11-sinf Ma’naviyat asoslari fani darsligi asosida 1-mavzu
Inson boshqa mavjudotlardan o‘zining xotirasi, tafakkuri, tili bilan ajralib turadi.
Inson faoliyatini boshqaruvchi xatti-harakatlar shu til orqali ajdodlardan avlodlarga uzatiladi.
Bu jamiyatda inson faqat madaniyati bilan yuksaklikka ko‘tariladi.
Shuningdek, inson hayotida mehnat asosiy rol o‘ynaydi.
Mehnat tufayli inson yashayotgan tabiiy muhitni yaxshilaydi, moddiy va ma’naviy boyliklar yaratadi, o‘z-o‘zini o‘zgartiradi.
Bundan tashqari, mehnat insonning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy, madaniy taraqqiyoti uchun ham juda muhim omil sanaladi. Mehnat tufayli inson tabiat bilan munosabatga kirishadi.
Mehnat go‘zallik va farovonlik o‘rtasidagi kashfiyotlar va o‘zgarishlar asosidir. Mehnat yoshlarni nafaqat bugungi kunga tayyorlaydi, shuningdek, yoshlar uchun porloq istiqbolni yaratishga ham chorlaydi.
Inson haqida bugungi kungacha turli davlatlarda, turli davrlarda turlicha talqin va ta’riflar berib o‘tilgan.
Inson va uning mohiyati haqidagi qarashlar dastlab qadimgi Hindiston va Xitoyda vujudga kelgan.
Insonga ta’rif berar ekan, xitoylik Konfutsiy: «Bilish — insonning bilimidir», — deb aytgan.
Inson tinimsiz o‘z-o‘zini bilish orqali komillik darajasiga erishish imkoniyatiga ega. Konfutsiy
Xususan, Suqrot, Aflotun kabi allomalar inson hayotini olijanoblik bilan tugatish imkoniyati mavjudligini aytib o‘tishgan.
Qadimgi yunon faylasuflari esa insonga o‘zgacha ta’rif berishadi. Aflotun
Vatandoshimiz mutafakkir Abu Nasr Forobiy insonning barcha mavjudotlardan farqi, uning aql-idrokliligida deydi.
Yana bir alloma Abu Rayhon Beruniy insonning xudo tomonidan yaratilganini ko‘rsatib, ayni vaqtda uning butun hayoti va jismoniy tuzilishi geografik omillarga bog‘liq ekanini ko‘rsatib o‘tadi.
Abu Rayhon Beruniy
Buyuk alloma G‘azzoliyning fikricha, inson buyuk xilqat va uning oldida mudom xavf-xatar mavjud.
U aytadiki, muammolarni, xavf-xatarlarni bartaraf etgan shaxsgina baxtlidir. G‘azzoliy
Go‘dak oilada ilk bor ijtimoiy-madaniy qadriyatlarni o‘zlashtiradi.
Insonning o‘zini-o‘zi rivojlantirib borishi, jamiyatning faol a’zosi bo‘lishi, millat taqdirini har narsadan ustun qo‘yishi uning insonparvarligidan darak beradi.
Savol va topshiriqlar:
1. Jamiyatni insonlarsiz tasavvur qilish mumkinmi?
2. Inson tushunchasiga ta’rif bering.
3. Nega inson jamiyat ijodkori deyiladi?
4. Rasmlarda kishilik jamiyatining qanday ijodkorlari tasvirlangan?