5. Shartnoma tuzish tartibi va xizmatlar ko‘rsatish shartlari. 5.1. “E-auksionsavdo.uz” saytida ushbu ommaviy ofertaning e’lon qilinishi (joylashtirilishi) operatorning barcha turdagi jismoniy va yuridik shaxslar bilan ushbu shartlarda shartnoma tuzish bo‘yicha oferta taklifi hisoblanadi.
5.2. “Ishtirokchi”ning ushbu ommaviy ofertani ERI kalit sertifikati yordamida imzolashi taraflarning ushbu shartnoma shartlarini so‘zsiz va to‘liq holda, hech qanday qo‘shimcha shartlarsiz va izohlarsiz qabul qilganligini (akseptlaganini) anglatadi.
5.3. O‘zbekiston Respublikasining “Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida”gi Qonuniga asosan taraflar ushbu shartnomani qog‘oz hujjatga tenglashtiradi va u bilan bir xil yuridik kuchga egaligini e’tirof etadi.
5.4. “Savdo tashkilotchisi” belgilangan tartibda auksion natijalari to‘g‘risida bayonnomani QR-kod (matrik shtrixli kod) bilan rasmiylashtiradi.
Bayonnoma oldi-sotdi shartnomasi kuchiga ega bo‘lib, mulk va mulkiy huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun hamda oldi-sotdi shartnomasi tuzish uchun asos hisoblanadi.
5.5. Bayonnoma “Savdo tashkilotchisi” tomonidan yuritiladigan auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga avtomatik tarzda kiritiladi.
5.6. Bayonnomadagi QR-kod (matrik shtrixli kod) takrorlanmas bo‘lib, uning ichiga auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga Internet tarmog‘i orqali o‘tiladigan havola joylashtiriladi.
5.7. Bayonnoma auksion natijalari to‘g‘risidagi elektron bayonnomalar reyestriga kiritilgan bo‘lsa, haqiqiy hisoblanadi.
5.8. Auksion g‘olibining so‘rov xatiga ko‘ra bayonnoma qog‘oz shaklida chop etilib, “Savdo tashkilotchisi”ning muhri bosilgan holda unga taqdim etilishi yoki pochta orqali yuborilishi mumkin
5.9. Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan “Savdo tashkilotchisi”ning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida to‘langandan so‘ng keyingi ish kunidan kechiktirmay bayonnoma rasmiylashtiriladi.
Bayonnoma rasmiylashtirilgandan so‘ng o‘n ish kunidan kechiktirmay bayonnoma asosida buyurtmachi bilan auksion g‘olibi o‘rtasida oldi-sotdi shartnomasi tuziladi (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno).
5.10. “Savdo tashkilotchisi” auksion natijalari deb e’tirof etiladigan elektron bayonnoma (keyingi o‘rinlarda – bayonnoma) asosida tuzilgan (tuziladigan) shartnomalarda taraf hisoblanmaydi hamda bunday shartnomalarni rasmiylashtirishda ishtirok etmaydi.