Sonli ommaviy oferta


 “Savdo tashkilotchisi” buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan auksion obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi. 2.3



Yüklə 29,21 Kb.
səhifə4/10
tarix14.06.2023
ölçüsü29,21 Kb.
#130264
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
oferta

2.2. “Savdo tashkilotchisi” buyurtmachi tomonidan taqdim etilgan auksion obyekti bo‘yicha ma’lumot va hujjatlar yuzasidan javobgar hisoblanmaydi.
2.3. “Taraflar” o‘rtasida hisob-kitoblar pul o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi.
2.4. Lot qiymati auksion g‘olibi (auksionning salohiyatli g‘olibi) tomonidan quyidagilarni inobatga olgan holda to‘lanadi:
- bir yo‘la to‘lash sharti bilan sotilgan obyektning qiymati BHMning besh ming baravarigacha bo‘lganda, to‘lovlarni o‘n ish kunida, besh ming baravariga teng yoki undan ortiq bo‘lganda esa, to‘lovlarni (ishtirokchi tomonidan kiritilgan zakalat sotib olish to‘lovlari miqdoriga kiritiladi) o‘n besh ish kun mobaynida to‘lash imkoniyati beriladi (buyurtmachi bilan tuzilgan shartnomada va qonunchilik hujjatlarida belgilangan hollar bundan mustasno).
- to‘lov ushbu bandning ikkinchi xatboshida nazarda tutilgan muddatlarda to‘liq amalga oshirilmagan yoxud auksion g‘olibi oldi-sotdi shartnomasini tuzishdan bosh tortgan yoki uni rad etgan taqdirda, auksion natijalari bekor qilinib, auksion g‘olibidan olingan zakalat puli qaytarilmaydi va “Savdo tashkilotchisi” tasarrufida qoladi.
Savdo platformasida lot qiymati to‘liq to‘lanishi talab etilmaydigan auksion obyektlari bo‘yicha auksion g‘olibi tomonidan “Savdo tashkilotchisi”ning xizmat haqi uchun yetarli mablag‘ besh ish kuni ichida to‘lanadi.
Auksion g‘olibi (auksionning salohiyatli g‘olibi) to‘lovlarni o‘zining shaxsiy kabinetidan to‘lash tugmasini bosish orqali amalga oshiradi.
Agar g‘olib tomonidan shaxsiy kabinetida yetarli mablag‘ mavjud bo‘la turib to‘lash tugmasi bosilmasa va to‘lash muddati o‘tgan bo‘lsa, g‘olibning zakalat miqdori qaytarilmaydi hamda u obyekt qiymatini (“Savdo tashkilotchisi” xizmat haqini) belgilangan muddatda to‘lamagan deb topiladi.
2.5. Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari “Savdo tashkilotchisi”ning hisobvarag‘ida yig‘iladi va auksion g‘olibi (xaridor) tomonidan obyekt qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng buyurtmachi hisobvarag‘iga “Savdo tashkilotchisi” xizmat haqi ushlab qolingan holda o‘tkaziladi.
2.6. G‘olib obyektni qabul qilishdan bosh tortgan taqdirda taraflar (g‘olib, buyurtmachi va operator)ning kelishuviga asosan rasmiylashtirilgan bayonnoma bekor qilinib, to‘langan pul mablag‘lari belgilangan tartibda (“Savdo tashkilotchisi” xizmat haqi chegirilgan holda) g‘olibga qaytarilishi mumkin.

Yüklə 29,21 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin