T/r
|
Salbiy unsurlar
|
Izoh
|
1.
|
Byurokratizm
|
Byurokrat:
ishlab chiqilgan qoida, qoʻllanmalar doirasidan chiqmaydi, uni oʻzining birdan-bir maqsadi deb biladi;
odamlarga toʻralarcha munosabatda boʻladi;
qogʻozbozlikni avj oldiradi;
boshqarishga qotib qolgan, eski usullar bilan yondoshadi;
ish mohiyatini rasmiyatchilik bilan koʻmib tashlaydi;
masalani hal etishdan, shaxsiy javobgarlikdan oʻzini chetga oladi.
|
|
|
Byurokratizm:
jamoaning va shaxsning tashabbuskorligini, dadil fikrlarini boʻgʻadi;
oʻz mezoniga mos kadrlarni atrofiga toʻplaydi, aqlli, qobiliyatli kadrlardan qutulishga harakat qiladi.
|
2.
|
Mahalliychilik
|
Bunday “dardga” mubtalo boʻlgan rahbarlar:
ishga tor tarmoq, tor funktsional nuqtai nazardan yondoshadilar;
ularda siyosiy, maʻnaviy yetuklik yetishmaydi;
uzoqni koʻra olmaydilar;
boshqalar hisobidan foydalanib qolishga intiladilar;
urugʻchilik, tanish-bilishlik, oshna-ogʻaynigarchilikka yoʻl qoʻyadilar.
|
3.
|
Hadiksirashlik
|
Bunday rahbar:
uncha murakkab boʻlmagan masalalarni ham mustaqil hal eta olmaydi, yuqori turuvchi rahbarlik bilan kelishib olishga intiladi;
har ishda sustkashlik qiladi;
kabinetda oʻralashib, qogʻozbozlik bilan band boʻladi.
|
4.
|
Balandparvozlik
|
Bunday rahbar:
oʻzining kichkina, koʻzga ilgʻamas muvaffaqiyatini boʻrttirib koʻrsatadi, shov-shuv koʻtarib nogʻora qiladi;
yuqori organlardan maqtov eshitishni yoqtiradi;
tilga tushishni, matbuotda yozishlarini, televizordan koʻrinishniistaydi;
soxta tashabbuslar atrofida shov-shuv koʻtarishga, ijodiy izlanish oʻrniga ishni xoʻjakoʻrsinga tashkil etishga intiladi;
ishchanlik oʻrniga koʻzboʻyamachilik va qoʻshib yozish bilanshugʻullanadi.
Bunday toifadagi rahbarlar uchun kamchilik va muammolarni xaspoʻshlash, oʻz xizmatlarini boʻrttirib koʻrsatish va oʻz-oʻzini maqtash xarakterlidir.
|
5.
|
Boshqa salbiy qusurlar
|
Rahbarlik uslubidagi garchi kam boʻlsa-da, har holda uchrab turadigan va umumiy ishga zarar keltiradigan boshqa salbiy tomonlar ham borki, bular:
xudbinlik;
takabburlik;
maqtanchoqlik;
tamagirlik;
yovuzlik, zolimlik;
hushomadgoʻylik;
dimogʻdorlik;
xasislik, gʻarazguylik;
ayyorlik;
jizzakilik;
boqibegʻamlik;
badnafslik;
subutsizlik;
baxillik;
mansabparastlik va h.k.
Bunday salbiy qusurlar mavjudligini anglasak, koʻrsak ham lekin koʻpincha ularni yoʻqotish qiyin kechadi.
|
|
|
Chunki har qanday kishiga, xususan rahbarga uning mazkur fazilati yoki uning ish uslubidagi notoʻgʻrilik aytilsa, tabiiy u norozi boʻladi.
Shu sababli bunday nuqsonlarni bartaraf qilish uchun kurash juda ham oson va silliq oʻtmaydi. Buning uchun kundalik mehnat, izchillik va sabotmatonat talab qilinadi.
|
Ha, rahbarlik uslubidagi salbiy qusurlarni bartaraf etish lozim. Buning uchun boshqarishning barcha unsurlariga eʻtiborni kuchaytirish kerak boʻladi. Eng avvalo, rahbar yuqoridagi nuqsonlardan holi boʻlishi va ish uslubini quyidagi ijobiy fazilatlar zamirida tashkil qilishi lozim: • Rahbar oʻz huquq va vakolatidan umumdavlat manfaatlarini jamoa va xodimlarning shaxsiy manfaatlari bilan uygʻun olib borishda mohirona foydalanish zarur. Ammo davlat manfaatlariga putur yetkazmasdan, shaxsiy manfaatlar umummanfaatlariga boʻysunishi lozim.
Ishlab chiqarishni faqat jamoada obroʻ-eʻtiborga ega boʻlgan rahbargina yaxshi boshqara oladi. Ayni paytda shuni unutmaslik kerakki, obroʻ faqat xizmat mavqesi bilan emas, balki avvalo, bilim, tajriba, ishga va xodimlarga munosabat bilan orttiriladi.
Rahbar vazmin, har qanday vaziyatda ham oʻzini tuta biladigan, odobli va hushmuomala boʻlishi zurur. Oʻz xatti-harakatini nazorat qila oladigan, kayfiyati va sezgalarini tiya biladigan, yurish-turishida boʻysunuvchilarga oʻrnak koʻrsatadigan boʻlishga majburdir.
Buyruq hammaga ham yoqavermaydi. Shu sababli boʻysunuvchi xodimlarga beriladigan farmoyish faqat bevosita buyruq shaklida boʻlmasdan, balki topshiriq va vazifa, maslahat tarzida ham boʻlishi kerak. Bu oʻrinda quyidagi ibratli ish uslubini bilish foydadan holi emas.
Ouen Yang durustgina lavozimni egallab turgan boʻlishiga qaramay, qoʻl ostidagi xodimlarning hech biriga, hech qachon buyruq ohangida ish buyurmagan. U buyruq berishdan koʻra, maslahat solishni afzal bilgan. Bunday yumshoq muomala birinchidan, Ouenning oʻziga katta izzat-obroʻ keltirgan boʻlsa, ikkinchidan idora ishining har doim bir maromda muvaffaqiyatli kechishini taʻminlagan. Yang hech qachon “Mana bu ishni unday yoki bunday qiling” yoki “Bunday yo unday qilmang” demagan. Buning oʻrniga “Shu masalada bir oʻylab koʻrsangiz” yoki “Shunday qilinsa, yaxshi natija beradi deb oʻylaysizmi” qabilida muomala qilishga odatlangan.
Rahbar boʻysunuvchi xodimlarning fikr va maslahatlarini diqqat va hurmat bilan tinglashi, hatgo shu takliflarga shaxsan qoʻshilmagan taqdirda ham ularga osoyishta quloq solishi va muhokama qilishi lozim. Yang biror tashkilotga xat yoʻllash zururati tugʻilib qolgan holda maktub matnini boshidan oxirigacha aytib turib yozdiradi-da, pirovardida xodimiga shunday savol bilan murojaat qilardi: “Sizning xat matni xususidagi fikringiz qanday?” Agar xat matnini biror xodimi tayyorlagan boʻlsa, uni oʻqib chiqqach, mabodo kamchiligi uchrasa yoki yoqmasa, buni xodimning yuziga solish oʻrniga maslahat yoʻsinida fikrlashadi: “Balki xat matnini biroz boshqacharoq qilib yozganimiz maʻqulmidi, siz nima deysiz?” Yang oʻz xodimlariga nima qilish kerakligi haqida hech qachon koʻrsatmalar bermaydi, zimmalaridagi vazifalarini mustaqil bajarishlari uchun imkon yaratadi. Mustaqil harakat qilishga, oʻz xatolaridan tegishli xulosa chiqarish va boshqa takrorlamaslikni odat qilishga undaydi. Haqiqatan ham bunday munosabat xodimlarni mustaqillikka oʻrgatadi, xatolarni tez tuzatish va ishni oxirigacha pishiq, puxta bajarishga odatlantiradi. Qolaversa, bunday usul ishchi xizmatchilarning izzat-nafsini hech qachon kamsitmaydi va ayniqsa, ularda oʻz imkoniyatlari va mahoratlariga qatʻi ishonch, mehnatta ishtiyoq tugʻdiradi. Demak, agar rahbar insonlarda oʻziga nisbatan iliqlik, izzat-hurmat hissini uygʻotmoqchi boʻlsa, u salbiy hislatlardan, yaʻni buyurish, koʻrsatma berish ohanglaridan voz kechib, maslahat solishi, ulardan fikr olishi kerak. Shunda uning umumiy ishga koʻproq nafi tegadi.• Rahbar intizom va tartibga rioya qilishni qatьiy talab qilishi va boʻysunuvchilarning biron nojoʻya harakatini eʻtibordan chetda qoldirmasligi kerak. Talabchanlik tarbiyaning asosi va ongli intizomning eng mustahkam zaminidir. Xullas, rahbardagi odamlarni boshqarish qobiliyati, odamlar haqida gʻamxoʻrligi, tashabbuskorlik, qatʻiyatlik, mustaqillik, talabchanlik, boʻysunuvchi xodimlar bilan maslahatlasha bilish, oʻz soʻzini ustidan chiqish kabi ijobiy fazilatlar undagi salbiy qusurlardan qutulishga yordam beradi.
