Iqtidorli deganda, biror soha boʻyicha layoqatini ongli ravishda sezgan, oʻzidagi qobiliyatni toʻla namoyon qilish uchun qatʻiyat koʻrsata oladigan kishilar tushuniladi. Iqtidorli odamlar kuch-quvvatini ayamaydi va kutiladigan natijasiga - maqsadiga yetadi.Ular ishda mardlik, chidamlilik, oʻz-oʻzini boshqara olish, tashabbuskorlik kabi hislat va fazilatlarga ega boʻlishadi, oʻz xatti-harakatlariga hamisha tanqidiy koʻz bilan qaraydilar, doimo olgʻa qarab intiladilar, erishgan samaralari bilan hech qachon cheklanib qolmaydilar. Iqtidorli insonlar oʻz faoliyatlari bilan hatto baʻzi bir kamharakat katta isteʻdod egalariga qaraganda ham koʻproq jamiyatga foyda yetkazadilar. Qayd qilingan fazilatlar mujassamlanmagan rahbar rahbarlik lavozimiga yoki tanish-bilish, yoki qarindosh-urugʻchilik, yoinki pora berib erishgan. Bu nafaqat davlatning, balki butun xalqniig turgan-bitgan shoʻridir.