Miqdoriy usullar


Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlar



Yüklə 216,29 Kb.
səhifə2/2
tarix08.06.2023
ölçüsü216,29 Kb.
#126751
1   2
Miqdoriy usullar 1-mavzu (3) (1)

Asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasidagi munosabatlar:
I  FV  PV; FV  PV  I ; I  i * PV ; i  I / PV ;
Agar foiz stavkalari protsentlarda, ya’ni 100 ning ulushlari sifatida berilgan bo‘lsa, u holda yuqoridagi va kelguvsida foizli formulalardan foydalanish uchun mos ravishda quyidagicha o‘zgartirish qilish kerak: i  i/100, r  r/100, ya’ni bu formulalardagi stavkalarni 100 ga bo‘lib ishlatish kerak bo‘ladi. Agar formulada foiz stavkasi 100 ga bo‘linmagan holda yozilgan bo‘lsa, u holda bu formulaga uning son (100 ga bo‘lingan) qiymati qo‘yiladi.
Endi foiz stavkalarini, ko‘rsatkichlarni hisoblashda ishtirok etadigan muddat “n” haqida to‘xtalib o‘tamiz. Bu yerda stavka yillik bo‘lib, muddat oylarda, kunlarda, qisqa muddatli bo‘lishi mumkin va aksincha. Bu hollarda yuqorida aytganimizdek, biridan ikkinchisiga o‘tish mumkin. Lekin biz bilamizki, 1 yilda 12 ta oy bor, bu oylarda kunlar soni bir xil emas, yana yillarda ham kabisa yili hisobiga kunlar soni o‘zgarib turadi. Bu farqlar oyning yer atrofini to‘la aylanib chiqishi, astronomik hisob-kitoblarga borib taqaladi. Bu muammolarni bartaraf qilish uchun qanday yo‘l tutish kerak? Moliyaviy hisoblarda muddat T ni hisobga olishning bir nechta an’anaviy, kelishilgan, keng tarqalgan usullari mavjud:
  • 1-usul “nemischa aniqlik” usuli deyilib, T shartli ravishda 360 kun deb olinadi. Bunda barcha to‘liq oy kunlari 30 kundan hisoblanadi. Foiz stavkalarini hisoblashnining bu usuli, asosan, Germaniya, Daniya, Shvetsiya davlatlarida qo‘llaniladi.
  • 2-usul “fransuzcha aniqlik” usuli deyilib, T shartli ravishda 365 yoki 366 kunlik deb olinadi. Bunda foiz aniq hisoblanadi, oy kunlari ham aniq hisobga olishga to‘g‘ri keladi, ya’ni shartnoma muddatini oy kunlarigacha to‘liq, aniq hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Bu usul, asosan, Fransiya, Belgiya, Ispaniya, Shvetsariya davlatlarida qo‘llaniladi.

 3-usul “inglizcha aniqlik” usuli deyilib, muddat aniq taqvim bo‘yicha hisoblanadi, bu yerda yilni (oy kunlarni 30 kun) shartli 360 kun yoki 365 (yoki 366) kun deb olinmay, balki, har bir yilni (oyni) o‘z taqvim hisobi bo‘yicha olinadi. Bu usul asosan, Portugaliya, Angliya, AQSh davlatlarida keng qo‘llaniladi.
Demak, bu yerda muammolar: bosh (asos) muddatni qanday olish kerakligida, foiz stavkalarini o‘tkazish, hisobga olish, ya’ni foizni davr boshida (prenumerando) yoki davr (muddat) oxirida (postnumerando) o‘tkazish tartibiga bog‘liq ekan.
Yüklə 216,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin