Oliy Majlis xalq xo’jaligini markazlashtirilgan tarzda boshqarishda bevosita ishtirok etadi. Mamlakatni rivojlantirish sohasida Oliy Majlisga Konstitutsiyamizning 78-moddasiga binoan quyidagi mutloq vakolatlar berilgan:
O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasini qabul qilish, unga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasi Qonunlarini qabul qilish hamda ularga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritish;
O’zbekiston Respublikasi ichki va tashqi siyosatining asosiy yo’nalishlarini belgilash va davlat strategik dasturlarini qabul qilish;
O’zbekiston Respublikasining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatlari tizimini va vakolatlarini belgilash;
O’zbekiston Respublikasi tarkibiga yangi davlat tuzilmalarini qabul qilish va ularning O’zbekiston Respublikasi tarkibidan chiqishi haqidagi qarorlarin tasdiqlash;
Boj, valyuta va kredit ishlarini qonun yo’li bilan tarktibga solish;
Ma’muriy-xududiy tuzilish masalalarini qonun yo’li bilan tartibga solish, O’zbekiston Respublikasining chegaralarini o’zgartirish;
Vazirlar Mahkamasining taqdimiga binoan O’zbekiston Respublikasining byudjetini qabul qilish va uning ijrosini nazorat etish, soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni joriy qilish;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga va mahalliy vakillik organlariga saylov tayinlash; Markaziy saylov komissiyasini tuzish;
Vakolati tugashi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti saylov kunini tayinlash;
O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Raisini va uning o’rinbosarlarini saylash;
O’zbekiston Rsepublikasi Konstitutsiyaviy sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Oliy sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasining Oliy xo’jalik sudini saylash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qo’mitasining raisini tayinlash va vazifasidan ozod etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Bosh Vazir, uning birinchi o’rinbosari va o’rinbosarlarini, VazirlarMahkamasi a’zolarini tayinlash va lavozimidan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Bosh prokurori va uning o’rinbosarlarini tayinlash va lavozimlaridan ozod etish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining taqdimiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvining raisini tayinlash va lavozimidan ozod etish;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining vazirliklar, davlat qo’mitalari va boshqa davlat boshqaruv organlarini tuzish va tugatishi haqidagi farmonlarini tasdiqlash;
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining umumiy yoki qisman safarbarlik e’lon qilish, favqulotda holat joriy etish; uning muddatini uzaytirish va to’xtatish to’g’risidagi farmonlarini tasdiqlash;
Xalqaro shartnomalarni va bitimlarni ratifikatsiya (tasdiqlash) va denonsatsiya (barvaqt to’xtatish) qilish;
Davlat mukofatlari va unvonlarini ta’sis etish;
Tumanlar, shaharlar, viloyatlarni tashkil etish, tugatishi, nomini o’zgartirishi va ularning chegaralarini o’zgartirish;
Ushbu Konstitutsiyada nazarda tutilgan boshqa vakolatlarini amalga oshirish kiradi.
Bu vakolatlarni bajarish faqat sessiyalar ishi davrlaridagina emas, balki yuqorida qayd etilgan o’ntadan iborat doimiy komissiyalar orqali amalga oshirilib boriladi.
O’zbekiston Davlat hokimiyatining oliy ijro etuvchi organi- bu Vazirlar Mahkamasidir. Uning tarkibini O’zbekiston Respublikasi Prezidenti tuzadi va u Oliy Majlis tomonidan tasdiqlanadi. O’zbekiston Respublikasi Prezidenti ayni bir vaqtning o’zida Vazirlar Mahkamasining Raisi hisoblanadi.
Konstitutsiyaning 98-moddastga binoan Vazrlar Mahkamasi:
iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni;
O’zbekiston Respblikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari ijrosini ta’minlaydi.
Vazirlar Mahkamsi amaldagi qonunlarga muvofiq O’zbekiston Respublikasi xududidagi barcha organlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, mansabdor shaxslar va fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy bo’lgan qarorlar va farmoyishlar chiqaradi.
O’zbekiston Respublikasi Vazrlar Mahkamasi quyidagi strukturaga ega. Mamlakatni boshqarish tizimida funktsional, tarmoqlararo organlar, ya’ni
Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, bojxona kabilar butun xalq xo’jaligi miqyosida aniq boshqaruv funktsiyalarini malaga oshirishga da’vat etilgan.
Konstitutsiyamizning 106-moddasida sud hokimiyati xususida quyidagicha bayon qilingan:
O’zbekiston Respublikasida sud hokimiyati qonun chiqaruvchi va ijro etuvchi hokimiyatlardan siyosiy partiyalardan, boshqa jamoat birlashmalaridan mustaqil holda ish yuritadi.
Sud tizimi besh yil muddatga saylanadigan Konstitutsiyaviy, Oliy va Oliy xo’jalik sudlaridan, Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy sudi va Oliy xo’jalik sudidan, shu muddatga tayinlanadigan viloyat sudlari, Toshkent shahar sudi, tuman, shahar va xo’jalik sudlaridan iborat.