Boshqaruv - bu tanlov, qaror qabul qilish va uning bajarilishini nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani - bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g‘ri amalga oshirishni va ishchan qarorni qabul qilishni o‘rgatuvchi fandir. Uning asosiy maqsadi bozor munosabatlari sharoitida barcha bo‘g‘inlarda ishlay oladigan yuqori malakali boshqaruvchilarni tayyorlashdan iborat
Menejment ob’ekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:
Menejment ob’ekti xaqida so‘z yuritganda, eng avvalo, ob’ekt so‘zining lug‘aviy ma’nosiga e’tibor berish kerak bo‘ladi. Shu ma’noda ob’ekt - bu:
- bizdan tashqarida va bizning ongimizga bog‘liq bo‘lmagan xolda mavjud bo’lgan borliq, voqelik, moddiy dunyo, mavjudot;
- kishi faoliyati, diqqat - e’tibori qaratilgan xodisa, predmet, shaxs;
- xo‘jalik yoki mudofaa ahamiyatiga ega bo‘lgan korxona, qurilish, ayrim uchastka va shu kabilar.
Demak, obyekt tushunchasi mikro voqelikdan (kishi va uning faoliyatidan) tortib, to makro voqelik (moddiy dunyo, jamiyat) darajasigacha bo‘lgan ma’noni o‘z ichiga oladi. Masalan, “Haydovchi o‘z mashinasini boshqara ololmaganligi sababli u yo‘ldan chiqib ketgan”. Bu erda boshqaruv ob’ekti bo‘lib mashina hisoblanadi.
Yoki, “U kishi o‘zini juda yaxshi boshqara oladi”. Bu erda boqaruv ob’ekti bo‘lib kishi, shaxs hisoblanadi. Futbol komandasi yoki shaxar transporti harakatini boshqarish. Tuman, viloyat, mamlakatni boshqarish va x.k. menejmentning yoki boshqarishning ob’ektlaridir