Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018




 









 KIRISH 
Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy 
hodisa va jarayonlarni tahlil qilish bilan birga, iqtisodiyotning barqaror o‘sishini 
ta‘minlash, ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, iste‘molchi sifatida 
tanlovning eng optimal variantlarini amalda ro‘yobga chiqarish bo‘yicha o‘zining 
mustaqil qarashlariga ega bo‘lish hamda o‘z sohasidan ilmiy-tadqiqot yo‘llarini 
amalga oshirishga layoqatli bo‘lishi talab qilinadi. 
Talabalarning mustaqil fikr yuritishi, turli iqtisodiy hodisa va jarayonlarning 
mohiyatiga o‘z nuqtai-nazarini bayon qilish layoqatiga va real voqeiylik to‘g‘risida 
amaliy ko‘nikmaga ega bo‘lishi hozirgi zamon talabidir. 
Shu sababli darslikda jamiyat iqtisodiy hayotining turli tomonlariga har xil 
iqtisodiy maktab vakillarining turfa qarashlari keltiriladi. 
Ko‘pchilik iqtisodiy kategoriyalar mohiyati klassik maktab vakillari va 
hozirgi zamon iqtisodiy oqimlar qarashlarini sintezlashtirish orqali ochib beriladi. 
Bu talabalarning hozirgi zamon iqtisodiyoti va uning istiqbolda rivojlanish 
tamoyillariga fikrlar xilma-xilligi orqali baho berishlarida muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Darslikda asosiy e‘tibor qo‘yilgan muammoga turli darajada qarash qoidasiga 
asoslanadi. Bunda so‘z mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, undagi davlat sektori 
va jahon iqtisodiyoti darajasida ro‘y beradigan munosabatlar to‘g‘risida ketadi. 
Darslikda hozirgi davrda iqtisodiy hayotda ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar 
fan-texnika taraqqiyoti, innovatsion rivojlanish va globallashuv jarayonining 
kuchayishi bilan bog‘liqlikda yoritib beriladi. 
Taraqqiyotning o‘zi bir tomondan, fanni chuqur o‘zlashtirishni zarur qilib 
qo‘ysa, ikkinchi tomondan, turli-tuman yangi usullarni qo‘llash, ko‘rgazmalilikni 
oshirish, texnik vositalardan foydalanish, ularni qo‘llashni takomillashtirish orqali 
bilim olishni osonlashtiribgina qolmasdan, uni qiziqarli jarayonga ham aylantiradi . 
Shu sababli, mazkur darslikda bayon qilingan iqtisodiy voqelik, ko‘rgazmali 
vositalar bilan to‘ldiriladi va boyitiladi.



Iqtisodiy fanlarning boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlardan ajralib turadigan 
tomoni ham shundaki, u dalillar rasmiy yoki shartli ma‘lumotlar bilan ish ko‘radi. 
Iqtisodchidan ular bilan ishlay bilish, qo‘ygan maqsadga erishish uchun hisob-
kitoblarni amalga oshirishi, ularning dinamikasini o‘rganish asosida zaruriy 
xulosalar chiqarish, ―Tegishli qaror qabul qilish‖ ko‘nikmasiga ega bo‘lish talab 
qilinadi. 
Bu o‘z navbatida nazariy-iqtisodiy fanlarni amaliy jihatlari bilan chuqur 
o‘rganish, imkon qadar real voqelikka yaqin tajribalar o‘tkazish, nazariy qonun-
qoidalarni sinab ko‘rishni zarur qilib qo‘yadi.
Shu sababli, darslikda o‘quv materiallarini bayon qilish usul va uslublari 
takomillashtiriladi, nazariy va amaliy muammolar jabhasi kengaytiriladi. 
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur o‘quv darslikda, iqtisodiyotning 
umumiy asoslari, bozor iqtisodiyoti va ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot nazariyasiga 
oid masalalar mantiqiy ketma-ketlikda o‘rin olgan. Ayniqsa, iqtisodiyotning asosiy 
muammosi va uning amal qilish yo‘llarini, hozirgi zamon rivojlangan bozor 
iqtisodiyoti, uning qonun-qoidalari va tartibga solish mexanizmlari rolini 
yoritishga alohida e‘tibor qaratilgan.
Darslikda «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi», ―Ta‘lim to‘g‘risida‖gi qonun 
va oliy o‘quv yurtlarida bakalavrlar tayyorlash davlat andozasining talablari 
hisobga olingan. Har bir mavzu mazmunini yoritishda respublika qonunlari, 
boshqa me‘yoriy hujjatlardan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezidenti 
Sh.Mirziyoev asarlaridan hamda 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan harakatlar 
strategiyasidan keng foydalanilgan. 
Darslikda shu fandan mavjud horijiy adabiyotlar bilan birga respublikada 
―Iqtisodiyot nazariyasi‖ bo‘yicha chop qilingan darslik va o‘quv qo‘llanmalardan, 
mamlakatimiz iqtisodiy hayotiga tegishli rasmiy statistik ma‘lumotlardan keng 
foydalanilgan. 
Darslik oddiy va ravon tilda yozilgan bo‘lib, bu talabalarga fanni oson 
o‘zlashtirishlari uchun imkon beradi. 



Darslikda o‘qitishning yangi texnologik hususiyatlari hisobga olinib, har bir 
mavzudan keyin asosiy tayanch tushunchalar va atamalar, takrorlash va munozara 
uchun savollar berildi, kitobning oxirida asosiy va qo‘shimcha adabiyotlar ro‘yxati 
keltirildi.
Iqtisodiyot nazariyasi bo‘yicha mazkur darslik Oliy o‘quv yurtlarining –baka-
lavr yo‘nalishi talabalariga mo‘ljallangan. Undan barcha iqtisodiy yo‘nalishdagi 
bakalavrlar, o‘rta mahsus o‘quv yurtlari o‘quvchilari, doktorantlar va iqtisodiyot 
nazariyasi sohasidagi bilimlarga qiziquvchi kitobxonlar ham foydalanishlari 
mumkin.
Muallif kursning tuzilishi, mazmuni, muammolarning bayon qilinishi tartibi 
va uslubi bo‘yicha bildirilgan har qanday taklif-mulohazalarni minnatdorchilik 
bilan qabul qiladi va keyingi o‘quv adabiyotlari tayyorlashda hisobga oladi.
Muallif ushbu darslikni tayyorlashda qimmatli maslahatlari va amaliy 
yordamlarini bergan Toshkent Moliya instituti ―Iqtisodiyot nazariyasi‖ 
kafedrasi professor-o‘qituvchisi Z.G.Allaberganovga, dizayner-sahifalovchi 
M.R.Usanovaga samimiy minnatdorchiligini bildiradi.




Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin