Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi Falsafaning asosiy qonunlari Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi



Yüklə 0,74 Mb.
tarix10.04.2023
ölçüsü0,74 Mb.
#95857
Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi


Mavzu: Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi
Reja:
  • Falsafa tarixida rivojlanish haqidagi qarashlar evolyutsiyasi
  • Falsafaning asosiy qonunlari
  • Fan va falsafa kategoriyalarining tasnifi

Falsafada mohiyat va hodisa masalasiga turlicha, idealistik, materialistik va metafizik qarashlar mavjud. Jumladan, olam, uning hodisalari turli g‘oyalar yoki sezgilar yig‘indisidan iborat deb talqin etuvchilar nazdida mohiyat va hodisa ob’ektiv xarakterga ega emas, deyiladi. Boshqalar esa, butun voqelik ruhiy boshlang‘ichga asoslanadi, hodisalar mohiyati absolYut ideyadan kelib chiqadi (Gegel), mohiyat alohida ideal zamindir, u hodisalardan ayrim holda mavjud bo‘ladi, deb qaraydilar.
Agnostitsizm mohiyat bilan hodisani ajratib tashlaydi, mohiyatga bilib bo‘lmas «narsa o‘zida» tartibida qaraydi. Ikkinchi tomondan ayrim faylsuflar narsalar mohiyatiga ruhiy mazmun beradilar va bu mazmunni moddiy jismlarga nisbatan birlamchi, deb hisoblaydilar (Aflotunning umumiy mohiyatlar g‘oyaviy olami, Gegelning tabiat mohiyatning ifodasi sifatidagi mutlaq g‘oyasi). Faylasuflarning ba’zi vakillari predmetlarda mohiyat bilan hodisani ajratib ko‘rsatishni sof sub’ektiv jarayon, deb hisoblaydilar (DYui, LYuis), mohiyatning ob’ektivligini inkor etadilar, hodisani esa sezgilar bilan bir qilib qo‘yadilar.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor:
  • ob’ektiv voqelikning in’ikosi;

  • 2) narsa va hodisalarning o‘zaro bog‘lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli;
    3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o‘zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha;
    4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri.

Ko‘pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo‘shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Falsafada o‘z xususiyatlariga ko‘ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo‘nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog‘lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog‘lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Alohidalik, xususiylik va umumiylik - narsa va hodisalar, ularning bir-biriga o‘xshash va farq qiluvchi tomonlarini ifodalaydigan kategoriyalar; olamga xos munosabat va aloqadorlikni, olam taraqqiyotining xususiyati, uning makon va zamondagi mavjudlik shakllariga, har bir narsa yoki hodisaning ayrim belgilari hamda o‘zaro birlikni ifodalovchi umumiy tomonlarni ifodalaydigan tushunchalar. Alohidalik kategoriyasi olamdagi narsa, voqea va jarayonlarga xos bo‘lgan aniq, yagona takrorlanmaydigan belgilar hamda xususiyatlarni ifodalaydi.
Mazkur kategoriya tabiat va ijtimoiy hayotdagi narsa, alohida hodisa, juz’iy fakt va yagona voqea haqidagi tushunchalarni ham bildiradi. Masalan, har bir millatga xos madaniyatning til, urf-odat, an’ana, milliy xarakter, psixologiya kabi belgilari ayni shu shakl va mazmunda boshqa xalqlarda takrorlanishi mumkin bo‘lmagan ayrimlikdir. SHuningdek, tibbiyotda infarkt miokardi – Yurak-tomir kasalliklari sistemasida o‘ziga xos belgi va xususiyatlariga ko‘ra ayrimlikni ifodalaydi.
Alohidalik kategoriyasi moddiy olam mavjudligi va undagi munosabatlarning faqat bir tomonini ifodalaydi, xolos. Ayrim olingan voqea, hodisa, alohida predmet va jarayonlar, ularga xos belgilar bilan, ayni paytda materiyaning konkret ko‘rinishlari, predmet, voqea va protsesslarni o‘xshash, aynan tomonlarini bildiruvchi umumiy belgilari ham mavjud. Umumiylik kategoriyasi narsa, hodisa, jarayonlarga xos asosiy, doimiy takrorlanadigan belgilar va xususiyatlar yig‘indisini bildiradi. Bu kategoriya narsalarning kelib chiqish jihatidan umumiy ekanligini, ular taraqqiyot umumiy zanjirining uzviy bog‘liq xalqalari ekanligini, bir xil qonuniyatlarga bo‘ysunishi mumkinligini anglatadi.
Yüklə 0,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin