Adolatning birinchi talabi:
aholi turli tabaqalarining oʻzaro uygʻun boʻlishini taʻminlashdir. Adolatning ikkinchi talabi:
el-ulusining haq-huquqi teng taʻminlangan holda, kishilarni xizmatga tayinlashda shaxsning salohiyati va imkoniyatlaridan kelib chiqish.
Adolatning uchinchi talabi:
barchaning teng farovonligini ximoya qilish bilan birga, bu farovonlikni yuzaga keltirishdagi xizmati va huquqiga qarab har bir inson oʻz ulushini olishga imkon yaratishdan iborat.
Bu kabi davr va hayot tajribasida tasdiqlangan fikrlar oradan sakkiz asr chamasi oʻtib,
Prezident Islom Karimovning rahbarlik faoliyatida oʻziga xos tarzda ifoda topmoqda. Bunga ishonch hosil qilmoq uchun yurtboshimizning maʻruzalaridan biridagi ushbu taʻkidga diqqat qilaylik:“Davlat jamiyatning keskin tabaqalanishiga - oshib-toshib ketgan boylaru kambagʻal, qashshoqlarga boʻlinib ketishga yoʻl qoʻymasligi kerak”.Bundan shu xulosa kelib chiqadiki, har turli qingʻir yoʻllar bilan haddan tashqari katta boylik orttirib oʻzini qoʻyarga joy topolmay, “toʻqlikka shoʻxlik” qiladigan kimsalarning jilovini tortib qoʻyish bilan birga, halol mehnat kishilariga imkoniyat yaratib berish, ularni qoʻllab-quvvatlash, zurur boʻlsa, ragʻbatlantirib borish davlat siyosatining muhim yoʻnalishlariga aylanishi kerak. Adolatning ikkinchi talabi sifatida Prezident jamiyat taraqqiyoti va uning siyosiy muhitini belgilashda rahbar kadrlarni tanlash va ularni joy-joyiga qoʻyishga katta ahamiyat beradi va bu masalaga hal qiluvchi maʻnaviy-siyosiy omil, tub islohotlarning tayanchi va bosh yoʻnaltiruvchi kuchi, deb qaraydi:
“Xalqning dardiga befarq qaraydigan, oʻz manfaatidan boshqa narsani oʻylamaydigan, xudbin va tamagir rahbarlar mamlakatimiz ravnaqiga, xalqimiz farovonligiga toʻsiq boʻlmoqda. Endi ular bilan murosa qilib boʻlmaydi. Bizga shunday rahbarlar kerakki, toki ular elim deb, yurtim deb kuyib-yonib, oʻz halovatlaridan kechib mehnat qilsinlar!
Barcha boʻgʻinlarda insofli, diyonatli, bilimdon, tajribali rahbarlar boshchilik qilmas ekan, mustaqil mamlakatimizning obroʻsi, uning manfaati uchun mardlik, jonkuyarlik bilan ishlamas ekan ishlarimiz koʻngildagidek boʻlmaydi”.
Dostları ilə paylaş: |