Boshqaruvning umumdavlat organlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə9/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
davlat organ

Korporatsiya - bu rivojlangan yiri aktsionerlar jamiyat va trestlar birlashmasidir. Korporatsiyalar negizi aktsioner jamiyatlari hisoblanadi. Ular bir xil mahsulotlarning asosiy ishlab chiqaruvchilarini birlashtiradi, natijada ishlab chiqarish monopollanadi: Ayni paytda korporatsiyalar:

    • investitsiya kapitalining markazlashuviga yordam beradi;

    • ilmiy-texnika taraqqiyotiga turtki beradi;

    • mahsulotning raqobatdoshligi va uzoq hayotiy tsiklini ta’minlaydi.

Bulardan tashqari faoliyatining tijoriyligi, ya’ni foyda olishni maqsad qilib qo’yishi, cheklangan javobgarlik, markaziy boshqaruv, aktsiyadorning aktsiya sarmoyasining o’ziga tegishli qismi bilan erkin tasarruvf etishi va boshqalar korporatsiyaga xos bo’lgan asosiy xususiyatlardir.
Bugangi kunda O’zbekistonda:

    • “O’zdonmahsulot” (20.06.1994)

    • “O’zbaliq” (18.08.1994)

    • “Mahalliy sanoat” kabi korporatsiyalar faoliyat ko’rsatishmoqda (8-9 ilovalarga qarang).

Kontsortsium - bu aniq vazifalar: yirik maqsadli dastur va loyihalar, shu jumladan, ilmiy-texnikaviy, qurilish, tabiatni himoya qilish va boshqa dasturlarni amalga oshirish maqsadida tashkil etiladigan muvaqqat birlashmadir. U ko’ptomonlama qo’shma korxona, moliyaviy operatsiyalarni hamkorlikda amalga oshirish uchun tuzilgan banklararo yoki sanoat korxonalararo bitimdir.
Kontsortsiumning o’ziga xos xususiyati - bu mustaqil yuridik sherik bo’lgan har bir ishtirokchi - korxona bilan bitim tuzilishdadir. Boshqaruvni markazlashtirish ham kontsortsiumga xos xususiyat. Kontsortsiumlarga boshqaruv bo’yicha qo’mitalar, direktorlar kengashi kabilar boshchilik qiladi. Kontsortsiumlar yuridik shaxslar tomonidan va bitimlarga asoslanib tashkil qilingan kontsortsiumlarga bo’linada.
Kontsortsiumlar aviatsiya, kosmos, kompyuterlar, aloqa kabi yuksak texnologik va katta miqdordagi sarmoyali sohalar bo’yicha tashkil qilinadi. Dastur bajarilgandan so’ng konsartsium o’z faoliyatini to’xtatadi yoki boshqa turdagi birlashmaga aylantiriladi.

Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin