REJA:
Menejment funktsiyalari va turlari
Yetakchilik
Yetuk menejer xususiyatlari
Dastlab “funktsiya” va “vazifa” iboralarining lugʻaviy ma’nosi toʻgʻrisida ikki ogʻiz soʻz.
“Funktsiya” - bu lotincha soʻz boʻlib, biror kimsa yoki narsaning ish, faoliyat doirasi, vazifasi degan maʻnolarni bildiradi.
“Vazifa” - bu amalga oshirilishi, hal qilinishi lozim boʻlgan masala, erishilishi lozim boʻlgan, koʻzda tutilgan maqsad. Yoki biror-bir topshiriq, xizmat, yumush, xizmat lavozimi, mansab, amal demakdir.
“Funktsiya” tushunchasi “vazifa” tushunchasiga nisbatan torroq maʻnoga ega. Zero, funktsiya faqat oʻz faoliyat doirasidagi vazifalarni oʻz ichiga oladi. Masalan, marketologning ishini bajarish korxona muhandisining funktsiyasiga kirmaydi, chunki u bevosita marketolog faoliyati doirasidagi yumushdir. “Vazifa” esa oʻz faoliyat doirasidan tashqarida ham boʻlishi mumkin. Boshqarish fynktsiyasi deganda, u yoki bu obʻektni boshqarishga oid aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan bir turdagi ishlar majmui tushuniladi.
Demak, boshqaruv muayyan funktsiyalar orqali amalga oshiriladi. Funktsiyalarni aniqlash, ularning mohiyatini ochish va oʻrganish boshqaruv jarayonini toʻgʻri tashkil qilishning myhim shartidir.
Boshqaruv fuiktsiyalarining mazmuni u yoki bu faoliyatni tashkil qilishdan kelib chiqadi. Masalan, ishlab chiqarishning dastlabki bosqichida:
loyihalash;
konstruktorlik;
rejalashtirish kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi.
Keyingi funktsiyalar ishlab chiqarishni tayyorlash, yaʻni:
mahsulot tayyorlash texnologiyasini ishlab chiqish;
mehnat normalari, materiallar sarfini belgilash;
asbob-uskunalarni tayyorlash kabi ishlarni bajarish bilan bogʻliq funktsiyalar paydo boʻladi. Ishlab chiqarish jarayonini boshlash va uni uzluksiz davom ettirish uchun:
ishlab chiqarish vositalari, texnika;
xom ashyo;
energiya;
transport kabi moddiy taʻminot vositalari zarur. Shundan keyin:
kadrlarni tanlash, ularni joy-joyiga qoʻyish;
mehnatni tashkil qilish;
ishlab chiqarishga xizmat koʻrsatish kabi bir qator tashkiliy funktsiyalar kelib chiqadi.
Koʻrinib turibdiki, boshqaruv mazmuni jarayon sifatida uning funktsiyalarida namoyon boʻlayapti. Zero:
Funktsiyalar faoliyat turlarini, subʻektning boshqarish obʻektiga aniq taʻsir qilish yoʻnalishini aks ettiradi.
Boshqaruv funktsiyalaridan tashqarida boshqaruv jarayonining oʻzi ham boʻlishi mumkin emas. Funktsiyalar tarkibini, ularning koʻlamini va mazmunini aniqlash boshqaruvchi xodimlar sonini belgilash, boshqaruv apparatining tashkiliy tarkibini loyihalash uchun muhim asos boʻlib hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |