Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari. Qisqa muddatli pul bozorida



Yüklə 458,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/7
tarix05.06.2023
ölçüsü458,04 Kb.
#125206
1   2   3   4   5   6   7
57018 (2)

2. Ssuda kapitallari bozori va uning segmentlari. Qisqa muddatli pul bozorida 
kreditlar bahosining shakllanishi. 


Kredit resursovlari bozori bu – turli to’lov vositalariga talab va taklif mavjud bo’lgan 
bozorlarning umumiy belgilanishidir. Kredit bitimlari qoidaga ko’ra, pul qarz oladigan va 
qarz beradigan kredit institutlari (banklar va b.) yoki qimmatli qog’ozlar bozorida sotiladigan 
va sotib olinadigan turli qarz majburiyatlari harakati vositasida ifodalanadi. 
Demak, kredit resurslari bozori korxonalar tasarrufiga investitsiyalar uchun 
mablag’lar taqdim etadi va aynan shu erda iqtisodiyotning pul mablag’lari ortiqcha bo’lgan 
sektorlaridan ularning etishmovchiligi his etilayotgan sektorlarga pul mablag’lari ko’chib 
o’tishi ro’y beradi. Kredit bozorida korxonalar o’z investitsiyalarini moliyalashtirish uchun 
pul qarz oladi; ba’zida korxonalar pulni qarz beradi, lekin qoidaga ko’ra, ishlab chiqarish 
sektori berishdan ko’ra ko’proq oladi. 
Shu sababli aytish mumkinki, kredit resurslari bozorining asosiy vazifalaridan biri – 
aholining jamg’armalari va bo’sh mablag’larini vositachi shaxslarga investitsiyaga 
yo’naltirish hisoblanadi. 
Kredit bozorining institutsional strukturasi 
Kredit bozorining mohiyati unda qanday kapital: o’zining yoki o’zgalarning kapitali 
foydalanilishiga bog’liq emas, ya’ni bankir faqat o’z kapitali yordamida ish olib boradimi 
yoki undan deponentlangan kapital yordamidami – buning ahamiyati yo’q. 
Kredit bozorining rivojlanish qonuniyatlari, foydalanish xarakteri va mazmuni ishlab 
chiqarishning kapitalistie usuli ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlari bilan belgilanadi. O’z 
navbatida, ushbu bozorning mohiyati u davlat-monopolistik kapitalizmi zamonaviy 
mexanizmida bajaradigan muayyan rolni belgilab beradi. 
Kredit bozori ishlab chiqarish va tovaraylanmasining o’sishiga, mamlakat ichkarisida 
kapital harakatiga, pul jamg’armalarining kapital qo’yilmalarga aylanishiga, ilmiy-texnika 
inqilobini amalga oshirishga, asosiy kapitalni yangilashga xizmat qiladi. Bu ma’noda bozor 
turli ishlab chiqarish bosqichlarini bilvosita ifodalaydi, u erdan qo’shimcha pul resurslarini 
oladigan moddiy ishlab chiqarish sohasining o’ziga xos tayanchini bilvosita ifodalaydi. 
Banklar orasidagi resurslarni jalb qilish uchun raqobatli kurashda muhim vosita bo’lib 
turlicha foiz siyosati hisoblanadi, chunki qo’yilgan mablag’larga daromad olish mijozlarning 
qo’yilma qo’yishga undovchi muhim omil hisoblanadi. Depozit foiz stavkalari darajasini har 
bir tijorat banki O’zbekiston Respublikasi Markaziy Banki hisob stavkasi, pul bozori holati 
va o’zining depozit siyosatidan kelib chiqib, mustaqil ravishda belgilaydi. Depozit 
schetlarining alohida ko’rinishlari bo’yicha daromad hajmi qo’yilma muddati, summasi, 
hisobvarag’ini amal qilish xususiyati, xizmatlar hajmi va xarakteri va, nihoyat, mijozning 
qo’yilma shartnomasi shartlariga amal qilishiga bog’liq. 
Talab qilingungacha bo’lgan depozitlar bo’yicha hisobvaraqalari egalari tomonidan 
joriy operatsiyalarni amalga oshirish uchun ishlatiladi va ular qoldiqning nomuntazamligi 
bilan xarakterlanadi. Shuning uchun bunday schetlar guruhi daromadlik darajasi bilan ajralib 
turadi. Yuridik shaxslarga ochilgan talab qilinguncha hisobvaraqalaridagi mablag’lar qoldig’i 
bo’yicha foizlar umuman to’lanmasligi mumkin. Bunday foyda, odatda, mijozlarni hisob 
kassa xizmatlari uchun to’lov mablag’larini talab qilinguncha hisobvaraqalarda mablag’larni 
minimallashtirish va ortiqcha summalarni qo’yilmalarning daromadliroq shakllariga 
joylashtirishga undaydi. 
Jismoniy shaxslar uchun ochilgan talab qilinguncha varaqalar bo’yicha foizlar deyarli 
majburiy tartibda o’rnatiladi, ammo u bo’yicha daromad hamisha muddatli qo’yilmalarga 
qaraganda pastroq bo’ladi. Muddatli qo’yilmalar bo’yicha foiz stavkasi hajmini o’rnatishdagi 
muhim omil bo’lib, mablag’lar joylashtirilgan muddat hisoblanadi. 
Markaziy bank emissiya markazi sifatida makroiqtisodiy darajadagi pul aylanishi 
hamda bank tizimining likvidliligi nuqtai nazaridan tijorat banklarining ular tomonidan jalb 
qilingan mablag’lardan foydalanish imkoniyatlarini doimiy ravishda tartibga solib turadi. 


Nazariy jihatdan zamonaviy bank tizimida naqd pulsiz aylanishlarning rivojalanishi 
natijasida dastlabki shakllantirilgan depozitlarni (dastlabki yoki real depozitlar Markaziy 
bank tomonidan chiqarilgan naqd pullar asosida shakllanganlikni taqozo qiladi) 
cheklanmagan tarzda bir bankdan ikkinchi bankka o’tkazish, shu bilan birga, tijorat banklari 
tomonidan berilayotgan kreditlarni cheksiz oshirish imkoniyati mavjud. Xorijiy nazariyada 
bu jarayon depozit multiplikatsiyasi (ya’ni mablag’larning bir bankdan boshqasiga 
zanjirsimon shaklda o’tkazilishi) va kredit ekspantsiyasi deb nom olgan. 
Markaziy bank tomonidan o’rnatilgan majburiy zaxira talablari bank tizimida depozit 
va kreditlarni oshirishning bevosita cheklovchisi bo’lib xizmat qiladi. 

Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin