Mavzu: O’quvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida. Reja



Yüklə 318,61 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/4
tarix19.12.2023
ölçüsü318,61 Kb.
#186502
  1   2   3   4
3-Seminar Nazariy



Mavzu: O’quvchi shaxsi tarbiyaning obyekti va subyekti sifatida. 
 
Reja: 
1. Shaxs tushunchasi. Shaxs rivojlanishi.
2. Shaxsni shakllantirishga ta‘sir etuvchi omillar.
3. Shaxsni rivojining yosh davrlari. 
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati 
1. Pedagogika. X. Ibragimov, Sh. Abdullaeva. –Toshkent, 2007.
2. Pedagogika nazariyasi va tarixi. R. Mavlonova va boshqalar. – Toshkent, 
fan va texnologiya. 2010. 
3. Pedagogika. Toxtaxodjaeva M. X. va boshqalar. – Toshkent, O‗zbekiston 
faylasuflari milliy jamiyati, 2010. 
4. Pedagogika nazariyasi va amaliyoti. B. X. Xodjaev. -Toshkent
―Sanostandart‖ nashriyoti, 2017.
5. Djuraev R. X. va boshq. Pedagogik atamalar lug‗ati. –Toshkent, Fan, 
2008. 
6. TEACHING AND LEARNING Pedagogy, Curriculum and Culture by 
Alex Moore 2012. Internet saytlari: 1. www. ziyonet. uz 2. www. pedagog. uz 3. 
www. tdpu. Uz. 
1
. Shaxs kamolotining omili nimalar hisoblanadi?
SHaxs tushunchasi insonga taalluqli bo‘lib, konkret kishi, ya‘ni, muayyan 
jamiyatning a‘zosini ifodalashga xizmat qiladi. Odam shaxs bo‘lishi uchun psixik 
jihatdan rivojlanishi, o‘zini yaxlit inson sifatida his etishi, o‘z xususiyatlari va 
sifatlari bilan boshqalardan farq qilmog‘i kerak. 
―Individ‖ nima? Bola ma‘lum yoshga qadar ―individ‖ sanaladi. Individ 
lotincha ―individium‖ so‘zidan olingan bo‘lib, «bo‘linmas», «alohida shaxs», 
«yagona» ma‘nolarini anglatadi. 
Individuallik esa tarbiya jarayonini amalga oshirishda bolaning shaxsiy 
xususiyatlari va yashash sharoitlarini chuqur bilish hamda hisobga olishdan iborat. 
Individual yondashuv o‘quvchilarning aqliy qobiliyatlari, bilishga bo‘lgan 
qiziqish hamda iste‘dodini namoyon etishda muhim ahamiyatga ega. 
Bola harakatlari ongli, ijtimoiy munosabatlar jarayonidagi ishtiroki 
natijasida shakllana boradi. 
SHaxs – muayyan jamiyatning a‘zosi bo‘lib, u psixologik jihatdan taraqqiy 
etgan, o‘z xususiyatlari va xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadi. 
Kadrlar tayyorlash milliy modelida ham shaxs – kadrlar tayyorlash 
tizimining bosh sub‘ekti va ob‘ekti, ta‘lim sohasidagi xizmatlarining iste‘molchisi 
va ularni amalga oshiruvchi sifatida ta‘riflanadi. 
Kadrlar tayyorlash sohasidagi davlat siyosati insonni intelektual va 
ma‘naviy-axlohiy jihatdan tarbiyalash, uning har tomonlama rivojlangan shaxs 
sifatida namoyon bo‘lishiga erishishni nazarda tutadi. Mazkur ijtimoiy talabning 


