Sonli ommaviy oferta



Yüklə 29,21 Kb.
səhifə1/10
tarix14.06.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#130264
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
oferta


E-auksionsavdo” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar tashkil etish va o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha
-sonli OMMAVIY OFERTA

25.04.2023 yil Toshkent shahri

Ushbu “Ommaviy oferta” O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 358, 364, 367 va 369-moddalariga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmon va Qarorlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari hamda o‘z ustavi asosida faoliyat yurituvchi "REZOLYUT TRANS TRADING" MCHJning (bundan buyon matnda – “Savdo tashkilotchisi”) jismoniy va yuridik shaxslar (bundan buyon – ishtirokchi) bilan “E-auksionsavdo” elektron savdo platformasida elektron onlayn-auksionlar o‘tkazish xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha shartnoma tuzish yuzasidan rasmiy taklifi hisoblanadi.


Ushbu “Ommaviy oferta” “Savdo tashkilotchisi”ning Internet tarmog‘ida e-auksionsavdo.uz manzilidagi rasmiy veb-saytida joylashtirilgan vaqtidan boshlab kuchga kiradi va uni bekor qilish to‘g‘risidagi rasmiy xabarnoma saytda joylashtirilgunga qadar amal qiladi.
Agar “Ommaviy oferta” o‘qilishida tafovutlar (turli xil talqinlar) vujudga kelsa, O‘zbekiston Respublikasi davlat tilida tuzilgan “Ommaviy oferta” asos qilib olinadi.
“Savdo tashkilotchisi” “Ommaviy oferta”dagi shartlarni ushbu ommaviy oferta bilan belgilangan tartibda o‘zgartirish huquqini o‘zida saqlab qoladi.
1. Atama va ta’riflar.
Ushbu Ommaviy ofertada quyidagi atamalar, ta’riflar va qisqartmalar qo‘llaniladi:
“E-auksionsavdo.uz” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda – savdo platformasi) – elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga kirish hamda ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
auksion g‘olibi – lot bo‘yicha eng yuqori sotib olish narxini tasdiqlab, g‘olib deb e’tirof etilgan ishtirokchi;

Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin