Rahbar jinsi. Inson jinsi, lining ayni bir rolga amal qilishini taqozo etadi. Ayniqsa, bu holat sharq mamlakatlari, hududimiz sha- roitida yaqqol namoyon bo‘ladi. Bu hududda erkak va ayolga xos jinsiy ijtimoiy normalar aniq belgilangan. Modomiki shunday ekan, inson amalga oshirayotgan ko‘pgina xatti-harakat aynan shu jinsiy rol mezoni ta’sirida idrok etiladi. Hozir, insonning jinsiy mansub- ligiga qaramay, kasb yoki lavozim pog‘onasida katta imkoniyatlar paydo bo'layotganini ko‘ramiz. Mamlakatimizda tadbirkorlik va davlat boshqaruvi sohasida ayollarga katta yo‘l ochilgan. Ammo, shunga qaramay, rahbar so‘zi ko‘pincha erkak jinsi bilan ifodalana- di va negadir, ayol rahbar idora etadigan sohalar, jumladan, maorif, sog‘liqni saqlash, aholiga xizmat ko‘rsatishdan nariga o‘tilmaydi.
Haqiqatdan ham ayolning u yoki bu sohada boshqaruv lavozimini egallashi, ko‘p jihatdan, bu soha ayollarga mosmi yoki erkak- largami, degan savolga bogliq bo‘lib qolgan. Bir qator tadqiqotlar orqali aniqlanishicha, erkak va ayol aralash ishlaydigan guruhda ko‘pincha erkaklar tashabbusni o‘z qo‘llariga olar emish. Tadqiqotchi Ye.Xollander tajribasiga ko‘ra, guruh doirasida hal etiladigan vazifani yechishda erkaklar ko‘proq maqbul yo‘l topa olishadi, ayol va er- kaklardan iborat aralash guruhda esa ustunlikka intilishadi. Olimning tushuntirishieha, erkaklarga xos bunday xatti-harakat, ko‘p jihatdan, jamiyatda o‘matilgan normalar va erkaklar xulqiga oid ustanovka, ya’ni kutuvlardan kelib chiqadi. Bunday ustanovkalar asosidagi stan- dartlar atrofdagilaming bo’layotgan voqea-hodisalarni idrok etishiga ham katta ta’sir etadi. Masalan, psixolog R.Rays o‘tkazgan tajribada quyidagi manzara kuzatiladi: tajriba davomida, harbiy o‘quv yurti kursantlarida ayollarga nisbatan ma’lum (unchalik ijobiy boMmagan) ustanovka shakllantirilgan. Shundan so‘ng, kursantlami uchtadan qilib ikki guruhga boMishgan va laboratoriya sharoitidagi tajribada qatnashishga taklif etishgan. Ikki guruh kursantga ikki rahbar - biri erkak, ikkinchisi ayol boshchilik qilgan. Guruhlar ma’lum bir murak- kab vazifalami hal etishgan va yechim davomida rahbar faol o’rinni egallagan. Aniqlanishicha, ayol rahbarlik qilgan kursantlar guruh mu- vaffaqiyatini tasodifga yo‘yishgan, erkak rahbar boigan guruhdagi kursantlar esa muvaffaqiyatda aynan rahbaming qobiliyatini yetakchi deb ko‘rsatishgan. Mazkur tajriba shundan dalolat beradiki, atrofdagi voqealarni baholashimiz ko‘p jihatdan ayni jamiyatda qabul qilingan norma va me’yorlarga bog‘liq.
Boshqaruv amaliyotida va shuningdek, ba’zi bir adabiyotlarda, erkak rahbar faoliyati ayol rahbamikiga nisbatan anchagina samara- li degan tasavvur mavjud. Odatda, bunday fikrga quyidagi dalillar keltiriladi: erkak yorqin ifodalangan mantiqiy fikrlash xususiyatiga ega emish, ayol esa ko‘pincha hissiyotga; erkak o‘z ishiga fidoyi desak, ayol qimmatli vaqtini oilaga sarflaydi. Chunonchi, erkak turli salbiy ta’sirlarga, stresslarga chidamli bo‘lsa, ayol murakab vaziyat- da hatto aqlini “yo‘qotib” qo‘yishi mumkin ekan.
Ammo, hayot buning aksini ko‘rsatib turibdiki, ayni paytda ish- lab chiqarishni samarali boshqarayotgan ayollami ko‘plab uchratish mumkin. Jinsiy tafovutlami tahlil etishda samaradan ko‘ra boshqaruv uslubi haqida gapirsa, o‘rinliroq bo‘ladi. Erkak rahbar asosiy diqqat-e’tiborini ishlab chiqarish muammolariga taalluqli vazifalar- ga qaratsa, ayol rahbar ko‘proq jamoaning ij'timoiy-psixologik ji- hatlariga, psixologik muhitni sog‘lomlashtirishga qaratadi, degan xulosalar ham kam emas. Albatta, bu fikr bir qancha bahs va muno- zaraga sabab bo‘lsa-da, endilikda qo‘shimcha tadqiqotlar o‘tkazish- ni ham taqozo etayapti.
Xo‘sh, aslida erkak va ayol rahbarlar muvaffaqiyatga eri- shishlarida ma’Ium farq, tafovut mavjudmi, degan savolga quyidagi javobni olamiz. Taniqli olima F. Denmark, katta hajmdagi tadqiqot- lari asosida shunday xulosaga keldiki, boshqaruv sohalarida muvaffaqiyatga erishishda sezilarli jinsiy tafovutlar kuzatilmas ekan. Ayol va erkak menejerlarning boshqaruv faoliyatidagi farq shundan iborat ekanki, ayollar jamoadagi insoniy munosabatlarga ko‘proq e’tibor beradilar. Erkak va ayol menejerlarga xos jinsiy psixologik farqning bo‘lishi tabiiy, lekin jamoa oldida turgan vazifani bajarish, ko‘zlangan maqsadga erishish borasida jinsiy tafovut kuzatilmaydi. Nazarimizda, bu muvaffaqiyatlar sababi jinsga xos bo‘lmagan omillar bilan belgilanadi. Masalan, shaxsning ko‘pgina ishchanlik fazilatlari jinsiy moyilliklar bilan emas, balki ijtimoiy qadriyatlar, xarakterdagi xususiyatlarga asoslanadi.