Bo‘yoqchilik ishlari haqida umumiy



Yüklə 0,71 Mb.
səhifə2/6
tarix13.06.2023
ölçüsü0,71 Mb.
#129705
1   2   3   4   5   6
BOYOQCHILIK ISHLARI

Ilgari bo‘yalgan eski yuzalarni yana bo'yashdan oldin ularga maxsus ishlov berish kerak bo'ladi. Ilgari yelimli bo‘yoqlar bilan bo'yalgan yuzani suvli bo‘yovchi tarkiblar bilan bo'yab bo'lmaydi, chunki yangi bo'yoq eskisini o'ziga tortib, u bilan birga suvoqdan ko'chadi. Eski yelimli bo'yoqlar yupqa bo'lsa, yuzani iliq suv bilan yuvib tashlash kerak. Agar eski bo'yoq qalin va ayrim joylarda ko'cha boshlagan bo'lsa, awal qaynoq suv bilan nam- lanadi. Shunday qilinganda u 0,5—1 soatdan keyin osongina tozalanadi. Bunda suvoq shikastlanmasligi uchun namlangan eski bo'yoq po'lat shpatel yoki uzun yog'och dastali qirg'ich bilan qirib tashlanadi.
Suvoq va betormi eski kazein va silikat bo'yoq qatlamlari- dan tozalashda yuzaiar sulfat kislotaning 2—3 %li eritmasida yuvi- ladi. Zang dog'lari va chirk yuzadan quyidagi usullar bilan ketkaziladi:

  • qurib qolgan eski dog1 zanglari suv bilan yuviladi va mis kuporosining suvdagi 10—15 %li eritmasi bilan gruntovkalanadi. Nam dog1 dastlab quritiladi, keyin gruntovkalanadi;

  • dog1 suv bilan yuviladi, quritiladi va ruxli belila va alifdan tayyorlangan. moyli bo'yoq, nitrobo‘yoq yoki nitrolok bilan bo‘yaladi;

- chirk bosgan yuzaiar dastlab sulfat kislotaning 2—3 %li eritmasi bilan, keyin suv bilan yuviladi, so'ngra gruntovkalanadi. Agar chirk ketmasa, suvoq mayda qum qo'shilgan ohak bilan ishqalanadi;

  • smolali moddalar ancha chuqur shimilgan suvoqlar (dudburonlardagi) ko‘chirib tashlanadi va yangidan suvaladi.

Eski yelimli bo‘yoq ustidan moyli tarkiblar bilan bo‘yashda eski bo‘yoq ko'chirib tashlanadi.
Uncha mustahkam bolmagan, burishib qolgan va yorilgan eski moyli bo'yoqlarni yuzadan ketkazish uchun u qirib tashlanadi, kavsharlash lampasi bilan kuydiriladi yoki unga kimyoviy moddalar bilan ishlov beriladi.
Ta’mirlash ishlarining hajmi katta bo‘lganda eski bo‘yoqlarni ko'chirish uchun kimyoviy moddalar, masalan o‘yuvchi ishqorlar ishiatiladi. Qurilish sharoitida ishlatish uchun eng ma’quli pasta hisoblanadi. Bunday pasta tayyorlash uchun elangan 5 kg bor hamda 5 kg ohak xamiri olib, ularni kaustik sodaning 20 %Ii eritmasida oddiy shpaklovka holatiga kelguniga qadar aralash- tiriladi. Pasta tozalanayotgan yuzaga 1,5—2 mm qalinlikda surtiladi, eski bo'yoqning qalinligiga qarab 0,5 — 1,5 soatga qoldiriladi. Kaustik soda bo‘yoqni yumshatadi, keyin uni po'lat shpatel bilan osongina ko‘chirib tashlash mumkin. Keyin yuza awal suv bilan keyin ishqor qoldiqlarini neytrallash uchun sirka kislotaning 2 %li eritmasi bilan yuviladi.
Eski bo‘yog‘i ko'chirib tashlangan yuzaga yangi yuza kabi ishlov beriladi.

  1. Yuzalami bo‘yashda ishlatiladigan moslamalar, valiklar va cho‘tkaIar

Taxta pollami bo'yash apparadning (25-rasm) ish unumi 80 m2/soat. Bo'yovchi tarkib sig'imi 1 litrli bakcha 4ga quyiladi. Lining chiqarish teshigi sirtiga teshiklar qilingan T- simon trubacha 8 ga tushgan. Bo'yoq teshiklardan o‘tib 60 mm diametrli ta’miniash vali 2 ga boradi. Uzatiladigan bo'yoq miqdori bakcha qopqog'iga mahkamlangan va richag bilan harakatga keltiriladigan maxsus klapan yordamida rostlanadi. Richag 5ga kanat 6ulangan.
Valiklar. Yuzalar valiklar bilan bo'yalganda mehnat unumdorligi ancha oshadi. Valiklar bilan bir smenada 250 m2 gacha (cho‘tkalar bilan 100—150 m2) yuzani bo'yash mumkin.
Valiklar ikki tipda: suv-yelimli va moyli tarkiblar bilan bo'yash uchun, faqat suv-yelimli tarkiblar bilan bo'yash uchun mo'ljallab ishlab chiqariladi.


25-rasm. Taxta pollarni bo'yash apparati:
1,2
— ish va ta'minlash valiklari; 3 — karkas; 4 — bakcha: 5 - richag; 6 — kanat; 7 — dasta; 8 — ta’minlovchi teshik-teshik trubacha.





26-rasm. Cho'tkalar
a —
uzun dastali; b — dastaki; d — katta cho'tka; в — radiatorlarni bo'yash uchun; /— trubkalarni bo‘yash uchun.



Cho'tkalar. Bo‘yoqchilik ishlarining ko‘p qismi mexa- nizatsiyalashtirilgan usullarda bajariladi, biroq pardozlashning ba’zi xillarini cho'tkalar bilan bajarish maqsadga rrmvofiq bo'ladi (26- rasm).
Cho'tka qillari dastasining o'rtasida bo'sh joy bo'ladi. Cho'tka bo'yoqqabotirilganda bo'sh joygabo'yoq to'ladi va unda bo'yoq zahirasi hosil bo'lib, u yuzani bo'yash vaqtida asta-sekin sarflanadi.
Yangi cho'tka qillarini ancha elastik qilish uchun awal uni bo'yoqchiiik ishlarining tayyorgarlik operatsiyalarida ishlatish kerak. Bo'yash vaqtida cho'tka bo'yash qismining uzunligi doimo bir xilda bo'lishi lozim.

  1. Ichki yuzalarni suvli tarkiblar bilan bo‘yash

Suvli bo'yovchi tarkiblarga hayvonot (shu jumladan kazein) va o'simlik yelimlari, suvda eriydigan karboksimetilsellulozali KMS yelimi asosida tayyorlangan yelimli bo'yoqlar, shuningdek silikatli, kazeinli va sintetik suv-emulsiyali bo'yoqlar kiradi. Suvli bo'voqlar, odatda, qurilish obyektining o'zida tayyorlanadi. Suvli bo'yoqlar tayyorlashda asosiy pigmentning qaymoq quyuqligidagi massasiga boshqa rangdagi pigmentlar qo'shiladi.
Ishlatish oldidan bo'yoqlar yaxshilab kavlashtiriladi. Bo'yovchi tarkiblarning qovushqoqligi, odatda, B3-4 viskozimetri bo‘yicha aniqlanadi; qovushqoqlik bo'yoqlarning xarakteriga va ularni bo‘yaladigan yuzaga berish usuliga qarab ! 5—180 s atrofida bo'ladi.
Yuzalar qurigan gruntovka qatlami (gruntovkalangandan keyin kamida 1 soat o‘tgach) ustidan bo‘yaladi. Bo'yoqlar cho‘tkalar, bo'yoqchilik valiklari, bo'yoqpurkagichlar bilan ikki-uch qayta beriladi.
Ichki yuzalarni suvli tarkiblar bilan bo‘yashga tayyorlash, ishlov berish va bo'yashda bajarilishi kerak bo‘ladigan operatsiyalarning soni va ketma-ketligi pardozlanadigan yuza, bo'yovchi tarkibning xiliga hamda bo‘yash ishlari kategoriyasiga bog'liq bo'ladi.

Yüklə 0,71 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin