3- Mavzu:Rahbarlik psixologiyasi. Boshqaruvda liderlik tushunchasi
Reja:
1. Rahbarlik psixologiyasi va rahbar shaxsi.
2. Ta'lim-tarbiya tizimiga rahbarlik va pedagogik boshqaruv
qobiliyati.
3. Kadrlar mas'uliyati va bugungi kunda rahbar kadrlar oldiga
qo'yilayotgan talab va vazifalar.
4.Boshqarish liderlik va superliderlik tushunchalari.
Tayanch tushunchalar: Ta'lim tizimiga rahbarlik, boshqarish mahorati, boshqaruv prinsiplari, boshqaruv qobiliyati, rahbarlik faoliyati, pedagogik boshqaruv, mas'uliyat, rahbar shaxsi, liderlik va superliderlik tushunchalari.
1. Rahbarlik psixologiyasi va rahbar shaxsi.
Oxirgi yillarda inson omiliga e’tiborining ortib borishi munosabati bilan boshqarish psixologiyasi masalalariga ham qiziqish kuchaydi. Shu asosda psixologiyaning maxsus bo’limi boshqarish psixologiyasi paydo bo’ldi. Boshqarish psixologiyasi psixologiyaning shunday tarmogiki, u boshqaruv faoliyati bilan bog’liq bo`lgan muammolarni, shaxs va shaxslar guruhi tomonidan boshqa guruhlar faoliyatini samarali tashqil etish va birgalikdagi faoliyatini amalga oshirishning psixologik mexanizmlarini o’rganadi.
Ma'lumki, boshqarish deganda mavjud vosita va imkoniyatlardan foydalanib ko'zlangan (rejalashtirilgan) maqsadga erishish jarayoni tushuniladi va shuning bilan birga har bir insonni o'z ko'zlagan maqsadiga erishishning tez va qulay varianti qiziqtiradi. Boshqarish muammolari ham bir qancha fanlar tomonidan o’rganiladi, jumladan, falsafa, tarix, iqtisod, huquqshunoslik va psixologiya uning o’ziga xos tomonlarini ochish bilan shug’ullanadi. Psixologiya boshqarishning ham ob’ekti, ham sub’ektini o’rganadi. Psixologik tadqiqotlarda o’rganiladigan olimlar jamoasi, alohida shaxs, ularning psixologik holatlari, ulardagi ayrim jarayonlar va vazifalari boshqaruv ob’ekti deb aytiladi. Boshqaruvning sub’ekti o’rganilganda esa odatda boshqaruvchi shaxs yoki odamlar guruhi nazarda tutiladi.
Psixologiya ko’prok boshqaruvchi shaxs faoliyatining psixologik asoslarini o’rganadi va shu asosda buysunuvchilar ishlarini samarali tashqil etish, aniq va to’g’ri karorlar chiqarish uchun qanday psixologik holat va jarayonlarni o’zida tarbiyalash lozimligi kabi qator muammolarni yechadi. Masalan, konkret hayotiy sharoitlarda agar boshlik majlis olib borayotgan bo’lsa, har bir so`zga chikuvchilarning fikrlari, ma’ruzalari va xoka’zolar orqali ularning psixologik holatlari aniqlanadi, yangi ish dasturlari ishlab chiqariladi, kabo’l qilingan karorlarga ko’ra boshlikning va buysunuvchilarning har biriga alohida ilmiy ko’rsatmalar va maslaxatlar beriladi.
Boshqaruv psixologiyasi boshliq faoliyatini analiz qilganda asosiy diqqatni boshqarish uning extieji yoki qobiliyatlariga mos yoki mos emasligi, kaysi individual xususiyatlariga ko’ra u boshliq darajasiga ko’tarildi, ishni muvaffakiyatli amalga oshirish uchun u boshqaruvning kay usullaridan foydalanyapti, xodimlarga psixologik ta’sir ko’rsatish maqsadida u ta’sir uslublarini qo’llayapti kabi qator masalalarga qaratadi. Boshliq bo`lish ishiga turli shaxslarning munosabatlari har xil: kimdir unga berilajak huquqlarni afzal ko’radi, kimgadir yo’qsak mas’uliyatlarni bo’yinga olish ma’qo’l keladi. Shaxslarning boshlik funksiyalari haqidagi tasavvurlari qanchalik xilma xil bo’lmasin, boshlikdan real sharoitlarda odamlar guruhini aniq maqsad asosida faoliyatga yo’llash, ularga bosh bo`lish, turli tadbirlarni amalga oshirish, obruga ega bo`lish, har bir qilingan ish uchun javobgarlikni o`z buyniga olish kabi ko’plab sifatlarning mujassam bo`lishi talab qilinadi.
Ayniqsa, boshliq uchun turli guruhlardagi, ko’p holda bir boshliq uchun bir vaqtning o’zida bir qancha guruhlardagi shaxslararo munosabatlarning harakteriga javobgar bo`lish qiyinchiliklar tugdiradi, chunki usha guruhlarni tashqil yotgan har bir shaxsning o’ziga xos individualligi, boshqaruvchi haqidagi ular tasavvo’rining har xilligi va guruhlarda norasmiy liderlarning borligi boshlikdan odamlar bilan ishlash borasida ham tajribaning, ham psixologik faxm-farosatning va sabr-kanoatning bo`lishini talab qiladi.
Dostları ilə paylaş: |