Sonli ommaviy oferta


 Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi. 2.8



Yüklə 29,21 Kb.
səhifə5/10
tarix14.06.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#130264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
oferta

2.7. Taraflar kelishmagan taqdirda ushbu nizoli masala sud tartibida ko‘rib chiqiladi.
2.8. Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari “Savdo tashkilotchisi”ning hisobraqamida foizsiz saqlanadi.
3. “Savdo tashkilotchisi”ning huquq va majburiyatlari.
3.1 “Savdo tashkilotchisi”ning huquqlari quyidagilar:
a) “Savdo tashkilotchisi” axborot bazasida “Savdo tashkilotchisi”ning hisob raqamiga zakalat to‘liq hajmda tushmagan taqdirda “Ishtirokchi”ning arizasini veb-portalda rad etish;
b) auksion natijasi bo‘yicha kelib tushgan pul mablag‘larini belgilangan tartibda taqsimlash (qonunchilik hujjatlarida boshqacha tartib nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno);
d) talabgorlarni elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, shuningdek, savdoga qo‘yilgan mol-mulk haqida keng xabardor qilish;
e) mol-mulkni elektron onlayn-auksionlarda realizatsiya qilish bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha axborot va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish;
g) auksionda sotilgan obyektning qiymatini (“Savdo tashkilotchisi” xizmat haqini) belgilangan muddatda to‘lamagan auksion ishtirokchilariga zakalat pulini qaytarmasdan “Savdo tashkilotchisi”ning tasarrufida qoldirish;
h) “Savdo tashkilotchisi” auksion ishtirokchilarining shaxsiy ma’lumotlarini to‘plash, saqlash, uzatish va qonuniy asosga ega bo‘lgan holda shaxsiy ma’lumotlarni oshkor qilinishiga yoki boshqa turdagi qayta ishlash huquqiga ega.
3.2 “Savdo tashkilotchisi”ning majburiyatlari quyidagilar:
a) elektron onlayn-auksionlarni belgilangan vaqtda tashkil etish (auksion savdolari qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda to‘xtatilgan hollar bundan mustasno);
b) elektron onlayn-auksionlarni inson omili aralashuvisiz dasturiy ta’minot vositasida o‘tkazilishini ta’minlash;
d) savdo platformasida barcha ishtirokchilar uchun auksionda qatnashishda imkoniyatlar tengligini ta’minlash, yopiq auksion bundan mustasno;
e) auksion yakunlanishi bilan ular to‘g‘risidagi axborotlarni e’lon qilinishini ta’minlash;
f) elektron hujjatlarga, elektron xabarlarga, buyurtmachi va ishtirokchilarning shaxsiy ma’lumotlariga ruxsatsiz kirishdan himoyalash choralarini ko‘rish;
g) elektron hujjatlar, ma’lumotlar va elektron xabarlarni uchinchi shaxslarga bermaslik, qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan holatlar bundan mustasno;
i) aholi va tadbirkorlarni ommaviy axborot vositalari orqali, shuningdek, boshqa usullarda savdolarda ishtirok etish tartibi haqida muntazam tanishtirib borish.
“Savdo tashkilotchisi” qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquq va majburiyatlar ham yuklanishi mumkin.
3.3. Auksionga qo‘yilgan mol-mulk buyurtmachining buyurtmasiga asosan sotilayotganligi hamda buyurtmachi tomonidan belgilangan asoslar bo‘yicha elektron onlayn-auksion to‘xtatilganligi yoki bekor qilinganligi yoxud mol-mulk (lot) yoki uning bir qismi elektron onlayn-auksiondan olinganligi uchun “Ishtirokchi”ga zarar yetkazilgan bo‘lsa, “Savdo tashkilotchisi” javobgar hisoblanmaydi.
3.4. Savdo platformasida texnik uzilish sodir bo‘lgan hollarda auksion vaqtincha to‘xtatiladi hamda bu haqda ishtirokchining shaxsiy kabineti, telefon raqamiga SMS xabar yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma yuboriladi hamda ushbu auksion texnik uzilish bartaraf qilingan kundan keyingi ish kuni soat 11:00.da oxirgi tasdiqlangan taklifdan bir qadam oshirilgan narxni taklif etishdan davom ettiriladi.
3.5. To‘xtatilgan lot bo‘yicha auksion ishtirokchisi davom ettiriladigan auksion ishtirokchisi sifatida uning telefon raqamiga SMS xabar yoki shaxsiy kabinetiga xabarnoma orqali xabardor qilinadi. Ishtirokchi xabar bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi uchun operator javobgar hisoblanmaydi.

Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin