Moliyaning asosida daromad, foyda olish yotadi. Foydani baholashda absolyut, nisbiy va o‘rtacha miqdor ko‘rsatkichlari keng qo‘llaniladi. Foizli pul yoki oddiy foiz, moliyaviy matematikada daromadni, daromad olish qanday formada bo‘lishidan qat’iy nazar, absolyut miqdorini, ya’ni pul orttirmasini ifodalaydi. Foizlarni qarz oluvchi pul mablag‘laridan foydalangani uchun to‘lanadigan “qarzning absolyut bahosi” deb qarash mumkin. Chunki qarz oluvchi shu pul mablag‘i yordamida ishini bitiradi, foyda oladi. Shuning uchun u foiz to‘laydi. Aks holda, qarz beruvchi pulni qarzga berib, qadrsizlanishi o‘rniga boshqa foydaliroq ishlarga sarflashi mumkin edi.
Foiz qiymati olingan qarzning qiymatiga, ishlatish muddatiga, inflyatsiyaga, ya’ni pulni qadrsizlanishiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tomondan, foizlarni ushbu absolyut ko‘rsatkichlari orqali muddat ma’nosida bir-biri bilan taqqoslash qiyin yoki, umuman, taqqoslab, solishtirib bo‘lmasligi mumkin
Masalan, 2 mln so‘mni 5 yildagi foizi 600 ming so‘m bo‘lib, uni 8 yildagi foizi 850 ming so‘m bo‘lsa, ularni to‘g‘ridanto‘g‘ri solishtirish hech narsa bermaydi. Shuning uchun moliyaviy-iqtisodiy hisoblarda nisbiy ko‘rsatkichlar keng qo‘llaniladi. Bu nisbiy ko‘rsatkichlar foizlarni, ya’ni bir birlik vaqt birligida foizlarni o‘tkazish tezligini (intensivligini, jadalligini) bildiradi. Bu ko‘rsatkich foiz stavkasidir. Foiz stavkasini hisoblash usuli sodda, u foiz qiymatini, ya’ni ma’lum muddat oralig‘ida to‘lanayotgan foiz qiymatini berilgan qarz qiymatiga nisbati kabi aniqlanadi. Bu miqdor yoki 1 ning ulushlari yoki foizda yuzning ulushlari sifatida ifodalanadi.
Agar qarz bo‘yicha foiz qiymati
I FV PV bo‘lsa, u holda foiz stavkasi birning ulushida
i I / PV, yoki yuzning ulushida
i% (I / PV) 100 bo‘ladi. Bu yerda PV – qarzga berilgan qiymat, FV - kelajakdagi
qaytariladigan (oshgan) qiymat.
Odatda, foizlarni hisobga olish (o‘tkazish) diskret, ya’ni sanoqli sonda belgilangan (kelishilgan) muddatning bir xil oralig‘ida, davriy ravishda amalga oshiriladi. Shu muddat oralig‘iga (intervaliga) hisobga olish (o‘tkazish) davri deyiladi. Ko‘p hollarda foizlarni hisobga olish (o‘tkazish) har bir davrning oxirida (dekursiv metod) amalga oshiriladi. Ba’zi hollarda foizlarni hisobga olish davrning boshida (rekursiv, antisipativ metod (diskontlash)) amalga oshiriladi. Foizlarni hisobga olish davrining birlik o‘lchovi sifatida yil olingan. Lekin bu yildan kichik muddatlarni inkor etmaydi. Masalan, yarim yil, kvartal, oy, kun va soatlarni ham olish mumkin, ikkinchi tomondan, bu davrlarni yil orqali ifodalash joiz. Masalan: yarim yil
Endi foizlar bilan bog‘liq asosiy moliyaviy hisoblarda ko‘riladigan masalalar haqida to‘xtalib o‘tamiz. Buning uchun foizlarga oid asosiy tushunchalarni eslaylik. Ular:
1)Boshlang‘ich qiymat – PV (Present Value);
2) Kelajakdagi (oshgan) qiymat – FV (Future Value);
3)Butun muddat uchun foiz qiymati – I;
4)Butun muddat uchun foiz stavkasi – i;
5) Qarz muddati: kunlarda – t;
6) Asosiy (baza) muddat, ya’ni bir yilda kunlar soni – T;
7) Yillarda – n, yoki n = t/T;
8) Yillik foiz stavka – r.
Foizlarga oid asosiy moliyaviy hisoblarda qaraladigan masalalar quyidagilardan iborat:
1)Boshlang‘ich qiymat, foiz stavkasi, qarz muddati ma’lum bo‘lganda kelajakdagi (oshgan) qiymatni topish;
2) 1, 2, 4, 5 ko‘rsatkichlar berilgan, foiz qiymati I ni topish;
3) 2 -5 ko‘rsatkichlar berilgan, 1 ko‘rsatkich, ya’ni boshlang‘ich qiymatni topish;
4) 1 -4 ko‘rsatkichlar berilgan, 5-ko‘rsatkichni, ya’ni qarz muddati “n” ni topish;
5) 1-3, 5 ko‘rsatkichlar berilgan, 4-ko‘rsatkich “i” ni hisoblash masalasi;
6) Yuqoridagi masalalarni yillik foiz stavka “r” ga nisbatan hisoblash.
Foiz stavkalar asosini bosh (asos) foiz stavka tashkil etadi, qolgan stavkalar undan kelib chiqqan holda hisoblanadi. Rivojlangan davlatlarning moliya bozorlari uchun, masalan, Angliyada London banklararo stavka LIBOR (London Interbank Offered Rate) yoki LIBID (London Interbank Bid Rate) stavkasi asos bo‘ladi. Rossiyada esa, MIBOR (Moscow Interbank Offered Rate) yoki MIBID (Moscow Interbank Bid Rate) stavkasi asos bo‘ladi. O‘zbekistonda Markaziy Bank stavkasi asos bo‘ladi. Markaziy bank boshqa banklarga ma’lum stavkada qarz beradi, o‘z navbatida, banklar markaziy bank va jalb qilingan jamg‘arma stavkalariga o‘z xarajat va foydasini ustama qo‘shgan holda, qarz berish orqali faoliyat olib boradilar.