BOSHQARUV TEXNOLOGIYaLARI
Reja:
1.
Majlislar o’tkazish texnologiyasi
2.
Vaqtni boshqarish
3.
Boshqaruvda nazoratni takomillashtirish
4.
Xotorn tadqiqotlari
Majlislar o’tkazish texnologiyasi
Ish yuzasidan o’tadigan uchrashuvlar, yig’ilish va majlislar boshqaruvdagi
muammolarni asosiy hal etish vositasi bo’lib hisoblanadi. Bunday yig’ilishlarda
nafaqat ishga aloqador masalalar, balki xodimlar munosabatlari psixologiyasiga
oid vazifalar ham hal etiladi. Masalan, yig’ilish olib borar ekan rahbar o’zining
avtokratlik yoki demokratik tamoyillarga moyilligini namoyish etadi, xodimlar
orasida ishonchlilarni ajratish va ularga qo’shimcha mas’uliyat yuklash tadbirlarini
amalga oshiradi. Bu esa tashkilot ichidagi yig’ilishlar ko’pqirraliligidan va ularni
amalga oshirishda mohirlik talab etishidan dalolatdir.
Rahbar ish vaqtining 70% ni yig’ilishlarda o’tkazadi. Afsuski,bunday
yig’ilishlarning ko’pchiligi samarasiz bo’lib va buning sababi majlisni tayyorlash
va o’tkazish paytida tashkiliy va psixologik xatolarga yo’l qo’yilishidir.
Boshqaruv nazariyasida uch xil yig’ilishlar farqlanadi:
1.
Ma’lumot to’plashga qaratilgan suhbat. Bu tadbir xodimlar
dan hisobot yig’ish uchungina o’tkaziladi. Bunday tarzdagi hisobot yozma
matndan ko’ra afzalroq bo’lib, rahbar xohlagan vaqtida aniqlashtiruvchi savollar
berishi mumkin. Boshqa afzallik shundan iboratki, hisobot berayotgan xodimni
tinglash orqali, boshqalar tashkilotdagi umumiy ahvol haqida to’la tasavvurga ega
bo’la boshlaydilar;
2.
Qaror qabul qilish maqsadidagi yig’ilish. Bunda ma’lum
muammo yuzasidan turli bo’lim mutaxassislarining fikrlarini bir nuqtaga to’plash
orqali bahs uyushtiriladi va qaror qabul qilinadi;
3.
Ijodiy guruh yig’ilishi. Bunda yangi g’oyalarni ishlab
chiqish va ularni ishlab chiqarishga joriy etish haqida fikr alamashinadi.
Ish yuzasidan bo’ladigan yig’ilishlar samarali uslub bo’lib, ularda tashkilot
xayotiga oid muhim boshqaruv qarorlari qabul qilinadi va ularni ijro etish
imkoniyatlari tahlil etadi. Yig’ilishlar samaradorligi asosan korxona boshqaruviga
oid ma’lumotlar ishlab chiqish xajmi bilan o’lchanadi. SHartli ravishda shunday
deyin mumkin – yig’ilishga qadar mavjud bo’lgan ma’lumotlarni majlis so’ngida
to’plangan ma’lumotlarga nisbati bajarilgan ishning samarasini ifodalaydi. Agar
ushbu nisbat birga teng bo’lsa, bu yig’ilish befoyda, bekorga vaqt o’tgan va ish
uchun xech narsa bermagan hisoblanadi. Yig’ilish shu paytda o’z vazifasini
bajargan hisoblanadiki, qachonki unda hal etilmagan ishlarga oid muammolar
ko’rilsa va bir kishi uddalay olmaydigan masalalar ustida mutaxassislar guruhi
bosh qotirsalar.
Ish yuzasidan o’tadigan yig’ilishda qatnashuvchilar aniq biron masala
yuzasidan to’planishi, ular muhokamadagi masala bo’yicha mutaxassis bo’lishlari
lozim. Ish yuzasidan bo’ladigan yig’ilishda masala yuzasidan malakaga ega
bo’lmagan ishtirokchilarning qatnashishlari maslahat berilmaydi, chunki ularning
fikrini eshitish va muhokama etishga sarflanadigan vaqt guruh faoliyatini besamara
etadi. Yig’ilishga tayyorgarlik odatda qaror loyihasini ishlab chiqish,
ma’lumotlarni qisqa bayonnoma va diagrammalar tarzida yaratish bilan
tugallanadi. Muammo yechimining mavjud yechimlari taxmin tarzida ishlab
chiqiladi. Odatda yig’ilish rahbar yoki yordamchilaridan birining ma’ruzasidan
boshlanadi. Bu ma’ruzada muhokama etilajak masala bo’yicha hamma
ma’lumotlar iloji boricha aniq va lo’nda bayon etilishi, agar masalada noaniqliklar
bo’lsa bunga ishtirokchilarning diqqatini jalb etish va ularni hal etish yo’llari
ifodalanishi lozim. Yig’ilish olib boruvchi guruh fikrini muhokama etilayotgan
masala doirasida ushlab turishi, aniqlashtiruvchi savollar berishi lozim. Lider,
ayniqsa, jamoada axloq normalari saqlanishiga e’tibor berishi va malakali
mutaxassislar sha’niga biron nojo’ya gap tegib ketmasligiga e’tibor berishi tavsiya
etiladi. Yig’ilishlar orqali boshqaruv qarorlarini qabul qilishning asosiy garovi
guruhdagi ijodiylik ruhi bo’lib, bu omilni kuchaytirishning asosiy uslullaridan biri
jamoadagi mavjud erkinlik va siquvning yo’qligidir.
Ish yuzasidan o’tadigan yig’ilishlar boshqaruv munosabatlari singari
demokratik yoki avtokratik tarzda bo’lishi mumkin. Yig’ilishning demokratik
shakli rahbarning kasbiy va psixologik mahorati xodimlarnikidan ustun bo’lgan
holatda namoyon bo’ladi. Aynan shunday hxolatda rahbar xodimlari bilan yuzaga
keladigan munozarani mutaxassis va tan olingan rahbar sifatida olib borishi
mumkin. Avtokratik shakldagi yig’ilishda hamma narsani rahbarning o’zi hal etadi.
Bunday tarzda o’tuvchi yig’ilishda xodimlardan yetarli darajadagi ma’lumotlarni
olish qiyin va guruhning faolligi yakka rahbarning tashabbusi orqali ifodalanadi,
natijada oxirgi qaror uchun mas’uliyat ham uning zimmasiga yuklanadi.
Avtokratlik guruhni faollashtiruvchi uslublar toifasiga kirmaydi. Yig’ilish
so’ngidagi eng muhim natija boshqaruv qarorlari va ularni amalga oshirish
yuzasidan yangi fikrlarga ega bo’lishdir. Lekin yangi g’oya doimo eskisini inkor
etishdir, bunday vaziyat esa o’z navbatida tanqidiy fikrlarni keltirib chiqarishi
mumkin. SHuning uchun rahbarning vazifasi guruh oldiga qo’yilgan maqsadga
muvofiq ravishda guruhiy muhitni boshqarish, vaziyatni keskinlashtirmay maqsad
sari yo’naltirishdir. Keskin vaziyatda, qarama-qarshi fikrlar muhitida qabul
qilingan qaror uning ijrosini ham qiyinlashtiradi. o’rinsiz fikrlarni muloyim va
adovat uyg’otmay rad etish qaror ijrosida tomonlarning birgalikdagi harakatini
ta’minlash uchun zamin yaratadi.
Boshqaruv qarorlari bilan bog’liq yig’ilishlarni yana bir toifasi guruh
yordamida ishlab chiqilgan yoki mavjud qarorni amalga oshirishda yagona
yondoshuvni ishlab chiqish bo’lib hisoblanadi. Boshqaruv qarorlarini amalga
oshirishning bu bosqichida dastlab qarama-qarshi fikrga ega bo’lgan tomonlarni
maqsad sari hamkorlikda ishlashini ta’minlash asosiy maqsad qilib qo’yiladi.
Rahbar qaror ijrosini guruhga muhokama uchun taqdim etar ekan, qarorni
amalga oshirish bo’yicha vazifalar taqsimotini iloji boricha guruh a’zolari
tashabbusi orqali amalga oshirishga intilishi lozim. Ijro samaradorligining asosiy
garovi tashabbus kim tomonida bo’lishidadir. Rahbar tomonidan tayinlangan
ijroning kafolati doimiy rahbar nazorati orqali ta’minlanadi. Agar tashabbus
xodimdan chiqsa va o’zi shaxsan vazifa ijrosini qabul qilsa, demak mas’uliyat ham
xodim bo’ynida bo’ladi. Yig’ilishni aynan shu yo’sinda olib borish va
xodimlarning mas’uliyatni o’zlari qabul qilishlari sharoitini yaratish rahbar oldida
turgan asosiy vazifadir. Albatta, bu kabi yig’ilishlarni olib borish va boshqarish
rahbardan ma’lum psixologik yetuklikni talab etadi va iloji boricha avtokratik
ko’nikmalardan voz kechishni taqozo etadi. Bunday yig’ilish olib borish
texnologiyalaridagi asosiy talablardan biri - har bir taqsimlanayotgan vazifani
konkret ijrochi bilan bog’lash va bu majburiyatlarni kog’ozda qayd etishdir. Bu
maqsadda flip-chat yoki plastikli doskalar qo’l keladi. Bu qaydlarda ijrochi, u
qabul qilgan vazifa, ijro muddati va qanday natija olinishi ko’rsatilishi lozim. Agar
ijro bir necha kishi ishtirokida amalga oshirilsa hamkorlikda bo’ladigan xodim va
bo’limlarning nomlari ham belgilab o’tilishi maqsadga muvofiq. Bunday tadbir
nafaqat qaror ijrosini, balki uning nazoratini va zarur bo’lgan paytda kerakli
o’zgartirishlar kiritish tadbirlarini ham yengillashtiradi.
Qarorni ijro etish bo’yicha monitoring yig’ilishlarini muntazam o’tkazibyu
borish, taqdirlash va xatolarni bartaraf etish bo’yicha xulosalar chiqarish juda
muhimdir.
Natijaga erishish yulidagi yig’ilishlar asosiy jihatlaridan biri ishtirokchilarni
qay tarzda taklif etishdir. Muhim qaror ishlab chiqishga qaratilgan yig’ilishga
ishtirokchilarni rahbar kotiba orqali telefonda taklif etmasligi lozim. Bunday
yig’ilishlarga xat yoki maxsus tarzda tayyorlangan yozma taklifnoma orqali xabar
berilgani ma’qul.
Dostları ilə paylaş: |