10. Nizolarni hal qilish tartibi. 10.1. Shartnomani bajarish bilan bog‘liq barcha tortishuv va kelishmovchiliklar Taraflar tomonidan O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligiga muvofiq da’volar tartibida va O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligida belgilangan tartibda sudda ko‘rib chiqish to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiq hal qilinadi.
10.2. Taraflar kelishmagan taqdirda, ushbu nizoli masala sudlovga taalluqlilik bo‘yicha operator joylashgan joydagi sudda ko‘rib chiqiladi. Nizoli masala hal etilmagunga qadar g‘olib tomonidan to‘langan pul mablag‘lari “Savdo tashkilotchisi”ning hisobvarag‘ida saqlanadi.
11. Yakunlovchi qoidalar. 11.1. “Ishtirokchi” ushbu shartnomani tuzib, uning shartlari va talablari bilan tanishganligini hamda ularga to‘liq roziligini tasdiqlaydi.
11.2. “Taraflar” qonunchilikda belgilangan hollardan tashqari, axborotlar maxfiyligi hamda ma’lumotlarni uchinchi shaxslar oldida oshkor etmaslik majburiyatini oladilar.
Elektron savdo platformasida joylashtiriladigan (erkin foydalaniladigan) axborotlar maxfiy ma’lumot hisoblanmaydi.
11.3. Mazkur Shartnomani tuzish va uni bajarish paytida “Taraflar” o‘zaro ma’lumot va hujjatlar almashinuvini telefon raqamiga SMS xabar yoki savdo platformasidagi “Ishtirokchi”ning shaxsiy kabineti vositasida amalga oshirishi mumkin. Elektron raqamli imzoning mavjudligi shartnoma ular tarafidan yuborilayotganligini va tasdiqlanganini anglatadi.
Taraflarning yuridik mazillari