Botulizm (lotincha: botulus — „kolbasa“) — odam va hayvonlar (ayrim sut emizuvchilar)da uchraydigan oʻtkir yuqumli kasallik; ovqatdan boʻladigan toksikoinfeksiyalar guruhiga kiradi. Botulizm (Clostridium botulinum) bakteriyalari bilan ifloslangan ovqatlar isteʼmol qilinganda yuzaga keladi. Botulizm qoʻzgʻatuvchilari tabiatda keng tarqalgan boʻlib, chidamli (sporali) va chidamsiz (vegetativ) xillari uchraydi. Sporalari tashqi muhitda yillab saqlanishi mumkin; sporalar tuproqdan suv, meva, sabzavot, oziq-ovqat, yemxashakka oʻtadi, keyin odam va hayvonlar ichagiga tushib, soʻngra najas bilan yer yuziga tarqaladi.Shuni ham aytish kerakki botulizm odamdan odamga yuqmaydi. Botulizm mikrobi faqat anaerob (havosiz) sharoitda rivojlanadi. Shu sababdan uy sharoitida tayyorlangan pomidor,bodring,patisson marinadi,baqlajon ikrasi va boshqa kanserva maxsulotlarini, bundan tashqari tuzlangan, dudlangan mahsulotlar va kolbasaga tushib qolgan sporalar anaerob sharoitda oʻsib, vegetativ shakl (bakteriyalar)ga aylanadi.
Ular ana shu sharoitda kuchli zahar (ekzotoksin) hosil qiladi. Botulina neyrotoksini eng kuchli va o’ldiradigan moddalardan biri hisoblanadi. Kamida 1 nanogramm/ kg odamlar uchun halokatli bo’lishi mumkin, va olimlar botulina toksinining taxminan 1 grammi 1 million odamlarni o’ldirishga qodir deb taxmin qilishadi. Botulizmning barcha shakllari o’limga olib kelishi mumkin va favqulodda holat hisoblanadi. Bu mahsulotni isteʼmol qilgan odam kasal boʻladi. Botulizm toksini ichakda tez soʻriladi, qonga oʻtadi va butun organizmga tarqalib, asosan nerv sistemasini zararlaydi. Oziq-ovqat botulizmida simptomlar odatda zararlangan ovqatni iste’mol qilgandan keyin 18 — 36 soat o’tib boshlanadi, ammo belgialr 6 soat yoki 10 kundan keyin paydo bo’lishi mumkin. Kasallik belgilari: Bemorning nerv sistemasini falaj qiladi shu sababli mushaklar qisqara olmay qoladi, boshi ogʻriydi, tinkasi quriydi, koʻzi tinadi, lohaslanadi, koʻngli aynib qusadi, uyqusi qochadi, qorni ogʻriydi, ogʻzi quriydi, tashna boʻladi; koʻpincha qabziyat kuzatiladi. Keyinchalik boshi aylanadi, koʻz xiralashadi, qovoqlar salqiydi, bemor ravon gapira olmaydi yutish, nafas olish faoliyati buziladi; yurak va nafas markazlari falajlanishi tufayli oʻlim sodir boʻlishi mumkin.
Botulizmga chalinmaslik uchun xar bir inson quydagilarga amal qilish kerak: -uy sharoitida pomidor, bodring, patisson marinadi, baqlajon ikralari kabi kanserva maxsulotlarini tayyorlamaslik; -belgilanmagan joylar,ko'cha-ko'ylarda sotilayotgan kanserva maxsulotlarini xarid qilmaslik; -do’konlardan kanserva maxsulotlarini xarid qilish jarayonida maxsulot yorlig’i va unda keltirib o’tilgan ishlab chiqaruvchi korxona nomi, ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatiga alohida e’tibor berish; -xar qanday konserva maxsulotlarini ochishdan oldin uni chayqamasdan yaxshilab ko’zdan kechirish, qopqog’i ko’tarilmaganligiga, suyuqlikning tiniqligiga va maxsulotning ezilmaganligiga e’tiborli bo’lish;
BOTULIZMNING ASORATLARI QANDAY?
Botulizm nafas olish qobiliyatining yo’qolishi tufayli o’limga olib kelishi mumkin.
BOTULIZMNING OLDINI OLISH MUMKINMI?
Ha mumkin . Oziq-ovqat bilan bog’liq botulizm ko’pincha noto’g’ri tayyorlangan uy sharoitidagi konservalangan oziq-ovqatlar sabab paydo bo’ladi. Uyda konserva bilan shug’ullanishdan oldin odamlar Clostridium bakteriyalar va ularning sporalarini yo’q qilish uchun qat’iy sanitar-gigiena qoidalariga amal qilib, mavjud neyrotoksinlarni parchalash uchun issiqlik bilan ishlov berish kerak. Botulizm neyrotoksinlari yuqori haroratlarda (besh daqiqa davomida 85°C) parchalanadi, shuning uchun uy sharoitida tayyorlangan konservalarni iloji bo’lsa xavfsizlikni ta’minlash uchun iste’moldan oldin 10 daqiqa davomida qaynatish haqida o’ylab ko’rish kerak. Tijorat asosida ishlab chiqarilgan boshqa konservalangan mahsulotlar agar shishgan bo’lsa, bosim ostida turgandek tuyulsa yoki qo’lansa hid chiqarsa, tashlab yuborish lozim. Unday konservalarni tatib ko’rmang va yeyishga harakat qilmang! Asal Clostridium botulinum sporalarini o’z ichiga olishi mumkin, va u chaqaloqlar uchun infektsiya manbai hisoblanadi. Shuning uchun 1 yoshgacha bolalarni asal bilan oziqlantirish kerak emas. Asal 1 yoshdan oshganlar uchun nisbatan xavfsizdir.