Boshqaruv qarorlarini qabul qilish


Buyurtmaning taqqoslama tahlili



Yüklə 182,55 Kb.
səhifə6/10
tarix28.04.2023
ölçüsü182,55 Kb.
#104397
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Boshqaruv qarorlarini qabul qilish

Buyurtmaning taqqoslama tahlili







Buyurtmali (410 000)

Buyurtmasiz (440 000)

1.

Sotishdan tushum

1 640 000

1 713 000

2.

O’zgaruvchan xarajatlar:

  1. materiallar

  2. ish haqi

v) o’zgaruvchan UICHX
g) o’rash, qadoqlash

369 000
246 000
205 000
123 000

396 000
264 000
220 000
125 500




Jami o’zgaruvchan xarajatlar

943 000

1 005 500

3.

Marjinal foyda, (1-2)

697 000

708 000

4.

Doimiy xarajatlar:

  1. umumishlab chiqarish xarajati

  2. reklama

v) tijorat va ma’muriy boshqaruv xarajatlari

100 000 60 000
120 000

100 000 60 000
120 000




Jami doimiy xarajatlar

280 000

280 000




Soliqqacha bo’lgan foyda, (3-4)

417 000

428 000

Qaror: Buyurtmani qabul qilish kerak, chunki u foydani 11 000 p.b. ko’paytiradi.
Tahlil ko’rsatadiki, agar maxsus buyurtma qabul qilinsa, faqatgina to’g’ri materiallar, to’g’ri mehnat sarflari, o’zgaruvchi umumishlab chiqarish xarajatlari hamda mahsulotlarni o’rash bilan bog’liq xarajatlargina o’zgarar ekan. Mahsulotlarni o’rashqadoqlash xarajatlari ortadi, ammo faqat ko’tara qadoqlash summasigagina (2,500). Barcha qolgan xarajat moddalari ikkala variantda ham o’zgarishsiz qoladi. Buyurtmani qabul qilishdan bo’ladigan sof natija – bu marjinal foyda (shuningdek, soliqqa tortilgunga qadar sof foyda)ning 11.000ga ko’payishidir.
Sof foydaning ko’payishi = ((birlik sotuv narxi – o’zgaruvchan ishlab chiqarishning birlik xarajatlari) x birliklar soni) – maxsus buyurtmaning o’rashqadoqlash xarajatlari = ((2,45 - 2,00) x 30,000 birlik)- 2,500= 13,500-2,500=11,000.
Shunday qilib, tahlil buyurtmachining ushbu taklifi qabul qilinishi mumkinligini ko’rsatadi.
Maxsus buyurtmani qabul qilish haqidagi qarorni qabul qilishda hisob-kitoblar uchungina marjinal foyda usulidan foydalanish mumkin. Marjinal yondashuv - foyda miqdorining o’zgaruvchan xarajatlar o’zgarishi bilan o’zgarish samarasini yaqqol namoyish qiladi.
Shu borada rahbarlar uchun tayyorlangan tahlil ma’lumotlarida yuqorida ko’rib chiqilganidek har bir pozitsiya bo’yicha o’zgarishlarni ko’rsatadigan yana bir grafa qilish mumkin, u holda hisobot yanada tahlilbop bo’ladi. Shu bilan birgalikda, rahbariyat uchun ma’lumotlar bazasini imkon qadar soddalashtirish maqsadida, tahlil ma’lumotlarini xarajatlarning barcha moddalari bo’yicha emas balkim faqat o’zgarish ro’y bergan xarajat moddalari bo’yicha ham tuzish mumkin. Xususan, maxsus buyurtma tahlil qilingan bo’lsa, mavjud ishlab chiqarish imkoniyatlari darajasida doimiy xarajatlarning barchasi odatda o’zgarmaydi, demak, ular relevant emas va ularni umuman tahlil ma’lumotlaridan chiqarib tashlash mumkin. Boshqa tomondan, agar zarur operatsiyalarni bajarish uchun qo’shimcha doimiy xarajatlar talab qilinsa, unda ular mazkur qarorga relevant bo’lib qoladi. Relevant doimiy xarajatlarga misol qilib qo’shimcha uskunalar sotib olish, binoning ijara xarajatlarini oshirish, xizmat ko’rsatish, sug’urta va nazorat uchun xarajatlarni ko’rsatish mumkin.
Shunday qilib, maxsus buyurtma muammosida barcha o’zgaruvchan xarajatlar, odatda, relevant xarajatlardir, doimiy ishlab chiqarish xarajatlari va barcha tijorat, umumiy va ma’muriy xarajatlar norelevant xarajatlar bo’lib, biz ularni yuqoridagi misolda ko’rib chiqdik. Ammo shuni e’tiborga olish lozimki, har doim ham bunday bo’lavermaydi. Doimiy xarajatlar relevant bo’lishi ham mumkin, biz buni oldingi misollarda ko’rdik. Shuningdek, o’zgaruvchan xarajatlar ham doim relevant bo’lavermaydi. Bunga ko’rilayotgan variantlar bo’yicha o’zgarmaydigan tijorat xarajatlari, mahsulotni tashishga, agar u xaridor hisobidan amalga oshirilsa, sarflangan xarajatlar kabilarni misol qilib ko’rsatsa bo’ladi.
Umuman, doimiy xarajatlarning relevantligi reja davrlari bilan belgilanadi. Uzoq kelajakda deyarlik barcha xarajatlar o’zgaruvchan bo’ladi. Agar vaqt borasida pullarning har xil narxini e’tiborga oladigan bo’lsak, unda barcha kutilayotgan kelajakdagi daromad va xarajatlar shu miqdorda, ammo vaqt bo’yicha farq qiluvchi, relevant bo’lib qoladi.

Yüklə 182,55 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin