285
Dj.M. Keyns kishilar tasarrufidagi pul daromadi o‘sib
borishi bilan
iste‘molga keyingi moyillik tushib borish qoidasini ochib berdi. Bu daromadlar
ortib borishi bilan jamg‘arma ulushi o‘sib borishini anglatadi. Agar olingan barcha
daromad to‘liq sarflansa talab va taklif chiziqlari o‘zaro mos tushgan bo‘lardi.
Keyns fikricha, rivojlangan bozor iqtisodiyotida
monopoliyalar mavjudligi,
ishlab chiqaruvchilar o‘rtasida uzoq muddatli shartnomalar amal qilishi, kasaba
uyushmalarining ish haqi stavkasi barqaror bo‘lishiga
harakatlari tufayli narx
mexanizmi ishlamaydi. Shu sababli, narx emas sotish hajmi kamayadi va bu ishlab
chiqarish hajmi qisqarishiga olib keladi. Mazkur qisqarish yuqori narxlar va
ishsizlikning o‘sishi saqlanib qolganda ro‘y beradi. Demak, tadbirkorlar yalpi
talabning narx va ish
haqi pasayishi hisobiga emas, ishlab chiqarish hajmi
qisqarishi va band bo‘lganlar bir qismining bo‘shatilishi hisobiga kamayishiga
e‘tibor qaratadi.
Shu tariqa, makroiqtisodiy muvozanatlik tiklanadi, biroq bunda
ishsizlar saqlanib qoladi.
Yalpi talabning tarkibiy qismlaridan biri investitsiyalar hisoblanadi.
Keyns
fikricha, investitsiyalar hajmining 100 birlikka kamayishi daromadlarining 400,
500 va undan ko‘p birlikka qisqarishiga olib kelishi mumkin va aksincha.
Bunday holat iqtisodiy fanda multiplikator samarasi yoki ko‘paytiruvchi
samara nomini olgan.
Multiplikator samarasi asosida bir kishining sarflari tezlikda boshqalarning
daromadi bo‘lib qolish mumkinligi g‘oyasi yotadi.
Mulkdorlar o‘z daromadlarining bir qismini sarflaydi,
boshqa qismni
jamg‘aradi. Daromadni sarflab, ular o‘z pullarini ishlab chiqaruvchilarga uzatadi.
Yalpi sarflarning bir qismidagi o‘zgarish milliy daromadning muvozanatli darajasi
ko‘paytirilgan (multiplikativ) yo‘nalishida o‘zgarishiga olib keladi. Boshqacha
aytganda iqtisodiyotga ―tashlangan‖ investitsiyalar milliy daromadning o‘sishi
shaklidagi zanjirli reaktsiyasini keltirib chiqaradi.
Multiplikator – daromadning o‘sishi va mazkur o‘sishni
vujudga keltirgan
investitsiyalar hajmi ortishi o‘rtasidagi nisbatni ifodalovchi koeffitsientdir.
286
Keynsning
nazariy
qarashlari
mazmunan
davlat
makrodarajada
barqarorlashtiruvchi siyosat yuritish zarur degan amaliy xulosa chiqarishga olib
keladi.
Bunda davlatning vazifasi, mos keluvchi siyosat
yordamida muvozanatli
darajani to‘liq bandlik darajasiga ―ko‘chirish‖dan iborat.
Dostları ilə paylaş: