Bozor infratuzilmasi nazariyasi Bozor infratuzilmasi unsurlarining tarkib topishi va rivojlanishi


Bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari



Yüklə 66,05 Kb.
səhifə4/6
tarix20.11.2023
ölçüsü66,05 Kb.
#163274
1   2   3   4   5   6
infratuzilma iqtisodiyoti

3.Bozor infratuzilmasining turlari va tarkibiy qismlari
Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o'tish bozorning ko'p bo'g'inli infratuzilmasini yaratishni talab qiladi. Bozor infratuzilmasi turli xil vazifalami bajaruvchi tarkibiy qismlar, unsurlardan iborat tizimni namoyon etadi. Bozor mexanizmlarining to'liq, samarali amal qilishi infratuzilma tarkibiy qismlarining turli-tumanligi va yetarli darajada rivojlanganligiga bog'liq bo'ladi.
Shunga ko'ra, bozor infratuzilmasining tarkibiy qismlarini belgilab olish, ulaming har birining ahamiyatini o'rganish, iqtisodiy tabiatini ochib berish muhim hisoblanadi. Zero, hozirgi kunda bozor infratuzilmasi tarkibini belgilash, mazkur tizimga kiruvchi unsurlami ko'rsatib berishda ma’lum nomuvofiqliklar mavjud. Jumladan, A.O'lmasov va M .Sharifxo'jaevlar bozor infratuzilmasiga bozor aloqalarini o'rnatishgavasam arali yuritishga xizmat qiluvchi korxona, tashkilot va muassasalar majmuyi sifatida qarab, uni besh bo'g'inga ajratadilar:
1) ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi infratuzilma (transport, aloqa, ombor xo'jaligi, yo'l xo'jaligi, suv va energetika ta’minoti kabilar);
2) tovarlar va xizmatlar muomalasiga, y a’ni savdo-sotiq ishlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (birjalar, savdo uylari, auksionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari va agentliklari, davlatning savdo-sotiq va ularni nazorat etuvchi muassasalari);
3) moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma (tijorat banklari, o'z-o'zini kreditlash idoralari, sug'urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish mahkamalari, har xil pul fondlari);
4) aholiga xizmat qiluvchi yoki sotsial infrastuktura (uy-joy, kommunal va transport xizmati, maorif, madaniyat hamda sog’liqni saqlash muassasalari, aholini ishga joylashtirish firmalari va idoralari);
5) axborot xizmati (iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo‘lgan har xil axborotlar—ma’lumotlar va xabarlami to'plash, umumlashtirish va sotish bilan shug'ullanuvchi turli kompaniyalar, firmalar, maslahat idoralari, davlat muassasalari)
Ko'rinib turibdiki, olimlarimiz bu o'rinda ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani ham bozor infratuzilmasi tarkibiga kiritib, moliya-kredit hamda axborot xizmati infratuzilmasi kabi yo'nalishlami mustaqil soha sifatida ko'rsatib, masalani munozarali tomon yo'naltiradilar.Hozirda iqtisodiy adabiyot va qo'llanmalarda bozor infratuzilmasining asosiy unsurlari sifatida odatda quyidagi
obyektlami ko'rsatib o'tiladi:
-birjalar (tovar, xomashyo, fond, valyuta), ulaming tashkiliy rasmiylashtirilan vositachiligi;
-auksionlar, yarmarkalar va tashkiliy biijadan tashqari vositachilikning boshqa shakllari;
-kredit tizimi va tijorat banklari;
-emissiya tizimi va emissiya banklari;
-a h o li bandligini tartibga solish tizimi hamda bandlikka davlat va nodavlat yo'li bilan ko'maklashish markazlari (mehnat birjalari);
-axborot texnologiyalari va kommunikatsiya vositalari;
-soliq idoralari tizimi va soliq inspektsiyasi;
-tijorat xo'jalik xavf-xatarini sug'urtalash tizimi va sug'urta kompaniyalari;
-maxsus reklama agentliklari, axborot markazlari va ommaviy axborot vositalari agentliklari;
-savdo palatalari, ishbilarmon doiralaming boshqa jamoat, ixtiyoriy va davlat birlashmalari (uyushmalari);
-bojxona tizimi;
-yollanib ishlovchilaming kasaba uyushmalari;
-tijorat-ko‘rgazma komplekslari;
-oliy va o‘rta iqtisodiy ta’lim tizimi;
-auditorlik kompaniyalari;
-maslahat beruvchi (konsalting) kompaniyalari;
- ishbilarmonlik faolligini rag'batlantirish uchun moljallangan ijtimoiy va davlat fondlari;
-erkin tadbirkorlikning maxsus hududlari.
Iqtisodiyotda moliya bozorlarining o‘mi ham kattadir. Moliya bozorining asosiy maqsadi iqtisodiyotda kapitalning erkin oqimi hamda samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi uchun yetarli va zarur sharoitlar yaratishdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun quyidagi sharoitlar yaratilishi lozim:
- bozor iqtisodiyoti qonunlarining toliq amal qilishi mexanizmini ta ’minlash;
- xususiy mulkchilik samarali tizimining mavjudligi;
- monetizatsiyalashgan real investitsion bazisga ekvivalent moliyaviy instrumentlar (jumladan, qimmatli qog‘ozlar) sifatining yuqori ko‘rsatkichlarini (likvidlilik jalbdorliligi va h.k.) ta ’minlanganliligi. Bu ko‘rsatkichlar raqobatni rivojlantirish va narxlar bo‘yicha katta boMmagan kurs tafovuti hisobiga erishiladi;
- moliyaviy instrumentlarning erkin savdosini ta’minlovchi rivojlangan savdo tizimlarining mavjudligi;
- investorlaming haq-huquqlari himoyasini yuqori darajada ta’minlovchi bozorning samarali tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) tizimining mavjudligi;
- moliya bozori qatnashchilari tomonidan ta’minlanadigan bozorning informatsion shaffofligi (transparentligi).Ushbu sharoitlarda moliya bozori iqtisodiyotning samarali faoliyatini ta’minlaydi, investitsiyalarga muhtoj bolgan iqtisodiyot
subyektlariga investorlaming moliyaviy resurslarini jamlab, biznes maqsadiga ishlatishga, investorlarga m ablag‘larini orttirishga, davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirishga ko‘maklashadi.
Umuman olganda, moliya bozori investitsiyalarga muhtoj va resurslarga ega bo‘lgan qatnashchilami bir-birlari bilan uchrashtirish asosida moliyaviy aktivlar almashinuviga ko‘maklashadigan mexanizm sifatida namoyon bo‘luvchi tizimdir.
Moliya bozori bir qator funksiyalami bajaradi. Ulami to‘rt guruhga: makroiqtisodiy, umumbozor, maxsus (ixtisoslashgan) va globallashtirish (meta, ya’ni xalqaro darajada moliyaviy globallashtirish) funksiyalariga ajratish mumkin.
Makroiqtisodiy funksiyajam g ‘armalami investitsiyalarga samarali transformatsiyasini ta’minlab berishdan iborat.
Umumbozor funksiyasi,odatda, har bir milliy bozorga mansub. Maxsus funksiya esa uni boshqa turdagi bozorlardan farqlaydi.
Umumbozor funksiyasiga quyidagilar kiradi:
- tijoratni rivojlantirish funksiyasi (bu funksiya bozor qatnashchilarining o‘zaro raqobat asosida daromad olishini ta ’minlovchi funksiya);
- narx-navoni belgilash funksiyasi, ya’ni bozorda moliyaviy instrumentlaming bozor narxlari (kurslari) shakllanishi va ta ’siri jarayonini, ulami bozor konyunkturasiga bog‘liq tarzda uzluksiz harakatini (o‘zgarishini) ta ’minlaydi (bozor kurslari qanchalik tez shakllanib barqarorlashsa, moliya bozorida bu instrumentlar shunchalik samara bilan joy lashtiriladi va likvidliligi ta’minlanadi);
- axborot bilan ta ’minlash funksiyasi, ya’ni bozor savdo obyektlari va savdo ishtirokchilari to ‘g ‘risidagi axborotni shakllantiradi va o ‘z qatnashchilariga havola qiladi;
- tartiblashtiruvchi (muvofiqlashtiruvchi va nazorat qiluvchi) funksiya, ya’ni bozor o‘zidagi savdo va unda ishtirok etish, qatnashchilar o ‘rtasidagi munosabatlar me’yorlarini va nizolami hal qilish tartiblarini joriy qiladi, ustuvor yo‘nalishlami aniqlaydi,nazorat organlarini va tartiblarini belgilaydi, bozor qatnashchilari
tomonidan bu m e’yor va tartib-qoidalarga rioya qilinishini nazorat qiladi va h.k.
Moliya bozorining maxsus funksiyalarigaquyidagilami kiritish mumkin:
- moliyaviy resurslarni taqsimlash va qayta taqsimlash funksiyasi. Uni o ‘z navbatida to ‘rt kichik funksiyaga ajratish mumkin: 1) moliyaviy resurslarni tarmoqlar va bozor faoliyati sohalari o ‘rtasida taqsimlash vaqayta taqsimlash; 2)jam g‘armalami, ayniqsa aholi jam g‘armalarini, noishlab chiqarish shaklidan ishlab chiqarish shakliga o ‘tkazish (transformatsiyalash); 3) noinflyatsion asosda, y a’ni muomalaga qo‘shimcha pul chiqarmasdan davlat budjetini moliyalashtirish; 4) pul massasini boshqarish;- narx va moliyaviy risklaming oldini olish funksiyasi, yoki hosilaviy qimmatli qog‘ozlar (fyucherslar, optsionlar, svop, forvard
va h.k.)ning hosil bo‘lishi evaziga xedjirlash.Moliyaviy globallashtirishfunksiyasiquyidagilarda namoyon bo‘ladi:
— moliyaviy resurslarni umumjahon miqyosida globallashgan iqtisodiyot doirasida samarali taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi;
— milliy moliya bozorlarini о ‘zaro integratsiyalashuvi (uyg‘unlashuvi);
— moliya bozorlarining intematsionallashuvi;
- jahon globallashuvi jarayonlari (barcha yo‘nalishlarda) rivojining katalizatori va h.k.Moliya bozori vazifalarini asosiy va qo ‘shimchalargaajratish mumkin. Asosiy vazifalariuning bozor munosabatlari tizimidagi ahamiyati va qulay sharoitlarni ta’minlashi bilan ifodalanadi (ular yuqorida sanab o ‘tilgan).
Moliya bozorining qo'shimcha vazifalarigaquyidagilami kiritish mumkin:
- emitentning moliya oqimlarini optimallashtirish;
-bozor qatnashchilarining ijobiy imidjini shakllantirish;
-emitentning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash;
- biznesni rivojlantirish va qo‘shimcha ish joylarini yaratish;
-jahon moliya tizimiga integratsiyalashtirish;
-siyosiy huruj, moliyaviy va iqtisodiy qiyinchilik, moliyaviy repressiya va valyutaviy intervensiya vositasi sifatida ta’sir ko‘rsatish;
- investorlaming huquqlarini himoyalash va maqsad, manfaatlarining am ilga oshirilishini ta’minlash.Xalqaro mavqega ega boMgan zamonaviy moliya bozori
o ‘zining asosiy roli doirasida (ya’ni, iqtisodiyotning holati “barometri”) jahon globallashuvi sharoitida iqtisodiyotda bir-biri bilan bogMiq quyidagi rollami o‘ynaydi.
Moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori faoliyat ko‘rsatishining asosiy tamoyillariga rioya etilishi davlatning tartibga solishga oid chora-tadbirlari bilan birga fond birjalari va bozor qatnashchilarining birlashmalari (uyushmalari) ishlab chiqqan qoidalarini uyg‘unlashtirish asosida ta’minlanadi

Yüklə 66,05 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin