Xoleriklar - koʻtarinki ruhda ishlay oladigan, qarshiliklarni yenga oladigan kishilar boʻlib, ularning ishlash zavqi kayfiyatining buzilishi bilanoq tez oʻzgarishi mumkin. Ular serjahl, oʻzini yaxshi koʻradigan, tez gapiradigan odamlar boʻlib, boshqalardan gapining ohangi oʻzgaruvchanligi bilan ajralib turadi. Xoleriklarning vazminlik darajasi xuddi sangviniklarnikidek boʻladi. Rahbar va boshqa kishilarga nisbatan oʻzini toʻgʻri tutadi.
Nihoyat, Gippokrat yana bir tur kishilarni ajratadiki, bundaylarning ahvoli, ruhiyati bir xilda turmaydi. Ular yomon kayfiyatga koʻproq moyil boʻladilar, arzir-arzimas narsalardan qattiq kuyunaveradilar. Bunday kishilarni ulugʻ shifokor melanxoliklar deb atagan. Qadimgi yunonlarda “melanxolik” soʻzi “qora safro” degan maʻnoni bildirgan.Melanxoliklar:
oʻta taʻsirlanuvchi xususiyatga ega;
tez toliqadigan va oʻziga ishonmaydigan;
tashvishsiz, lekin juda sezuvchan;
nihoyatda arazchan;
juda oz kuladigan;
faolligi sust, tortinchoq, kamgʻayrat;
arzimagan sabablarga koʻzlaridan yosh oqib ketaveradigan;
yangi xodimlar bilan qiyinchilik bilan til topishadigan kishilardir.
Melanxoliklar qulay sharoitda oldiga qoʻyilgan masalalarni muvafaqqiyatli bajaradi. Agar ishda sharoit, yaʻni vaziyat oʻzgarsa, qiyinchilik tugʻilsa, ular oʻzlarini panaga olib turishadi.
Dostları ilə paylaş: |