Botanika Mavzu: Tugunak va ildiz poyalar. Dars nomi: Foydali oziqalar
Maqsadi: O’quvchilarda tugunak va ildizpoyalar ham o’simliklarning shakli o’zgargan yer osti novdasi ekanligi haqida bilim va ko’nikmalar hosil qilish. QIshloq xo’jaligida kartoshka etishtirish va uni parvarishlash va mo’l hosil olish haqida bilim berish. Ildizpoyali o’simliklar bilan o’quvchilarni tanishtirish .
Dars jihozlari : Kartoshka tugunaklari ,uning kesilgan bir bo’lingan bo’lagi ,gerbariylar, tarqatma savollar , A4 qog’ozlari , markerlar.
Dasr jarayoni : O’qituvchi o’quvchilarda uyga vazifani so’rab oladi
(6 daqiqa)
Shakli o’zgargan yer osti novdalarga nimalar misol bo’la oladi?
Piyozbosh qanday qismlardan tashkil topgan?
Piyoz inson hayotida qanday ahamiyatga ega ?
Piyosboshli o’simliklardfan qaysi birini bilasiz?
O’qituvchi yangi mavzuni e’lon qilib , qisqacha tushuncha beradi
( 5daqiqa) . Tugunak ham shakli o’zgargan yer osti novdadir. Ularga kartoshka, shoyigul, batat kabilar kiradi. Ular issiq ,sernam sharoitda tez ko’kara boshlaydi.
Tugunakdagi kurtakdan yangi poya o’sib chiqadi. Kartoshka tugunaklari ularning ostidagi organlarida hosil bo’ladi. Uo’ziga ko’p miqdorda (kraxmal) oziq moddalar saqlaydi. Ichki tuzulishdan novdaga o’xshaydi. Yugunaklardagi chuqurchalarda ko’zachlarda- kurtaklar. Joulashganligi bilan . Boshqa yer osti novdalaridan farq qiladi. Bahorda kartoshka tugunchalari yerga ekilganda ulardagi kraxmal qaytada shaharga aylanadi. Ularning kurtaklari ana shu shaker bilan oziqlanadi va o’sadi.
Kartoshka asosan oziqa sifatida foydalaniladi . Ildizpoyalarda qo’shimcha ildiz , shakri o’zgargan barg va kurtaklar bo’ladi. BU kurtaklardan qulay sharoitda yangi yer usti poya o’sib chiqadi.
Ulaarga qumay , bug’doyiq ,qamish, ajriq kabi begona o’tlar misol bo’ladi.
O’qituvchi sinf o’qituvchilarga 6 tadan guruhlkarga ajratadi . Ularga kartoshka tugunaki va ildizpoya li o’simlik gerbariysi beriladi.
Vazifa tushuntiriladi. ( 5 daqiqa ). Kartoshka tugunaki bilan tanishish. Uning kesigini ko’rib chiqish. Ildizpoya tuzilishi bilan tanishish va kuzatish natijalarini yozib olish. (7 daqiqa)
4.Taqsimot (7 daqiqa)
Harbir guruh o’zi kuzatgan natijalarni og’zaki aytib beradi .
5. Muhokama( 8 daqiqa)
1. Siz bugungi darsdan nimani bilib oldingiz?
2.Kartashka tugunakining tuzulishi qanday?
3. Inson hayotida kartoshkaning ahamiyati qanday?
4. Ildizpoyali o’simliklar foydalimi?
5. Begona o’tlarga qarshi kurashish shart-mi? Nima uchun?
Uyga vaazifa va bahlash ( 2 daqiqa ) kartoshka tugunakini o’sishini kuzatish.
Baholash da: uyga vazifani so’rashda, muhokamada bergan javoblari, guruhdagi, hamkorlikda ishlashi, fikrlari e’tiborga olinib qo’yiladi.