Rahbar bir qator talablarga javob berishi kerak. “Rahbarlik qilish” degan soʻzga izohli lugʻatlarda boshqarish, maslahat berish, kuzatish, yoʻnaltirish, koʻrsatma berish degan turli maʻlumotlar berilgan. Bundan koʻrinib turibdiki, hozirgi davrda menejer (rahbar)lar qondirishi zarur boʻlgan talablar juda koʻpdir. Ularni quyidagi beshta yirik guruhga boʻlish mumkin (3jadval).
topshirilgan ish uchun shaxsiy javobgarlikni his qilish, halollik, vijdonlilik
boʻysundirishga qodirlik, kishilarga nisbatan mehribon va eʻtiborli boʻlish
tashabbus va ilgʻorlikni qoʻllab-quvvatlash qobiliyati printsipiallik
tanqidga chidamli boʻlish, oʻz-oʻzini tanqid qila bilish.
2.
Intizom va mehnatga boʻlgan munosabat
mehnatsevarlik
jamoa oʻrtasida intizomni yoʻlga qoʻya bilish atrofdagilarda mehnatsevarlikni tarbiyalay bilish.
Bir noshud rahbarning begʻamligi yuzlab, minglab kishilar taqdirining bedaxl qirralariga taʻsir etishi mumkin. Boqibegʻam bu toifa rahbarlarning ish uslubi bilan murosa qilib boʻlmaydi.
3.
Bilim darajasi
iqtisodiyotni bilish
texnika va texnologiyani bilish
boshqarish ilmini, funktsiyalari va strukturasini bilish istiqbolni bilishga qodirligi va h.k.
Rahbar aniq, chuqur va keng bilimga ega boʻlishi, uni doimo toʻldirib va yangilab borishi kerak. Aks holda u obroʻ qozona olmaydi, xodimlarning ishonchiga sazovor boʻla olmaydi
4.
Tashkilotchilik qobiliyati
xodimlarni tanlay bilish va ulardan samarali foydalanishni taʻminlay olish
qoʻl ostidagilarni mehnatga oʻrgatish va tarbiyalashni bilish
jipslashgan jamoani vujudga keltira olish
maqsad sari intiluvchanlik
kutilmagan vaziyatlarda boshqarish qobiliyatini yoʻqotmaslik
“Yomon korxona yoki tashkilot yoʻq, lekin yomon rahbarlar bor”. Bu ibora shuni bildiradiki, yomon ishlab turgan korxonaga jamoani yaxshi boshqaradigan, tashkilotchilik qobiliyati yuqori, mehnatsevar, talabchan, bilimdon rahbar qoʻyilsa, u korxonani tezda yaxshi korxona safiga qoʻshadi.
Agar yaxshi ishlab turgan korxonaga tasodifan tashkilotchilik qobiliyati past rahbar kelib qolsa, aksincha, u korxona asta-sekin tanazzulga yuz tutadi.
5.
Boshqarish samaradorligini taʻminlay olish
boshqarishni kollegial tarzda tashkil qila olish qobiliyati
ish haqida qisqa va aniq gapirish qobiliyati
ishga oid xat, buyruq, farmoyishlar yoza bilish
turli manbalardan ish uchun zarur axborotlarni olish qobiliyati rahbarlarni va qoʻl ostidagilarni tinglay bilish
qobiliyati asoslangan qarorlarni mustaqil va tez qabul qila bilish
qobiliyati rejalarni bajarishdan xodimlarning moddiy va maʻnaviy
manfaatdorligini taʻminlash
qobiliyati boshqaruv organi qarorlarini bajarish ustidan nazoratni taʻminlay bilish
boshqarish strukturasini takomillashtirib borish qobiliyati va h.k.
Rahbarning sifat hislatlarini belgilovchi mezonlar koʻp. Biroq quyidagi ijobiy hislatlar ular orasida alohida mavqega ega: