Kredit resursovlari bozori bu – turli to’lov vositalariga talab va taklif mavjud bo’lgan
bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit bitimlari qoidaga ko’ra, pul qarz oladigan va
qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki qimmatli qog’ozlar bozorida sotiladigan
va sotib olinadigan turli qarz majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi.
Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga investitsiyalar uchun
mablag’lar taqdim etadi va aynan shu erda iqtisodiyotning pul mablag’lari ortiqcha bo’lgan
sektorlaridan ularning etishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga pul mablag’lari ko’chib
o’tishi ro’y beradi. Kredit bozorida korxonalar o’z investitsiyalarini moliyalashtirish uchun
pul
qarz oladi; ba’zida korxonalar pulni qarz beradi, lekin qoidaga ko’ra, ishlab chiqarish
sektori berishdan ko’ra ko’proq oladi.
Shu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy vazifalaridan biri –
aholining jamg’armalari va bo’sh mablag’larini vositachi shaxslarga investitsiyaga
yo’naltirish hisoblanadi.
Kredit bozorining institutsional strukturasi
Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o’zining yoki o’zgalarning kapitali
foydalanilishiga bog’liq emas, ya’ni bankir faqat o’z kapitali
yordamida ish olib boradimi
yoki undan deponentlangan kapital yordamidami – buning ahamiyati yo’q.
Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va mazmuni ishlab
chiqarishning kapitalistie usuli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi. O’z
navbatida, ushbu bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi zamonaviy
mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi.
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o’sishiga, mamlakat ichkarisida
kapital harakatiga, pul jamg’armalarining kapital qo’yilmalarga aylanishiga,
ilmiy-texnika
inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor
turli ishlab chiqarish bosqichlarini bilvosita ifodalaydi, u erdan qo’shimcha pul resurslarini
oladigan moddiy ishlab chiqarish sohasining o’ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi.
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo’lib
turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning
qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har
bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati
va o’zining depozit
siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit
schetlarining alohida ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma muddati, summasi,
hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat,
mijozning
qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq.
Talab qilingungacha bo’lgan depozitlar bo’yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan
joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi
bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib
turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i
bo’yicha foizlar umuman to’lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda,
mijozlarni hisob
kassa xizmatlari uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni
minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo’yilmalarning daromadliroq shakllariga
joylashtirishga undaydi.
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar deyarli
majburiy tartibda o’rnatiladi, ammo u bo’yicha daromad hamisha muddatli qo’yilmalarga
qaraganda pastroq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkasi hajmini o’rnatishdagi
muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi.
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi
hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb
qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi.
Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojalanishi
natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki
real depozitlar Markaziy
bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi)
cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari
tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada
bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga
zanjirsimon shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom olgan.
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit
va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi.
Dostları ilə paylaş: