko’proq foyda ko’rish uchun qaysi mahsulot va mahsulotlarni ishlab chiqarish (sotish)ni aniqlashda marjinal yondashuvdan foydalanish yaxshi natija beradi. Avalambor, buxgalter har qaysi mahsulot uchun marjinal foydani aniqlab olishi shart, so’ng esa cheklangan resurs birligiga marjinal foydani hisoblab chiqishi lozim.
Shunday qilib, cheklangan resurs sharoitida kompaniyaning foydani ko’paytirish mezoni bo’lib ushbu resurs birligiga bo’lgan eng ko’p marjinal foyda hisoblanadi.
Amaliyotdagi ko’p hollarda bitta emas, balki bir necha cheklovli omilllar mavjud bo’ladi.
Ana shunday hollarda foydani ko’paytirish (maksimallashtirish) yoki kamaytirish (minimallashtirish) masalasi chiziqli dasturlash modeli yordamida amalga oshiriladi. Boshqaruv hisobida chiziqli dasturlash modelini keyingi boblarda ko’rib chiqamiz.
Xo’jalik yurituvchi subyekt ikkita mahsulotning birini ishlab chiqarishi lozim