Dasturli-maqsadli boshqarish strukturasi quyidagi 3 ko’rinishda bo’ladi:
Loyiha bo’yicha boshqaruv.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv.
Matritsali struktura.
Loyiha bo’yicha boshqaruvdan yangi texnika va texnologiyani qisqa muddatda joriy qilish zaruriyati tug’ilgan paytlarda qo’llaniladi. Bunda vaqtinchalik maxsus xizmat bo’limi tuzilib, unga resurslar beriladi. Bu bo’lim loyiha tayyorlaydi va uning ijro etilishini nazorat qiladi. Ish bitgach loyihali struktura tugatiladi. Loyiha bo’yicha boshqarish muntazam rahbarlikni aniqlashtiradi. Kichik bo’limlarga ajratiladi yoki to’ldiriladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.
Mahsulotga ko’ra boshqaruv bu bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarilayotgan mahsulot to’liq bozor talabiga javob berishi uchun rahbar qarorlarni mahsulot sotish hajmiga qarab qabul qiladi.
1. Yangi mahsulotni yaratish.
2. Reklama qilish.
3. Bozorni o’rganish.
4. Sotish.
5. Moliya.
6. Ishlab chiqarish.
Matritsaviy boshqarish tizimi quyidagi afzalliklarga ega:
Gorizontal aloqalarning davomiyligi qisqaradi.
Qaror qabul qilish tezlashadi va menejerlarning mas’uliyati yuqori bo’ladi.
Ishlab chiqarish ichki tashqi sharoitlarga tez moslashadi.
Bo’ysunish asosida boshqariladi va yakkaboshchilik prinsipi amalga oshiriladi.
Usul – bu tadqiqot qilish, ta’sir ko’rsatish yo’li. Boshqaruv usuli – bu xodimlarga va jamoa ishlab chiqarishiga qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun ta’sir etish usuli.
Boshqarishning tashkiliy-ma’muriy usullariga quyidagi funksiyalarni bajarish kiradi: