14 Mavzu Mahsulot sotishdan tushum va uning taqsimlanishi Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari Pul oqimlarini boshqarish



Yüklə 116,34 Kb.
səhifə1/4
tarix28.11.2023
ölçüsü116,34 Kb.
#168721
  1   2   3   4
14-mavzu


14 Mavzu Mahsulot sotishdan tushum va uning taqsimlanishi
Pul oqimlarini boshqarishning mohiyati va vazifalari hamda asosiy yoʻnalishlari
Pul oqimlarini boshqarish korxonaning moliyaviy jihatdan barqaror oʻsishiga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish bilan bevosita bogʻliq boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va amalga oshirish prinsiplari va metodlari tizimini oʻzida aks ettiradi.
Moliyaviy menejmentning barcha funksional tizimlari kabi pul oqimlarini boshqarish ham korxona bozor qiymatini oshirish orqali mulkdorlar moddiy farovonligini oshirishga qaratilgan bosh maqsadga bevosita boʻysunadi. Moliyaviy menejmentning bu umumiy maqsadi pul oqimlarini boshqarishning alohida bosh maqsadi – korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlashni qoʻllab-quvvatlaydi. Korxona pul oqimlarini boshqarishning oʻz bosh maqsadini amalga oshirish jarayonida quyidagi asosiy vazifalarni hal qilishga e’tibor qaratiladi (2-jadval):
2-jadval
Korxona pul oqimlarini boshqarishning bosh maqsadini amalga oshirishga yoʻnaltirilgan asosiy vazifalar tizimi

Pul oqimlarini boshqarishning bosh maqsadi

Pul oqimlarini boshqarishning asosiy vazifalari

Korxonadagi doimiy moliyaviy muvozanatni ta’minlash

1. Istiqboldagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati talabiga mos ravishda korxonaning yetarli miqdordagi pul mablagʻlarini shakllantirish.

2. Shakllantirilgan pul mabagʻlarini moliyaviy-xoʻjalik faoliyati turlari va foydalanish yoʻnalishlari boʻyicha taqsimlashni optimallashtirish.

3. Rivojlanish jarayonida korxonaning yuqori darajadagi moliyaviy barqarorligini ta’minlash.

4. Korxonaning doimiy toʻlovga qobiliyatligini saqlab turish.

5. Oʻz-oʻzini moliyalashtirish sharoitida korxona iqtisodiy rivojlanishining belgilangan sur’atlarini ta’minlovchi sof pul oqimini maksimallashtirish.

6. Pul mablagʻlaridan moliyaviy-xoʻjalik faoliyatida foydalanish jarayonidagi turli xil yoʻqotishlarning minimalligini ta’minlash.

Keltirib oʻtilgan vazifalar xususida qisqacha toʻxtalib oʻtadigan boʻlsak, istiqboldagi moliyaviy-xoʻjalik faoliyati talabiga mos ravishda korxonaning yetarli miqdordagi pul mablagʻlarini shakllantirish vazifasi strategik va joriy maqsadlarni amalga oshirish uchun talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdorini belgilab olish yoʻli bilan amalga oshiriladi va bunda pul mablagʻlarini jalb qilish uchun talab qilinadigan xarajatlarga ham e’tibor qaratiladi.



Yüklə 116,34 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin