sharm-hayoli, yaʻni har qanday nojoʻya xatti-harakatlardan oʻzini tiya oladigan;
oriyatli, yaʻni oʻziga nomunosib yoki ep koʻrilmagan ishdan, narsadan xijolat tortadigan;
andishali, yaʻni oqibatini oʻylab ish qiladigan, yuz-xotirni biladigan, farosatli;
vijdonli, yaʻni nohaq, adolatsiz ishlardan gʻazabga keladigan, bularga qarshilik bildiradigan, oʻz faoliyatining yaxshi tomonlaridan qanoatlanib, xursand boʻladigan, yomon tomonlaridan norozi boʻlib, ruhan eziladigan, yaʻni vijdon azobiga tushadigan. Sodda qilib aytganda:Iymon uch narsaning butunligidan hosil boʻladi: eʻtiqod, iqror va amal. Eьtiqod - bu ishonch. Iqror - soʻzda buni tan olish. Amal - yaxshi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof - bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuygʻusi va qobiliyati, ishda, kishilarga munosabatda halollik, toʻgʻrilik, barobarlik, sofdillik va haqiqatgoʻyliq. Oʻzgani oʻz oʻrniga va , shuningdek,, oʻz oʻrniga oʻzgani xayolan qoʻyib koʻrish ham insofga olib keladi. Toʻq ochni, boy kambagʻalni, baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sogʻlom bemorni oʻz oʻrniga qoʻyib koʻrilsa va aksincha ham xuddi shunday boʻlsa, olam guliston - insoflilar safi koʻpayaveradi. Insof - har qanday kishining, xususan rahbarning jamiyat oldida, tevarak-atrofidagi kishilar oldida oʻz xatti-harakati bilan maʻnaviy masʻuliyatini his etishining ifodasi.
Adolat - bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilat. Adolatparvar rahbarning axloqiy hislatlari bemalol qonun oʻrnini bosa oladi. Ulugʻ alloma Nosiriddin Tusiy ijtimoiy adolatning uchta asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi: