Boshqaruvning umumdavlat organlari



Yüklə 60,19 Kb.
səhifə7/13
tarix02.06.2023
ölçüsü60,19 Kb.
#122680
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13
davlat organ

Vazirlik-bu o’ziga tegishli tarmoqning xo’jalik tizimida boshqarishning eng oliy bo’g’inidir. Vazirlik:

    • tarmoqning ahvoli, uni yanada rivojlantirish;

    • fan-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarish (xizmat)ning texnologik darajasi;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va uning raqobatbardoshligi;

    • ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo’lgan ichki va tashqi talabni qondirish uchun mas’uldir. Vazirlikka O’zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan vazir boshchilik qiladi. Vazirlik zimmasiga yuklatilgan majburiyatlarning bajarilishi hamda vazirlik tizmidagi korxonalar, tashkilotlar va muassasalar faoliyati uchun vazir to’liq javobgardir.

Vazirlikda vazir (rais), uning o’rinbosarlari va vazirlikning boshqa rahbar xodimlaridan iborat kollegiya tuziladi. Kollegiya o’z majlislarida tarmoqni rivojlantirishga, korxonalarga amaliy rahbarlik qilishga doir asosiy masalalrni ko’rib chiqadi, quyi organlar rahbarlarining hisobotini tinglaydi. Kollegiya qarorlari vazir buyrug’i bilan amalga oshiriladi.
Boshg’arish amaliyotida tarmoqlararo xarakterdagi zarurat, ya’ni turli tarmoqlar uchun umumiy bo’lgan bir qancha maxsus vazifalarni amalga oshirish zarurati kelib chiqadi. Tarmoqlararo xarakterga ega bo’lgan maxsus masalalr bo’yicha bunday koordinatsion rahbarlikni maxsus kompetentsiyaga ega bo’lgan organlar, ya’ni Davlat qo’mitalari amalga oshiradi.
Davlat qo’mitalari - bu vazirlik va idoralarning faoliyatini tartibga solish, nazorat qilish va muvofiqlashtirish yo’li bilan sotsial-iqtisodiy rivojlanishga rahbarlik qilishga mo’ljallangan markaziy tarmoq boshqaruv organlaridir. Qo’mitaga O’zbekiston Prezidenti tomonidan tayinlanadigan rais boshchilik qiladi.
Bugungi kunda Respublikamizda 18 ta vazirlik va 13 ta Davlat qo’mitalari mavjud. (1-ilovaga qarang).
Kontsern - bu ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi (o’zgarishi, xilma- xilligining ko’payishi) asosida tarkib toradigan yirik, ko’p tarmoqli korporatsiyadir. Uning tarkibiga turli tarmoqlar (sanoat, transport, savdo, bank sohasi)ga tegishli korxonalar ixtiyoriy asoslarda kiradi. Bunday korxonalar orasida o’zaro kooperatsiyalashgan turg’un aloqalar mavjud bo’lib, ular kontsern rivoji yo’lida:

    • umumiy moliyaviy resurslardan;

    • yagona ilmiy-texnik imkoniyalardan mushtarak foydalanadilar.

Kontsern, qoidaga ko’ra, ishlab chiqarish belgilariga qarab tuziladi
va yagona xo’jalik majmui hisoblanadi. Kontsern faoliyati tashkil etish maqsadida boshqarish tizimi yaratiladi, bunda kontsern tarkibida kirgan har bir qatnashchi o’z vakolatlari va vazifalarining bir qismini, shu jumladan.Davlat idoralari bilan o’zoro munosabatlarda manfaatlarini himoya
qilishni ham ixtiyoriy ravishda boshqa korxona va tashkilotlarga beradilar. Kontsernlar ayniqsa pirovord mahsulot ishlab chiqarish va sotishda o’zoro bog’liq texnalogik jarayonlar, chuqur ichki koopiratsiya mavjud bo’lgan tarmoqlar uchun hosdir. Eng yirik kontsernlar o’nlab va yuzlab korxonalarni, shu jumladan:

    • mahsulot sotadigan;

    • xizmat ko’rsatadigan;

    • moliya;

    • sug’urta;

    • ilmiy-tadqiqot va boshqa firmalarni birlashtiradi.

O’zbekiston Respublikasida 1992 yilning o’rtalaridan boshlab qator tarmoqlarda kontsernlar tashkil etila boshlandi. Bu:

    • neft va gaz sanoatida - “O’zneftgaz qurilish” o’zbek davlat kontserni;

    • Qurilishda - “O’zqurilishmaterial” o’zbek davlat kontserni;

    • Farmatsevtika sanoatida - “O’zfarmsanoat” o’zbek davlat - aktsionerlik kontserni;

    • Oziq-ovqat sanoatida - “O’zoziq-ovqatsanoat” o’zbek davlat kontserni;

    • Matbuotda - “Sharq” nashriyot - matbaa kontsernlari va hokazolardir (2- ilovaga qarang).


Yüklə 60,19 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin