GLOBAL KORRUPSIYA IJTIMOIY MADANIY INQIROZNING OQIBATI
Reja:
1. Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari.
2. Dunyo bo’yicha korrupsiya holatining tasnifi.
3. Korrupsiyaning shakllari va sabablari. Korrupsiyaning ijtimoiy hayotdagi ko’rinishlari.
4. Ta’lim va fan tizimidagi korrupsiyaning oqibatlari.
Korrupsiya tushunchasining ma’nosi va uning tarixiy ildizlari
Korrupsiya –– bu jamiyatni turli yo‘llar bilan iskanjaga oladigan dahshatli illatdir. Mazkur
illat demokratiya va huquq ustuvorligi asoslariga putur etkazadi, inson huquqlari buzilishiga olib
keladi, bozorlar faoliyatiga to‘sqinlik qiladi, hayot sifatini
yomonlashtiradi va odamlar
xavfsizligiga tahdid soladigan uyushgan jinoyatchilik, terrorizm
va boshqa hodisalar ildiz otib,
gullashi uchun sharoit yaratib beradi.
Ta’kidlab o‘tish o‘rinliki, ushbu zararli hodisa katta va kichik, badavlat va kambag‘al
bo‘lishidan qat’iy nazar, barcha mamlakatlarda uchraydi. Ushbu zararli
illatni bartaraf etish
bo‘yicha jahon hamjamiyati tomonidan bir qator samarali ishlar amalga oshirilayotgan bo‘lsada,
hanuzgacha u bartaraf etilmayapti.
Biz quyida korrupsiyaning tarixiy ildizlariga va unga qarshi kurashish xususida fikr
yuritmoqchimiz.
Korrupsiya (lot.
Corrumpere — buzmoq) termini odatda mansabdor
shaxslar tomonidan
unga berilgan mansab vakolatlari va huquqlardan o‘zlarining shaxsiy manfaatlarini ko‘zlab
qonunchilik va ahloq qoidalariga zid ravishda foydalanishini anglatadi.
Ko‘p hollarda bu atama siyosiy elitadagi byurokratik apparatga qarata ishlatiladi.
Korrupsiya ko‘plab davlatlarning jinoyat va ma’muriy qonunchiligi bilan huquqqa qarshi harakat
sifatida ta’qib qilinadi.
Makroiqtisodiy va siyosiy-iqtisodiy tadqiqotlar, korrupsiya —
davlatlarning iqtisodiy
o‘sishi va rivojlanishiga ulkan to‘siq ekanligini ko‘rsatdi. I.A.Karimov o‘zining “O‘zbekiston XXI
asr bo‘sag‘asida xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari”
asarida
korrupsiyaning O‘zbekistonning o‘z taraqqiyoti yo‘lida rivojlanishiga ulkan to‘siq bo‘lishi
mumkinligini bayon qilgan edi.
Korrupsiyaning tarixiy o‘zaklari juda juda qadimga borib taqalib, bu hol qabilada ma’lum
mavqega ega bo‘lish uchun qabila sardorlariga sovg‘alar berish odatidan kelib chiqqan deb taxmin
qilinadi. O‘sha davrlarda bu normal holat sifatida qabul qilingan. Biroq davlat apparatining
murakkablashuvi va markaziylashuvi korrupsiyaning davlat rivojlanishiga katta to‘siq ekanligini
ko‘rsatdi. Korrupsiyaga qarshi kurashgan birinchi davlat sifatida
qadimgi SHumer davlati tan
olinadi. Qadimgi davlatlarni ayniqsa huquqni muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq
tashvishga solganligi bizgacha saqlanib qolgan manbalardan ma’lum. CHunki bu holat davlatning
obro‘siga juda qattiq putur etkazardi. Dunyoning etakchi dinlarida ham birinchi navbatda huquqni
muhofaza qiluvchi organlarning poraxo‘rligi qattiq qoralanadi. Jumaladan, Injilda “Sovg‘alarni
qabul qilma, chunki sovg‘a ko‘rni ko‘radigan qiladi va haqiqatni o‘zgartiradi” deyilgan bo‘lsa,
Qu’roni Karimda “Boshqalarning mulkini nohaq yo‘l bilan olmangiz
va boshqalarga tegishli
bo‘lgan narsalarni olish uchun o‘z mulkingizdan hokimlaringizga pora qilib uzatmangizlar”
deyilgan.
XVIII asrning ikkinchi yarmiga kelib jamiyat davlat boshqaruv apparatining ish sifatiga
toboro ko‘proq ta’sir ko‘rsata boshladi. Bu o‘sha davrda qabul qilingan bir qator qonun hujjatlarida
o‘z aksini topgan. Jumladan, 1787 yilda qabul qilingan AQSH Konstitutsiyasida pora olish AQSH
prezidentini impechmentga tortish mumkin bo‘lgan ikki jinoyatning biri sifatida ko‘rsatib o‘tilgan.
Siyosiy partiyalarning vujudga kelishi va ularning mamlakat hayotidagi o‘rnining oshib borishi
XIX-XX asrlarda rivojlangan davlatlarda korrupsiyaning dunyoning
boshqa mamlakatlariga
nisbatan ancha kamayishiga olib keldi.