Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar



Yüklə 458,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/8
tarix10.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#57018
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi

r = i + x, 

 

bu erda, x – inflyatsiyaning kutilayotgan darajasi. 



Rivojlangan  davlatlar  pul-kredit  tizimida  foiz  stavkalarning  turli-tumanligi  mavjud. 

Foiz  stavkalarning  birinchi  darajasi  –  markaziy  bank  tomonidan  tijorat  bankiga  taqdim 

etiladigan  kreditlar  bo’yicha  belgilanadigan  rasmiy  foiz  stavkasidir.  Mazkur  foiz  stavkasi 

hisob yuritish yoki qayta moliyalashtirish foiz stavkasi deb ataladi. 

Foiz  stavkalarning  navbatdagi  darajasi  kredit  resurslarining  banklararo  bozoridagi 

taklif  stavkalaridan  iboratdir.  Etakchi  banklar  birinchi  darajali  banklar  evrovalyutalarida 

ushbu banklarda depozit hisobvaraqlarini ochish orqali kreditlashni taklif stavkalari bo’yicha 

amalga oshiradi. Misol sifatida LIBOR (LIBOR – London Inter Bank Offered Rate) London 

banklararo  taklif  stavkasini  keltirish  mumkin.  Ushbu  stavka  rasmiy  asosda  belgilanmaydi, 

balki  har  bir  tijorat  banki  mazkur  stavkani  har  bir  ish  kunining  birinchi  yarmi,  ya’ni  soat 

11.00  holatiga  pul-kredit  bozorining  kon’yunkturasidan  kelib  chiqqan  holda  aniqlaydi. 

LIBOR  stavkasi  deganda  ushbu  banklar  bo’yicha  o’rtacha  arifmetik  miqdor  sifatida 

hisoblangan o’rtacha stavka tushuniladi. 

FV = 1000 dollar x 1,10 = 1100 dollar. 

Agarda Siz 1100 dollarni hisob raqamida yana bir yilga qoldirsangiz, unda ikkinchi yil 

yakunida  pulingiz  qancha  bo’ladi?  Ikkinchi  yil  davomida  Siz  1100  dollarli  summaga  yillik 

10% hajmida daromad olasiz va hisoblangan foizlarning summasi 0,10 x 1100 = 110 dolarga 

teng bo’ladi. Demak ikkinchi yilning oxiriga kelib Siz 1210 dollarning egasi bo’lasiz. 

Murakkab  foizlarning  tabiati  to’g’risida  aniq  bir  tasavvurga  ega  bo’lish  uchun  biz 

istiqboldagi  qiymatni  (1210  dollar)  uch  tarkibiy  qismga  bo’lamiz.  Birinchi  qism  –  bu 

dastlabki 1000 dollar. Ikkinchi qism bo’lib esa mazkur 1000 dollarga birinchi yil uchun 100 

dollar va ikkinchi yil uchun 100 dollar hajmida hisoblangan foizlar hisoblanadi. Omonatning 

asosiy summasiga hisoblangan foizlar oddiy foizlar (simple interest) deb ataladi 

Endi,  yana  10  dollar  hajmidagi  foizlar  mavjud,  ular  ikkinchi  yili  olingan  bo’lib, 

birinchi  yil  uchun  foizlar  sifatida  olingan  100  dollarlik  summaga  hisoblangan.  To’langan 

foizlarga hisoblangan foizlar murakkab foizlar (compound  interest) deb ataladi.  Foizlarning 

umumiy hisoblangan summasi (210 dollar) oddiy foizlar (200 dollar) va murakkab foizlar (10 

dollar)dan iborat. 

FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1² = 1210 dollar. 

Uch yildan so’ng ushbu summa 

FV = 1000 dollar x 1,1 x 1,1 x 1,1 = 1000 dollar x 1,1³ = 1331 dollar. 

 

 




Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin