Bozor infratuzilmasi nazariyasi Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi



Yüklə 66,05 Kb.
səhifə2/6
tarix20.11.2023
ölçüsü66,05 Kb.
#163274
1   2   3   4   5   6
infratuzilma iqtisodiyoti

1. Bozor infratuzilmasi nazariyasi
Hozirgi kunda tobora rivojlanib borayotgan bozor munosabatlari o'zining taraqqiyoti davomida bozor qonuniyatlari va mexanizmlarining amal qilishini to‘g‘ri baholay oladigan ichki tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlariga muxtojlik sezadi.
Shu bilan birga, ulaming shakllanishi va rivojlanishi davlat tomonidan muhim shart-sharoitlar va qulay muhitning tashkil etilishini talab etadi. Bu jarayonda esa iqtisodiy qonunlar bilan birga hukumat tomonidan olib borilayotgan iqtisodiy islohotlar uyg‘unligini ta’minlash va ulaming bozor iqtisodiyoti talablaridan kelib chiq-ilishini yo‘lga qo‘yish muhim sanaladi. Bozor infratuzilmasining shakllanishi va rivojlanishini, ma’lum soha va tarmoqlarda mavjud muammolarni ilmiy tahlil etish va yangi bozor infratuzilma-sini yaratayotgan xo‘jalik subyektlarining faoliyatini nazariy tadqiq etish iqtisodiy fanlaming yangi turiga ehtiyojni kuchaytiradi. Shu nuqtai nazardan kelib chiqib, bozor infratuzilmasi nazariyasi fanini o‘rganish zarurati tug‘iladi. Bu fanning shakllanishi uchun ham boshqa fanlar kabi amaliy hayotdagi muammolari, o‘rganilishi taqozo etilayotgan qonuniyatlar, ochib berilishi zarur bo‘lgan holatlar borki, ular mazkur fanni nazariy jihatdan o‘rganishning dol-zarbligini namoyon etmoqda.
“Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fanini o‘qitishning asosiy maqsadi talabalar tomonidan bozor infratuzilmasi nazariyasini chuqur va puxta о‘zlashtii ish, infratuzilma muassasalari faoliyatining amal qilish va rivojlanish qonuniyatlarini o‘rganish hisoblanadi. Bu fanning o ‘qitilishi orqali talabalar bozor infratuzilmasi tashkil topishi va rivojlanishining nazariy asoslari va uning amal qilish qonuniyatlari bilan yaqindan tanishadilar. Mazkur fan ularga bozor infratuzilmasi nazariyasining iqtisodiy qonunlari, hodisa va jarayonlarining mohiyatini chuqur va har tomonlama tushunishda zarur bo‘lgan uslubiy yondashuvlami o ‘zlashtirishga amaliy yordam beradi. Shuningdek, talabalarda bozor infratuzilmasi va tizimli-iqtisodiy munosabatlar to‘g‘risida amaliy tajribalami shakllantirish fanning asosiy vazifalaridan hisoblanadi. “Bozor infratuzilmasi nazariyasi” fani orqali olingan bilimlar iqtisodiyot sohasida tayy-orlanayotgan mutaxassislarga mamlakatdagi bozor munosabatlarining samarali tashkil etilishi va amal qilishiga ahamiyatli ta’sir
ko‘rsatuvchi infratuzilma muassasalari faoliyatining nazariy va amaliy masalalarini chuqur anglash hamda bu boradagi muammo-lami to‘g‘ri hal etish ko‘nikmasini shakllantiradi.
Iqtisodiy fanlaming umumiy o‘rganish obyektlari bo‘lib o‘z ichiga ishlab chiqarish, taqsimlash, ayriboshlash va iste’mol jarayonlarini oluvchi iqtisodiy faoliyat bosqichlari hisoblanadi. Ushbu jarayonlaming qisqacha tahliliga ko‘ra ishlab chiqarish shunday ja-rayonki, agar xomashyo, aylanma mablag‘, ishchi kuchi va boshqa materiallar yoki ishlab chiqarish omillarining o‘zaro muvofiq hold-agi birikishi yuz bergan chog‘dagina tovar ishlab chiqarish o‘z nati-jasini beradi. Lekin bu ishlab chiqarilgan tovarlami iste’molchisini topish zamonaviy iqtisodiyotning oldidagi eng muhim muammolar-dan biri hisoblanadi. Bozor aynan ayriboshlash yoki taqsimlash jarayonini ta’minlab, iste’molchini topishga yordam berishda muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi kunda bozorlarning me’yordagi faoliyatini ta’minlash va ulaming samaradorligini oshirish esa bozor infratuzilmalari oldida turgan eng dolzarb vazifalardan sanaladi.
Shu nuqtayi nazardan olsak, bozor infratuzilmalarining mavjudligi, samarali faoliyati va davomiyligini ta’minlash nafaqat iqtisodchi olimlar, balki, iqtisodiyotning har bir bo‘g‘ini mutasaddi rahbarlar-ining, shuningdek, iqtisodiy fanlaming dolzarb vazifalaridan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasini nazariy tahlil qilish iqtisodiyotning boshqa infratuzilmalaridan ma’lum ma’noda alohida xususiyatga ega. Biz bu borada fikr yuritishdan oldin umumiy infratuzilmalar
haqidagi tushunchaga ega bo‘lishimiz kerak. Infratuzilma — bu har qanday yaxlit iqtisodiy tizim va tuzilmalaming mavjud bo‘lish sharti hisoblangan tarkibiy qismidir.
So‘zma-so‘z ifodalaganda, infratuzilma - bu iqtisodiy tizimning
asosi, poydevori, ichki tuzilmasi demakdir. «Infratuzilma» atamasi lotincha«infra»-quyi, osti; «structure» - tuzilma, joylashuv so‘zlaridan paydo bo’lgan. «Infratuzilma» atamasining keng qo‘llanilishiga qaramay, bu tushunchani turlicha talqin qilish hollari uchrab turadi. Bir guruh olimlar infratuzilman-ing funksiyasini ishlab chiqarish va aholiga xizmat ko‘rsatishda deb qarab, uni xizmat ko'rsatishning yaxlit tizimi sifatida belgilaydilar. Bu fan bozor infratuzilmasining rivojlanish bosqichlari, hozirgi zamon bozor infratuzilmasining aralash iqtisodiyot tizimi sifatida, mamlakatlar va xalqlaming madaniylashgan, ijtimoiy-adolatli jamiyat sari harakat bosqichi sifatida tushuntirilib, uning o‘ziga xos xususiyatlari haqida chuqur bilimlar beruvchi fan hisoblanadi. Bozor infratuzilmasining amal qilishi masalalariga, O‘zbekiston bozor infratuzilmasini o‘rganishga, milliy
iqtisodiyotdagi infratuzilmaning jahon xo‘jaligiga qo‘shiIish
masalalariga katta ahamiyat beriladi. Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda infratuzilma sohasi tarkibiga kiruvchi tuzilmalardan foydalanish amalda ancha ilgari
boshlanganligiga qaramay, unga mukammal tizimga ega bo’lgan mustaqil soha sifatida e’tibor qaratish nisbatan kech ro‘y berdi. Zero, “infratuzilma” atamasi fanga kiritilishining aniq sanasi ma’lum bo‘lmay, ko‘pchilik tadqiqotlarda ushbu tushuncha XX asr 40-yillarining oxirida paydo bo‘lgan deyilsa, ba’zilarida esa
amerikalik iqtisodchi P.Rozenshteyn-Rodan tomonidan 1955-yilda ilmiy atama sifatida qo‘llanilganligi qayd etilgan3. Ma’lumotlarga ko‘ra, XX asr boshlarida “infratuzilma” atamasi iqtisodiy tahlilda qurolli kuchlaming hayotga layoqatliligini ta’minlovchi obyekt va inshootlami ifodalash uchun qo‘llanilgan.
Iqtisodiy tushunchalar lug‘atida “Bozor infratuzilmasi (inglizcha market infrastructure)— asosiy vazifasi tovarlami ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishdan iborat bo‘lgan tarmoq, kichik tarmoq hamda faoliyat sohalari (transport, ta’minot, mol tarqatish, savdo va h.k.)ning majmui” sifatida ta’riflanib,
“rivojlangan bozor infratuzilmasi iqtisodiyotdagi mablag'lar aylanishining tezlashuvi, yangidan yaratilgan qiymatning realizatsiyasi jarayoni uchun shart-sharoit yaratadi”.



Yüklə 66,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin