Sabr shunday bir kuchli narsadirki, gʻazabni shijoatga, kattalikni tavozega (kamgaplikka)
yomonlikni yaxshilikka aylantirmakka quvvati yetar.
Bir hakimdan soʻradilar: “Odamlarni oʻzingdan uzoqlashtirmaslikning chorasi nima?” U dedi: “Chidam va muloyimlik”. Yana undan: “Mushkul narsalarni qanday hal qilsa boʻladi?”, - deb soʻradilar. U yana “Chidam va muloyimlik bilan!”, - deb javob berdi.
Yaxshi niyatlik - bunday rahbar xayrixoh va iltifotli boʻladi, kishilarga nisbatan doimo yaxshi niyatda boʻladi. Oʻzidagi qanoatsizlikni gʻirrom raqobatchilik yoʻli bilan emas, balki xayrixohlik yoʻli bilan bartaraf qilishga harakat qiladi. Uning hayotidagi shiori hasad emas, balki:
“Birni koʻrib shukur qil, birni koʻrib fikr qil” — degan shior.
Shu oʻrinda quyidagi hikmatli soʻzlarni taʻkidlash oʻrinlidir. Uch dardga davo yoʻqdir:
dangasalikdan kelgan kambagʻallikka; * hasaddan tugʻilgan dushmanlikka;
xoʻjayinliqdan kelib chiqqan kasallikka.
Dostları ilə paylaş: |