Rahbar salbiy qusurlar domiga tortilmaslikka intilishi kerak.
U egallab turgan lavozimidan mahrum boʻlmasligi uchun quyidagi oʻnta qoidaga rioya qilmogʻi lozim:
Iloji boricha qulogʻingizgacha ishga koʻmiling. Oʻz kompaniyangiz mijozlarini koʻpaytirish uchun barcha imkoniyatlaringizni ishga soling.
Kompьyuterni oʻrganing.
Chet tilini oʻrganing.
Oʻz arxivingizni tashkil qiling. Zarur tashkilotlar va kishilar adreslari, telefonlarini yozib boring. Ular favqulodda hollarda kerak boʻlib qoladi.
Har doim “ha” deng. Hamma narsani bajarishga urining. Hattoki imkoniyatingiz, qobiliyatingiz yetarli boʻlmasa ham oldin bajarmagan ishingizni bajarishga harakat qiling. Ishdan mahrum boʻlib qolishning eng qisqa yoʻli: “Bu mening ishim emas” deb javob berish. Bunday soʻzni aytishdan oʻzingizni tiying.
Chiroyli imo-ishora qilishni biling. Firma inqirozga uchragan vaqtda ham uni bunday holatdan chiqarish uchun vaqtingizni ayamasligingizga tayyor ekanligingizni bildiring.
Malakangizni muttasil oshirib boring.
Kishilar bilan boʻladigan muomalada hushfeʻl va iltifotli boʻling. Noyob, nazokatli, doʻstona kayfiyat jamoadagi muhitni yaxshilaydi, oʻzaro ishonchni mustahkamlaydi, kishilarni hamjihatlikka chorlaydi.
Boshqalar bilmaydigan va bajara olmaydigan u yoki bu ishni bilish va bajara olishga urining. Bu nur ustiga aʻlo nur boʻladi.
Ish vaqti faqat, masalan: 800 dan 1700 gacha boʻlmasin. Agar siz ertalab ish vaqtidan oldin yoki ish vaqti tugagandan soʻng ish joyida boʻlsangiz, bilingki bu ham eʻtiborsiz qolmaydi.
Bulardan tashqari, lavozimdan mahrum boʻlmaslik uchun rahbar quyidagi qayd etilgan kishilar bilan oʻzaro maslahatlashmasligi kerak. Ular:
Nodon - sizni yoʻldan adashtiradi.
Dushman - sizning zarar topishingizni oʻylaydi.
Xasadchi - faqat xato qilib qoʻyishingizni poylaydi. Ular badanning sogʻ joyi qolib, nuqul yaraga qoʻnishni moʻljallaydigan pashshalarga oʻxshaydi. - Qoʻrqoq - sizni dadilliqdan qaytaradi.
Baxil - boylik toʻplashga hirsmand boʻladi va undan birovga foyda yetmaydi.
Nafsiga berilish - hoyu-havasning asiri boʻlib, nafs toʻridan qutulishga kuchi yetmaydi.
Yolgʻonchn - fikringizni buzib koʻrsatadi.
Inson shaxsining eng muhim tomonlaridan biri uning individualligidir. Bu individuallik shaxsdagi temperamentda, hissiyotda, qobiliyatda, feʻl-atvor, iroda, xotira va boshqalarda namoyon boʻladi. Ana shular taʻsiri ostida rahbar injiq, janjalkash, kurashchan, bilagʻon va hokazolar boʻlishi mumkin. Shunga qarab xodimlar va rahbarlar oʻrtasida munosabat shakllanadi (5-jadval).
5-jadval
Dostları ilə paylaş: |