Bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi omillar


  Markaziy  bankning  hisob  (diskont)  stavkasi.  Markaziy  bankning  lombard



Yüklə 458,04 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/8
tarix10.05.2022
ölçüsü458,04 Kb.
#57018
1   2   3   4   5   6   7   8
11-mavzu. Kredit bo’yicha foiz stavkalar va unga ta’sir qiluvchi

5.  Markaziy  bankning  hisob  (diskont)  stavkasi.  Markaziy  bankning  lombard 

stavkasi. 

Markaziy  bankning  xisob  (diskont)  siyosatining  moxiyati  shundaki,  u  tijorat 

banklardan veksellarni sotib oladi. Aytaylik mol sotib oluvchi korxonaning etkazib berilgan 



mol  (tovar  va  xizmatlar  va  x.k)ning  kakini  to’lash  uchun  mablag’i  etarli  bo’lmasa,  u  tovar 

uchun  tulovni  ma’lum  vavk  5tgandan  keyin  amalga  oshirishi  tugrisida  veksel  berotpi 

mumkin.  Mol  sotuvchi  korxonaga  pul  mablag’lari  zarur  bo’lgan  vaktda  u  vekselni  tijorat 

bankiga  sotishi  mumkin.  Tijorat  banki  vekselni  sotib  olganda  unda  ko’rsatilgan  summadan 

kam summaga (ma’lum foiz ushlab uolgan xolda) sotib oladi. Zarur bo’lganda tijorat banki 

vekselni  Markaziy  bankda  xisobga  qo’yishi  mumkin.  Bu  xolda  Markaziy  bank  ham  o’z 

foydasiga  ma’lum  foiz  -xisob  stavkasini  ushlab  qolishi  mumkin.  Markaziy  bankning  xisob 

stavkasi alohida olingan davlatlarda zkar xil  - 5% dan 15 % gacha bo’lishi mumkin-Tijorat 

banklari veksellarni sotib olishda Markaziy oankning xisob stavkasiga tayanadilar. Markaziy 

bankning  xisob  stavkasi  tijorat  bavklari  o’rnatadigan  xisob  stavkaning  eng  past  chegarasi 

xisoblanadi. Odatda tijorat banklarining xisob stavkasi markaziy bankning xisob stavkasidan 

yukori (0,5dan - 2%gacha) bo’ladi. 

Tijorat  banklarining  qaytamoliyalashtirish  siyosati  -bu  to’g’ridan-to’g’ri  kreditlash

veksellarni  xisobga  olish,  kimmatbaho  vrgozlarni  garovga  olgan  xolda  kreditlar  berish  va 

kredit  auktsionlarni  utkazish  yuli  bilan  amalga  oshiriladi.  Bundan  kelib  chikkan  xolda 

markaziy  bankning  qaytamoliyalashtirish  operatsiyasi  quyidagi  usullarda  olib  borilishi 

mumkin: 

- tijorat banklarining ixtiyoridagi veksellarni xisobga olish yo’li bilan kreditlash, 

-  tijorat  banklari  ixtiyoridagi  kimmatbaho  qog’ozlarni  garovga  olish  yo’li  bilan 

kreditlar berish. Bunday kreditlar lombard kreditlar deyiladi. 

O’zbekiston  Respublikasida  Markaziy  bank  o’rnatilgan  qoidalarga  asosan,  quyidagi 

aktivlarni garovga olgan xolda 3 oygacha bo’lgan muddatda kreditlar berishi mumkin: 

-  oltin,  chet  el  valyutasi,  xalqaro  rezervlar  toifasiga  kiruvchi  valyuta  boyliklari  va 

boshqa boyliklar, 

-  davlatning  karz  majburiyatlari  va  davlat  tomonidan  kafolatlangan.  boshqa  karz 

vositalari, 

-  Markaziy  bankda  depozitga  o’tkazilgan  va  uning  depozitariysi  uchun  maqbul 

bo’lgan,  xarid  qilinishi  va  sotilishiga  ruxsat  berilgan  va  Markaziy  bank  ular  bilan  ushbu 

qonun doirasida boshqa xil operatsiyalar o’tkazishi mumkin bo’lgan aktivlar

-  to’lanishiga  banklar  kafolat  bergan  tijorat  veksellari  asosida  kreditlar  berilishi 

mumkin. 

Lombard  kreditini  berish,  qaytarish  va  ulardan  foydalanganlik  uchun  foizlar  to’lash 

tartibi  umumiy  asoslarda  amalga  oshiriladi  va  u  alohida  qarz  hisobvarag’i  bo’yicha  kredit 

tartibiga o’xshashdir. 

Asosiy faoliyat bilan bog’liq tovar moddiy boyliklar, bajarilgan ishlar va ko’rsatilgan 

xizmatlar haqini to’lash maqsadida to’zilgan pul hisob - kitob hujjatlari pulini to’lash uchun 

qabo’l  qilinadi.  Qarz  oluvchi  bankka  garovga  qo’ygan  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha 

olinadigan daromadlarga foizlar qo’shilmaydi. 

Qimmatli  qog’ozlarni  garovga  olib  kredit  shartnomasi  tuzilgandan  keyin  bank 

qimmatli  qog’ozlar  emitentiga  uning  qimmatli  qog’ozlarini  garovga  qo’yish  bitimi 

to’zilganligini  hamda  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  daromadlar  kiritilishi  lozim  bo’lgan 

depozit hisobvarag’i nomerini ma’lum qiladi.  Lombard krediti beriladigan hollarda garovga 

qo’yilgan  qimmatli  qog’ozlar  bo’yicha  olinadigan  daromadlar  qarz  oluvchining  muddatsiz 

depozit  hisobvarag’iga  qo’yiladi  (depozit  shartnomasini  rasmiylashtirmasdan)  va,  birinchi 

navbatda,  ularni  saqlash  xarajatlarini  qoplashga,  shuningdek,  kreditdan  foydalanish  uchun 

foizlarni to’lashga yo’naltiriladi. 

Kredit  jarayonida  bank  garovga  qo’yilgan  qimmatli  qog’ozlar  kotirovkasi  birja 

kursidagi  o’zgarishlar  to’g’risida  teleks,  kompyuter  aloqasi  va  aloqaning  boshqa  turlari 

yordamida axborot to’plab boriladi. 



Kredit  davomida  fond  birjasida  o’tkazilgan  savdo  natijalariga  ko’ra,  garovga 

qo’yilgan qimmatli qog’ozlar qiymati pasaygan bo’lsa, u holda kredit qo’mitasining qaroriga 

muvofiq  qarz  oluvchiga  shu  summada  qo’shimcha  ta’minot  berish  talabi  bildirilishi  yoki 

kredit miqdori qaytariladi. 

Tovar  (mol)  garovi  ostidagi  lombard  krediti.  Lombard  krediti  uchun  garov 

ko’rinishida  faqatgina  nisbatan  baholi  tovarlar,  qaysiki  ularning  savdosi  birjada  yuritilishi, 

tovar partiyasini miqdori va sifatini belgilash bilan bir vaqtda bahosini ham aniqlash imkonini 

berishi shartidir. 

Qimmatbaho  metall  garovi  ostidagi  kredit.  Bu  lombard  kreditining  eski  usullaridan 

bo’lib, hozirda u juda kam ishlatiladi. Garovni baholashdagi qiymati bu asosan oltin tangalar, 

slitkalar,  kumush,  platina  va  boshqalar  qariyb  95%  foiz  qimmatbaho  metall  narxiga  mos 

keladi. 


Lombard  krediti  -  kreditlashning  bu  usuli  asosan  likvid  mol  mulk  hisoblangan  tillo 

taqinchoqlar  garov  asosida  kredit  berishga  asoslanadi.  Bu  kredit  kredit  muassasi  uchun 

deyarli  risk  darajasi  past  xisoblanadi.  Chunki  tillo  buyumlar  eskitdan  yuqorilikvidli  tovar 

sifatida  tarixga  ega.  Biz  kreditlashning  bu  usuli  orqali  pul  mablag’lariga  muxtoj  bo’lgan 

ishlab chiqarish va savdo majmualarini moliyaviy qo’llab quvvatlnib boriladi. 

Shu  tarzda  Markaziy  banklar  bozorlarning  o’rtacha  foiz  stavkalarini  belgilaydi.Bu 

mazkur  sharoitda  barcha  bozorlar  xususan  kredit  va  kapital  bozorlari  uchun  bazaviy  foiz 

stavkalari qabo’l qilinadi. 

Bank  kredit  siyosati  bank  resurslari,  ularning  joylashtirilish  bilan  chambarchas 

bog’liq.  Bank  resurslarining  asosiy  qismini  jalb  qilingan  mablag’lar,  jumladan  yuridik  va 

jismoniy shaxslarning depozitlaridan tashkil topadi. Shuningdek, hozirgi kunda jalb qilingan 

resurslar  ichida  banklararo  kredit  xam  alohida  o’rin  egallaydi.  Depozitlar  bo’yicha 

belgilangan foiz stavkalari, hamda boshqa bankdan olingan kredit uchun foiz stavkalari bank 

tomonidan  beriladigan  kreditning  foiz  stavkalari  bilan  bog’liq  bo’ladi.  Kredit  siyosatining 

aniq va mukammal tayyorlanish va izohlanish xar bir bank uchun kreditlash jarayonini ijobiy 

tashkil  etish  uchun  asos  bo’ladi.  Bank  tomonidan  to’plangan  resurslarni  to’g’ri  va  oqilona 

joylashtirish bankning kredit siyosatining sifatiga bog’liq bo’ladi. Kredit siyosati sifatiga va 

xolatiga  qarab  bank  jalb  qilgan  resurslarini  to’g’ri  joylashtirish  va  oldindan  ko’zlangan 

daromad olish imkoniyati yaratiladi 

 




Yüklə 458,04 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin