Bu muammoning echimi quyidagi savollarga javob berishni talab qiladi:
Nima qilish kerak ( masalan, iste'molchilarning yana qanday yangi talablarini qondirish kerak yoki mahsulotning qanday sifat ko’rsatkichlarini yaxshilash lozim)?
qaysi vositalarni (qanday texnologiyani) qo’llash lozim?
Qaror qabul qilishdagi asosiy masala faqat muqobil variantni tanlash emas, balki boshqaruv oldida qo’yilgan maqsadning oqilona echimini topishdan iborat. Shu sababli, qarorni ishlab chiqish jarayoni ayrim unsurlar mazmuni va ko’lamiga ko’ra xilma xil va ancha murakkabdir. qarorni ishlab chiqish jarayoni 3-chizmada ko’rsatilgandek bir necha bosqichlarni o’z ichiga oladi.
3-chizma. Qaror qabul qilish jarayonidagi izchillik va undagi bosqichlar
Boshqarish jarayonida doimo biron-bir masalani hal qilishga to’g’ri keladi. Chunki turli sabablar tufayli belgilangan parametrlardan og’ish sodir bo’ladi, yangi jarayonlarga zaruriyat tug’iladi, natijada ishlab chiqarish oldida paydo bo’lgan muammoni bilish, uni tahlil qilish va hal etish zaruriyati yuzaga keladi.