amalga oshirilishi har bir fuharoning bilim olish, ijodiy qobiliyatini namoyon etish, 
intellektual jihatdan rivojlanishi hamda muayyan kasb yo‘nalishi bo‘yicha mehnat 
qilish huquqni kafolatlaydi. 
Odamning ijtimoiy mavjudot sifatida shaxsga aylanishi uchun ijtimoiy muhit 
sharoitlari va tarbiya kerak bo‘ladi. Ana shular ta‘sirida odam inson sifatida 
rivojlanib boradi va shaxsga aylanadi. 
Rivojlanishning o‘zi nima? 
Rivojlanish oddiyda murakkabga, quyidan yuqoriga, eski sifatlardan yangi 
holatlarga o‘tish, yangilanish, yangining paydo bo‘lishi, eskining yo‘qolib borishi, 
miqdor o‘zgarishining sifat o‘zgarishiga o‘tishini ta‘minlovchi murakkab harakat 
jarayoni sanaladi. Rivojlanishining manbai qarama-qarashliklarni o‘rtasidagi 
kurashdan iboratdir. 
Bola shaxsining rivojlanishi inson ijtimoiy mavjudotdir, degan falsafiy 
ta‘limotga asoslanadi. Ayni vaqtda inson tirik, biologik mavjudot hamdir. Demak, 
uning rivojlanishida tabiat rivojlanishining qonuniyatlari ham muhim ahamiyatga 
ega. SHuningdek, shaxs bir butun mavjudot sifatida baholanar ekan, uning 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy qonuniyatlar birgalikda ta‘sir etadi, ularni bir-
biridan ajratib bo‘lmaydi. 
CHunki shaxsning faoliyati, hayot tarziga yoshi, bilimi, turmush tajribasi 
bilan birga boshqa fojiali holatlar, kasalliklar ham ta‘sir etadi. 
Inson butun umri davomida o‘zgarib boradi. U ham ijtimoiy, ham psixik 
jihatdan kamolga yetadi, bunda bolaga berilayotgan tarbiya maqsadga muvofiq 
bo‘lsa, u jamiyat a‘zosi sifatida kamol topib, murakkab ijtimoiy munosabatlar 
tizimida o‘ziga munosib o‘rin egallaydi. CHunki rivojlanish tarbiya ta‘siri ostida 
boradi. 
SHaxsning fazilatlarini to‘g‘ri ko‘rish va bexato baholash uchun uni turli 
munosabatlar jarayonida kuzatish lozim. 
Demak, shaxsni rivojlantirish vazifasini to‘g‘ri hal etish uchun uning xulqiga 
ta‘sir etuvchi omillar hamda shaxs xususiyatlarini yaxshi bilish zarur. 
Tarbiya bolaga samarali ta‘sir etishi uchun o‘sish va rivojlanish 
qonuniyatlarini bilish va hisobga olish maqsadga muvofiq. SHunday qilib, 
rivojlanish va tarbiya o‘rtasida ikki tomonlama aloqa mavjud. 
SHaxs tarbiyasiga ta‘sir etuvchi omillar. Fanda odamning shaxs sifatida 
rivojlanishiga biologik va ijtimoiy omillarning ta‘siri o‘rtasidagi munosabatni 
belgilashga oid munozara ko‘pdan buyon davom etmoqda. 
Insonning shaxs sifatida rivojlanishiga ijtimoiy voqealar, tabiiy omillar yoki 
tarbiya ta‘sir etadimi? Bu uch omilning o‘zaro munosabati qanday? 
Fanda biologik yo‘nalish deb nomlangan nuqtai nazar yetakchi o‘rinlardan 
birini egallab, uning vakillari Aristotel, Platonlar tabiiy-biologik omillarni yuqori 
qo‘yadi. Ular tug‘ma imkoniyatlar, taqdir, tole har kimning hayotdagi o‘rnini 
belgilab bergan, deydilar. 
XVI asr falsafasida vujudga kelgan preformizm oqimi namoyandalari esa 
shaxs rivojlanishidagi naslning roliga katta baho berib, ijtimoiy muhit va 
tarbiyaning rolini inkor etadi. 


Xorij psixologiyasidagi yana bir oqim – bixeviorizm XX asr boshlarida 
yuzaga kelgan bo‘lib, uning namoyandalari, ong va aqliy qobiliyat nasldan-naslga 
o‘tib, insonga u tabiatan berilgan, deyiladi. Mazkur ta‘limot vakili amerikalik olim 
E.Torndaykdir. 
Progmatizm oqimi va uning vakillari D.D‘yul, A.Kombe ham shaxs 
rivojlanishini biologik nuqtai nazarda asoslaydilar. Ular rivojlanishni fahat 
miqdoriy o‘zgarishdan iborat, deb qaraydilar. Naslning rolini absolyutlashtirib, uni 
inson taqdirida hal qiluvchi ahamiyatga ega deb biladilar. 
Demak, bir guruh xorijiy olimlar rivojlanishni biologik (nasliy) omilga 
bog‘laydilar. 
Biologik oqimga qarshi falsafiy oqim vakillari rivojlanishi ijtimoiy omil 
omil bilan belgilaydilar. Bu oqim vakillari bola shaxsining jismoniy, psixik 
rivojlanishi u yashaydigan muhitga bog‘liq deb ko‘rsatadilar. 
Muhit deganda odam yashaydigan sharoitdagi barcha tashqi ta‘sir 
tushuniladi. SHu nuqtai nazardan tarbiya tufayli bolani o‘zi yashaydigan ijtimoiy 
sharoitga moslashtirish mumkin, degan xulosa kelib chiqadi. 
Ular ijtiomiy muhitning rolini hal qiluvchi omil deb hisoblaydilar. Demak, 
odam bolasining shaxs sifatida rivojlanib, taraqqiy etib borishi, uning shaxs bo‘lib 
kamolga yetishida nasl (biologik omil), ijtimoiy muhit (bola yashaydigan sharoit), 
shuningdek, maqsadga muvofiq amalga oshadigan tarbiya ham birdek ahamiyatga 
ega. Bu omillarning ta‘sirini aniqlashda ilg‘or pedagogik olimlar, psixolog va 
faylasuflar ta‘limotiga suyaniladi. 
Falsafada shaxsni jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi 
murakkab voqelik deb qaraladi. Ular individning ma‘naviy boyligi uning 
munosabatlariga bog‘liq, deb hisoblaydilar. 
Haqiqatdan ham, shaxs mehnat faoliyati zaminida rivojlanadi, kamolga 
yetadi. Inson sharoitni, sharoit esa odamni yaratadi. Bu esa o‘z navbatida inson 
faolligini namoyon etadi. Zero, shaxs ma‘lum ijtimoiy tuzum mahsulidir. Jamiyat 
shaxs kamolotining muayyan imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishi yoki yo‘q qilishi 
mumkin. 
Faylasuflar shaxsni tabiatning bir bo‘lagi deb baholaydilar. Bu insondagi 
layoqat kurtaklari bo‘lib, uning rivojlanishi uchun tarbiya kerak, degan g‘oyani 
ifodalaydi. 
Jamiyat taraqqiyoti shaxs rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi. 
Demak, shaxs bilan jamiyat o‘rtasida ham uzviy aloqa mavjud. 
SHunday qilib, odam shaxsining jamiyatdagi rivojlanishi tabiat, muhit, inson 
o‘rtasidagi murakkab aloqa ta‘siri ostida ro‘y beradi, inson ularga faol ta‘sir etadi 
va 
shu 
yo‘l 
bilan 
hayoti 
va 
o‘z 
tabiatini 
o‘zgartiradi. 

Yüklə 318,61 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin