Kazeinli tarkiblar bilan bo'yashda hosil bo'lgan pardalar hayvonot, o'simlik yoki sintetik yelimlar qo'shib tayyorlangan yelimli bo'yoqlar bilan bo'yalganda hosil bo'ladigan pardaga nisbatan ancha mustahkam bo'ladi. Kazeinli tarkiblar bilan faqat mexanik jihatdan mustahkam quruq asoslar — beton va suvalgan yuzalargina bo'yaladi. Kazeinli tarkiblar, odatda, yuzalarga bo'yoqpurkagich yoki cho'tka bilan ikki maria beriladi. Suv-emulsiyali sintetik tarkiblarmoyli bo'yoqlarga nis- batan qator afzalliklarga ega: kamyob va qimmatli moylar qo‘- shilmaydi, suv bilan suyultiriladi, tez quriydi; ulardan hosi) qilingan parda yonmaydi, ravon xira yaltiroq, g‘ovakli (havoni va suv bug'larini) o'tkazadi.
28-rasm. Devorlarni suv- emulsiyali sintetik bo‘yoq bilan purkagih yordamida bo'yash.
Suv-emulsiyali bo'yoqlar pig- mentlar va to'ldirgichlar suspen- ziyasidan iborat. Bo‘yoqni ishbop quyuqlikka yetkazish uchun unga oz-ozdan ichimlik suvi qo'shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va qovush- qoqligi tekshiriladi.
BA markali bo'yoqlarni bo'yoqpurkagich bilan purkash uchun uning qovushqoqligi 25—30 s ga, valik yoki cho'tka bilan surkash uchun 80 s ga va hatto berkituvchanligi yetarli bo'lma- ganda 100 s ga kelguncha suyultiriladi (28-rasm). Yuzalarni suv-emulsiyali bo'yoqlar bilan bo'yashda cho'tkalar, valiklar, bo'yoqpurkagichlar va bo'yoqni haydab beradigan agregatlardan foydalaniladi. Ichki yuzalarni suvsiz tarkiblar bilan bo‘yash
Suvsiz tarkiblar — moyli, lokli, emalli tarkiblar bilan yuzalarni ularni tashqi muhit ta’siridan saqlash va manzarali pardoz- lash maqsadlarida foydalaniladi. Bunda yuzani bo'yoq qoplama bilan saqlash asosiy masala bo'lgani uchun yaxshiroq parda hosil qiladigan tarkiblar ishlatiladi. Suvsiz tarkiblar bilan yuqori gigiyenik talablar qo'yiladigan va bo'yog'i mexanik jihatdan pishiq bo'lishi lozim bo'lgan xonalar (ovqatlanish xonalari, jamoat oshxonalari, kir yuvish xonalari, operatsiya xonalari, magazinlar va h. k.) bo'yaladi. Ular faqat quruq yuzalarga ikki-uch marta yupqa qilib bir tekis beriladi.
29-rasm. Devorlarni uzun dastali cho'tkalar yordamida mayin bo'yoq bilan bo'yash.
30-rasm. Yog‘och qirindisidan 31-rasm. Yog'och pollarni
qilingam plitalardan yasalgan bo'yash. pollarni bo'yash. Moyji tarkiblar. Moyli bo'yoqlar qurilish va ta’mirlash ishlarida keng ishlatiladi. Moyli bo‘yoqlar obyektga quyuq ezilgan holatda yoki ishlatishga iayyor holatda keltiriladi. Quyuq bo'yoqqa alif yoki emulsiyali suyultirgich qo‘shib kerakli qovushqoqlikkacha suyultiriladi. Moyli bo'yoqlar devorlarining uncha katta bo‘lmagan joylariga tekis uzun dastali cho'tkalar yoki mo'ynali valiklar bilan beriladi. (29-rasm). Bo'yoq purkagichlardan foydalanilganda ish unumi 400—500 m3/soatga yetadi. Bo'yash vaqtida bo‘yoqpurkagich kallagini bo‘yaladigan yuzadan 20—30 sm masofada tutish, bo‘yoq oqimini esa yuzaga perpendikular yo'naltirish kerak. Odatda, yuzalar vertikal va gorizontal polosalar bo‘ylab bo'yaladi. Yuza bir tekis bo‘yalishi uchun keyingi polosa oldingisini 3—4 sm qoplashi lozim. Taxtadan va yog'och qirindili plitalardan yasalgan pollar, devorlar moyli bo'yoqlar bilan bir necha qatlam qilib cho'tkalar, valiklar (30-rasm) va pnevmatik dastaki bo'yoqpurkagichlar (31-rasm) va maxsus qurilma bilan bo'yaladi. Parket pollarga, odatda, loklar (GF-257, PF-23J va UR-19) qoplanadi. Lok surtishdan oldin pol silliqlanadi va changdan tozalanadi. Metall konstruksiyalarni korroziyadan himoya qilish uchun ular moyli bo'yoqlar, GF-230 va PF-115 pentafta] emallari, NS-132 Кnitrogliftal emali, E-40 va E 41 epoksid smolalari, perxlorvinil emallar, XSE xlorsulfoetilen emallari, AA-177 bitum emallari, toshko'mir loklari va boshqa bo'yovchi tarkiblar bilan bo'yaladi.
I Bo'yoqlar qovushqoqlikni tegishlicha to'g'rilab cho'tkalar va bo'yoqpurkagichlar yordamida beriladi. Metall trubalarni, radiatorlarni bo'yashda maxsus moslamalardan foydalaniladi (32, 33-rasmlar).
32-rasm. Trubani bo’yash uchun moslama: a — tashqi ko'rinishi;
b — bo'yash jarayoni; / — yarimmuftalar; 2 — oshlangau ten; 3 — bo'yoq
olish uchun terini yarimmuRadan chiqarish richagi, 4 — dasta. Moyli bo'yoqlar ucliun retseptlar (mexanizatsiyalashtiril- gan usulda bo'yash uchun):
0,25 - 0,3 kg 1,0 kg 0,05 - 0,1 litr alif
quyuq moy bo'yoq erituvchi (benzin) Qolgan retseptlar oq bo'yoqqa (belila) qo'shiladigan pigmentga asoslanib tayyorlanadi:
2,0 kg 0,2 kg 0,1 - 0,4 litr keragicha ruxli ezilgan oq bo'yoq alif
erituvchi pigment Lok va emallar. Laklar sintetik smolalar va tabiiy smolalaming organik uchuvchan erituvchilardagi parda hosil qiladigan emallaridir. Bo'yoqchilikda moy-smolali va moysiz smolaii sintetik loklar ishlatiladi. Moy-smolali loklar PF-283 va GF-166 markalarda ishlab chiqariladi. Loklar xonalardagi moyli bo'yoqlar bilan bo'yalgan yuzalarga surtish, yog'och va metall buyumlar sirtini qoplashga mo'ljallangan. GF-166 lokidan tashqi yuzalarni bo'yashda foydalanish mumkin. Loklar yuzalarga cho'tka bilan beriladi, purkagich yordamida purkaladi, juda yupqa qatlam hosil qilish uchun esa doka tampon bilan surkaladi. Im2yuzaga o'rtacha 180—200 g lok sarflanadi, lok qatlami 18—20‘C haroratda 24—48 soatda quriydi. Moysiz sintetik loklar sintetik smolalardan tayyorlanadi. Ularga pentaftol, alkid- stirol va perxlorvinil loklar kiradi. Emallar pigmentning lokdagi suspenziyasidan iborat. Emal qoplama mustahkam, tevarak-atrof muhit ta’siriga chidamli, tashqi ko'rinishi yaxshi bo‘lib, xona haroratida ko‘pi bilan 1—2 sekundda quriydi. Qurilishda alkid, pentaftol, gliftol, nitrogriftol emallar va nitroemallar ishlatiladi. Emallar, asosan, metall, yog‘och va suvoq yuzalarni bo'yashda ishlatiladi. Emal cho'tka yoki valik bilan ikki qatlam qilib surkaladi. Emallarning PF-115, PF-1105, HS-132 kabi markalari mavjud. Kislotali qotirgichda qotadigan turli rangdagi NS-258 nitroemali devor ichiga olingan ( oldindan shpaklovkalangan va jilvirlangan) mebellarni, yog'och smolaii va yog‘och qirindili plitalarni bo'yashga mo'ljallangan. Yangi lok-bo‘yoq materiallar bilan ishlashda ularni ish- latishga oid instruksialar va xavfsizlik texnikasi bilan tanish bo‘lgan shaxslargina qo'yiladi. Fasadlarni bo‘yash
Fasadlarni an’anaviy maxsus fasad bo'yoqlari (masalan, ohak, sement, silikat bo‘yoqlar) bilan bo'yash eng oson va tejamli hisoblanadi. Bu bo‘yoqlar bilan fasadning tekis silliq yuzalari- nigina bo'yash mumkin. Bunday bo'yoqlar bilan bo'yalgan fasadlarni 5—7 yildan keyin qayta bo'yashga to'g'ri keladi. Fasadlarni bo'yash uchun sintetik bo'yoqlardan foydalanil- ganda pardozning chidamliligi oshadi, rang gammasi boshqa bo'yoqlarga nisbatan uzoq (10—12 yil) saqlanadi.