Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish


Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar



Yüklə 32,29 Kb.
səhifə2/5
tarix07.01.2024
ölçüsü32,29 Kb.
#201226
1   2   3   4   5
Boshqaruv qarorlarini tayyorlash va qabul qilish

1. Boshqaruv qarorlarini qabul qilish modellari. Alternativ xarajatlar


Boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayoni ko’pincha san’atga o’xshash yuqori malaka, amaliy tajriba, rivojlangan sezgirlik (intuitsiya)ni talab etadi. Ko’plab qarorlar juda noyob bo’lib, ularni ishlab chiqish jarayoni qat’iy bir qoidalar, ma’lum usul hamda izchillik bilan belgilanmagan. Shunga qaramasdan, boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonidagi quyidagi umumiy bosqichlarni (tsikllarni) alohida ajratib ko’rsatish mumkin (chizma).
Mana shu chizmadagi siklning dastlabki bosqichida buxgalter mavjud muammolardan kelib chiqib, rahbariyatga ushbu muammolarni hal qilishga yordam beradigan barcha mumkin bo’lgan harakat yo’nalishlarini ko’rsatib berishi lozim. Muqobil qarorlarning biri aniqlagandan so’ng boshqaruv hisobi bo’yicha buxgalter har bir muhokama etilayotgan variant bo’yicha, umumiy xarajatlar, resurslarning ehtimoliy tejami hamda xo’jalik jarayonlari natijalarini hisoblagan holda atroflicha ma’lumot tayyorlaydi. Qayd etish joizki, turli qarorlar uchun turli xil axborotlar talab qilinadi.
Barcha axborotlar yig’ilib va tegishli tarzda taqdim etilgandagina rahbariyat eng yaxshi harakat yo’lini tanlashi mumkin. Tanlangan qaror hayotga tatbiq qilingandan keyin buxgalter joriy etilgandan keyingi vaziyatni har tomonlama tahlil qilishi hamda rahbariyatga amalga oshirilgan qarorlar tahlili natijalari haqida to’liq ma’lumot yetkazishi kerak.
Ko’rib turganimizdek, boshqaruv qarori qabul qilish jarayonining barcha bosqichlarida buxgalter rahbariyatni zarur bo’lgan barcha axborot bilan ta’minlaydi. Bu maqsadlar uchun ma’lum bir hisob shakli hamda maxsus hisobotlar tizimidan foydalanishi lozim. Chunki rahbariyat axborot aniq, ayni vaqtda, muammolarni to’liq qamrab olgan va yaxshi tushunadigan shaklda taqdim etilishini kutadi. Buxgalter nafaqat kerakli axborotlarni yig’ish va ularni ishlab chiqishga, balki taqdim etilayotgan hisobotlarning hajmiga ham jiddiy e’tibor berishi zarur.
Marjinal yondashuvdan foydalanish tajribasining asosi hisoblangan o’zgaruvchan xarajatlar hisobi tizimi, shuningdek, o’suvchan tahlil – buxgalterlar tomonidan boshqaruv qarorlarini qabul qilish jarayonida keng qo’llaniladigan ikkita eng qulay umumiy hisobot tayyorlash usulidir. Har bir usul ushbu aniq qaror uchun talab qilingan zarur axborotlar sonini aniqlashga yordam beradi va shuningdek, maxsus hisobot shaklini ko’rsatib beradi.
Muqobil (alternativ) qarorlarning ko’pligi zarur bo’lgan eng qulay qarorni qabul qilish jarayonini qiyinlashtiradi. Ustiga ustak, ko’p qarorlar keyinchalik butunlay yangicha vaziyatlarda qabul qilinadi, ya’ni ularning yechimiga oldingi tajribalar asosida yondashib bo’lmaydi. Bunday holatlarda qaror qabul qilish modeli ishlab chiqiladi.

Yüklə 32,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin