bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar hamda tashkilotlarning
faoliyatini muvofiqlashtirib boradi. Bunday komissiyani shakllantirish va uning faoliyati tartibi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan belgilanadi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasida, viloyatlarda va Toshkent shahrida korrupsiyaga qarshi
kurashish bo‘yicha hududiy idoralararo komissiyalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda
tuziladi.
Idoralararo komissiya sohaga oid faoliyatni muvofiqlashtirish bilan birga korrupsiyaga
qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining ishlab chiqilishi hamda aholining huquqiy ongi
va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga doir chora-tadbirlarning ishlab chiqilishi va amalga
oshirilishini tashkil etadi.
Qonundagi e’tiborli jihatlardan yana biri, korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida
fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, ommaviy axborot
vositalari va fuqarolarning ishtirok etishi mexanizmlari belgilanganidir. Zero, bu institutlar
jamiyatda jamoat nazorati qaror topishida, adolat muvozanati ta’minlanishida o‘ziga xos o‘rin tutib
kelmoqda. Ularning jamiyat rivojiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi korrupsiya illatiga qarshi
kurashishda ishtirok etishi shu yo‘nalishdagi faoliyat samaradorligi oshishiga xizmat qiladi.
Korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarda davlat boshqaruvi, ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlanish va tadbirkorlik, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish va uni bartaraf etish, ma’muriy
tartib-taomillar, davlat xaridlarini amalga oshirish sohalarida korrupsiyaning oldini olish,
normativ-huquqiy hujjatlar va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi kabi masalalar
qamrab olingan.
Qayd etib o‘tish kerakki, qonun iqtisodiyotimizda muhim o‘rin tutayotgan tadbirkorlik
sub’ektlarining huquq va manfaatlari muhofazasini yanada kuchaytirdi. Bu borada ma’muriy va
byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ro‘yxatga olish, ruxsat etish va litsenziyaga doir tartib-
taomillar soddalashtiriladi va ularning tezkorligi oshiriladi. Davlat organlarining nazorat-tekshiruv
vazifalari yanada maqbullashtiri-ladi. Tadbirkorlik sub’ektlarining faoliyatini tekshirish tizimi
takomillashtirilib, ularning faoliyatiga qonunga xilof ravishda aralashishga yo‘l qo‘ymaslik
choralari ko‘riladi. Bu choralar mamlakatimizda qulay biznes muhiti mustahkamlanishi,
tadbirkorlikka bo‘lgan qiziqish yanada kuchayishiga keng yo‘l ochadi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning
muqarrarligini ta’minlashga oid me’yorlar belgilangani qonunning muhim jihatlaridan. Qonunga
muvofiq korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarga qarshi kurashishning zamonaviy shakllari va
uslublaridan foydalaniladi. Jismoniy va yuridik shaxslarning korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar
faktlariga doir murojaatlari to‘liq, xolisona va o‘z vaqtida ko‘rib chiqiladi. Korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot bergan shaxslarning himoya qilinishi ta’minlanadi.
Qonunning 26-moddasiga muvofiq davlat organlari xodimlari ularni korrupsiyaga oid
huquqbuzarliklar sodir etishga ko‘ndirish maqsadida biror-bir shaxs o‘zlariga murojaat etganligiga
oid barcha hollar to‘g‘risida, shuningdek, davlat organlarining boshqa xodimlari tomonidan sodir
etilgan shunga o‘xshash huquqbuzarliklarning o‘zlariga ma’lum bo‘lib qolgan har qanday faktlari
haqida o‘z rahbarini yoxud huquqni muhofaza qiluvchi organlarni xabardor etishi shart. Ushbu
majburiyatning davlat organlari xodimlari tomonidan bajarilmasligi qonun hujjatlariga muvofiq
javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik sodir etgan shaxslar sudning qaroriga ko‘ra muayyan
huquqlardan, shu jumladan, muayyan lavozimlarni egallash huquqidan mahrum etilishi mumkin.
YUridik shaxslar ham korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun qonunda
belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yangi qonun nafaqat korrupsiyaga qarshi kurashish mexanizmi
mustahkamlanishi, balki har bir rahbar, har bir fuqaroning o‘ziga yuklatilgan vazifani sidqidildan,
halol ado etishini talab etadi. Bu mamlakatimizda sog‘lom muhit qaror topishiga, ijtimoiy-siyosiy
barqarorlik yanada mustahkamlanishiga xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: