Ma’ruza 1 kirish. Kursning mazmuni va maqsadi. Kursning asosiy bo‘limlari-kristallografiya, mineralogiya, kristallokimyo, petrografiya, minerallarning tarkibi, materiallarning tuzilishi va boshqalar



Yüklə 44 Kb.
səhifə1/2
tarix27.06.2022
ölçüsü44 Kb.
#62397
  1   2
1-mavzu Kristallografiya va mineralogiya haqida tushuncha (1)


MA’RUZA 1
KIRISh. Kursning mazmuni va maqsadi. Kursning asosiy bo‘limlari-kristallografiya, mineralogiya, kristallokimyo, petrografiya, minerallarning tarkibi, materiallarning tuzilishi va boshqalar. Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo rivojiga O‘zbekiston olimlarining qo‘shgan hissalari.

"Kristallografiya, mineralogiya va kristallokimyo asoslari” fani ushbu sohaga ta’luqli ilmiy-texnikaviy muammolar, shu fan sohasining rivoji va istiqboli, uning silikat va elektron texnikasi sohalarida ishlatilishi yo‘nalishning umumkasbiy va mutaxassislik fanlari doirasida kiritilgan.


Fanning asosiy vazifasi - kristallografiya (kristallarning simmetriya nazariyasi va boshqalar), mineralogiya (kristallarning tarkibi, tuzilishi, morfologiyasi va boshqalar) va kristallokimyoni (metallarning tuzilish xarakteristikasi, qotishmalar, minerallar va boshqalar) zamonaviy tushunchalar tariqasida tushintirish va ularni silikat tarmog‘ining asosiy ob’ektlarida, elektron texnika materiallari va buyumlari ishlab chiqarishda qo‘llash, asosiy xom-ash’yolarga extiyojni qondirish, ishlab chiqarilgan mahsulot sifatini tahlil qilishdan iborat.
Fanni o‘rganish jarayonida quyidagi tushunchalar va masalalar ko‘rib chiqiladi:

  • kristallografiya bo‘yicha: kristallarning simmetriya nazariyasi, simmetriya, elementlari va sinflari, kategoriyalari va singoniyalari, halqaro simvollarda simmetriya sinflarining yozish qoidalari, ko‘p qirrali kristallarning shakllari, o‘sishning ketma-ketligi qonuniyatlari va boshqalar;

  • mineralogiya bo‘yicha: minerallar haqida tushunchalar, ularning tarkibi va strukturasi, tabiatda minerallarning uchraydigan shakllari, gabitus, o‘sish qonuniyati, minerallarning hosil bo‘lish sharoiti va agregat holatlari, silikat sanoatida ishlatiladigan minerallar (kaolin, talk, dala shpati, asbest, bura, qum, kalsit, magnezit, dolomit, soda, potash, gips, granit, gabbro, sienit, porfir, perlit va boshqalar), silikat texnik materiallar (shisha, sitallar, olovbardosh materiallar, nafis va texnik keramika, bog‘lovchi materiallar, shlaklar va hokazo), elektron texnika materiallari va buyumlari (o‘tkazgichlar, yarim o‘tkazgichlar, dielektriklar, magnit materiallari va boshqalar);

  • kristallokimyo bo‘yicha: tuzilishi (fazoviy panjara, elementar yacheyka va ularning o‘lchamlari, elementar yacheykalarning simmetriyalari va markazlashtirish turlari, elementar yacheykalarning singoniyalar bo‘ylab taksimlanishi) va kristallarning hossalari, kristall strukturaning simmetriya elementlari, kristall strukturalari tavsifi, kristallar tuzilishining koordinatsion asoslari, kimyoviy bog‘lar turi bo‘yicha strukturaning sistematikasi, polimorfizm va izomorfizm, asosiy struktura birliklari.

Ushbu ma’ruzalar matnlari ko‘pgina ilmiy-amaliy masalalarni yechishda qo‘llanilishi tavsiya etiladi, jumladan:

  • Silikat va elektron texnika sanoati xom ash’yolari, yarim tayyor mahsuloti va tayyor mahsulotlari tarkibi, tuzilishi va hossalarini aniqlashda;

  • Silikat va elektron texnikasi materiallari sanoati uchun muhim hom-ash’yo va materiallarining tuzilishi hamda o‘lchamlarini hisoblashda;

  • Ishlatilayotgan hom-ash’yo resurslari hamda chiqarilayotgan material va buyumlarning hossalari va ichki tuzilishi borasida tajriba va izlanishlarda ko‘llanilishi mumkin.

Bu fanni o‘rganishda quyidagi fanlarni va ularning bo‘limlaridan keng foydalaniladi:

  • noorganik, analitik va fizik kimyo hamda silikat va zo‘rg‘asuyuluvchan materiallar fizik kimyosi. Bo‘limlar -metallar, metall qotishmalari, oksidlar sinfi, sulfidlar, galloidlar va fosforli birikmalar, boratlar, tabiiy paydo bo‘lgan elementlar, karbidlar, silikatlar va boshqalar;

  • fizika, oliy matematika, chizma va muhandislik grafikasi, elektrotexnika va elektronika asoslari. Bo‘limlari-moddalarning tarkibi va tuzilishi, hossalari va ularning tarkib va tuzilishga bog‘liqligi, silikat va elektron texnikasi buyumlari va materiallarining mikrotuzilishi.

Fanni o‘rganish jarayonida kristallografiya, mineralogiya va kristallo-kimyo fanlari bo‘yicha chet ellarda va o‘zimizda erishilgan yutuqlar keng bayon etiladi. O‘rganilayotgan texnik ob’ekt va jarayondagi asosiy texnik-iqtisodiy talablar shakllantiriladi, ilmiy-texnikaviy mablag‘lar va ularni o‘zlashtirish omillari paydo bo‘ladi. Dars olib borish jarayonida kinofilmlar, kinolavxalar, slaydlar, maketlar va boshqa ko‘rgazmali qurollar orqali geometrik, strukturali, kimyoviy va fizikaviy, tarkibi va tuzilishiga oid mineralogiya, metall, metall kotishmalar va silikatlarning kristallokimyo tasnifiga oid materiallar o‘zlashtiriladi.
Kristallografiya, mineralogiya va kristallokime vujudga kelishida va rivojlanishida o‘rta asr buyuk olimlari - Beruniy va Ibn Sino asarlari katta rol o‘ynadi. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) o‘zining arab tilida yozgan bir qator asarlarida mineral rudalar, geologik jarayonlar to‘g‘risida juda ajoyib fikrlarni aytib o‘tadi. U Yerning dumaloqligiga ishonish bilan birga, uning kattaligini ham birinchilar qatorida o‘lchaydi. Beruniyning astronomiya traktatidagi sxematik kartasi qadimgi dunyoni yaxshi bilganligidan dalil beradi, u bu sohada g‘arb geograflaridan oldinda to‘rgan. Beruniy o‘sha vaqtdagi o‘zining kartasiga afsonaviy mamlakatlar va Kaspiy bo‘yi mamlakatlarini joylashtirmaydi, balki Xorazm va Xindistonning geologiyasini chiroyli qilib ta’svirlab beradi. Beruniy o‘zining “Aholi yashaydigan yerlar orasidagi masofalarining ohirigi chegarasini aniqlash” nomli asarida tosh va shag‘allar hamda mayda zarrachalar turli kuch ta’siri bilan tog‘dan ajraladi; keyin ular uzoq vaqt davomida suv va shamol kuchi tufayli qirralari sinib, silliqlashadi hamda yumaloq shaklga kiradi. Ulardan o‘z navbatda mayda donachalar - qum va changlar paydo bo‘ladi. Agar shu shag‘allar daryo o‘zanida to‘plansa, orasiga gil va qum kirib, bir butun hamirga aylanadi. Vaqtning o‘tishi bilan aralashgan narsalar suv tagiga ko‘milib ketadi.
Beruniyning zamondoshi, buyuk olim, tabiatshunos va faylasuf Abu Ali Ibn Sino (980-1037) ham geologiya fanining rivojlanishiga o‘z hissasini qo‘shdi. Ibn Sinoning geologik dunyo qarashlari uning ilmiy homusi - “Ashshifo” (Qalbni davolash) degan kitobining “Tabiat”degan bo‘limida yoritilgan. Shu kitobning 5 qismi metereologik xodisalarga bag‘ishlangan. Bu kitobda jinslarning va minerallarning paydo bo‘lish sabablarini va metereologik xodisalarning kelib chiqishi o‘rganilgan.
Ibn Sino tog‘ jinsi va minerallarning fizik hossasini, tog‘ va vodiylarning paydo bo‘lish sharoitlarini tekshirgan va ular xaqidagi gipotezani rivojlantirgan. O‘rta Osiyoda matematika “Al jabr” va astronomiya fanlarini rivojlantirishda mashhur olim Ulugbek goyat katta kuch va gayrat sarfladi. Osmon jismlarini tarqalish qonunini, harakatini, sonini, jumladan, Quyosh sistemasini birinchilar qatorida to‘g‘ri talqin qildi.
Rus olimlari V.I. Vernadskiy va A.E. Ferdsman tomonidan asoslangan geologiya fanining bu sohasi keyinchalik rivoj topishida A.P. Vinogradov, D.I. Sherbakov, A.A. Saukov va boshqalarning roli katta. O‘rta Osiyo mineralogiya va petrografiya rivojlantirishda X.M. Abdullaev, I.X.Hamrabaev, I.M. Mirxojiev, X.N. Boymuhamedov va I.M. Isamuhamedovlar g‘oyat katta ish olib bordilar.
SNG geologlari Yer osti suvlarining harakati va zonalarga bo‘linishi, mineral suvlar haqidagi nazariyalarini ishlab chiqdilar. O‘rta Osiyoda O.M. Akramxo‘jaev bu masalaga ko‘p hissa qo‘shdi.

Yüklə 44 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin