Bozor iqtisodiyoti bo‘lg‘usi iqtisodchilardan iqtisodiy voqeliklarni, iqtisodiy


Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/327
tarix07.01.2024
ölçüsü3,74 Mb.
#201807
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327
ЖУРАЕВ дарслик-2018

Tovarlar, xizmatlar va resurslarning harakati bo’yicha takror ishlab 
chiqarish - 
ishlab chiqarish, ayriboshlash, taqsimlash va iste‘mol qilish 
jarayonlarining birligidan iboratdir. Ishlab chiqarish jarayonida tovar va xizmatlar 
yaratiladi. Agar ishlab chiqarilmasa, taqsimlanadigan, ayriboshlanadigan va 
nihoyat, iste‘mol qilinadigan narsalar bo‘lmaydi. 
Taqsimot jarayonida
ishlab chiqarish vositalari, ishchi kuchi, tovar va 
xizmatlar hamda pul daromadlari tarmoqlar, sohalar, hududlar, korxonalar va 
jamiyatning alohida a‘zolari o‘rtasida taqsimlanadi hamda qayta taqsimlanadi.
Ayriboshlash 
yaratilgan 
ne’matlar 
va 
boyliklarning 
ishlab 
chiqaruvchilari va iste’molchilarini bog’lovchi bo’g’in hisoblanadi.
Iste’mol jarayonida
tovarlar va xizmatlar o‘zlarining pirovard 
iste‘molchilarini topadi hamda turli xil ehtiyojlarni qondirishga xizmat qiladi. 
Iste‘mol ikki turga bo‘linadi: unumli va shaxsiy iste‘mol. Ishlab chiqarish vosi-
talari va ishchi kuchi ishlab chiqarish jarayonida foydalanilib, unumli iste‘mol 
qilinadi. Iste‘mol buyumlari shaxsiy iste‘mol jarayonida foydalaniladi va shu 
orqali ularning o‘rniga yangisini ishlab chiqarish zaruriyati paydo bo‘ladi. 
Iqtisodiyotning zaruriy tarkibiy qismi va faoliyat qilishining asosiy sharti
infratuzilmadir. 
Infratuzilma – 
bu ishlab chiqarish va ayriboshlashning bir me‘yorda ro‘y 
berishi hamda kishilar turmush kechirishining umumiy shart-sharoitini tashkil 
qiluvchi sohalardir. 
Infratuzilma quyidagi turlarlardan iborat bo’ladi:
Ishlab chiqarish infratuzilmasi-bevosita ishlab chiqarish jarayoniga xizmat 
ko‘rsatadi. Bular saqlash va uzatish vositalari, ombor xo‘jaligi, moddiy texnika 
ta‘minoti, transport, aloqa, yo‘llar va boshqa shu kabilardir. 



Ijtimoiy infratuzilma-kishilar yashash va hayot kechirishining ijtimoiy-
madaniy va maishiy sharoitlarini tashkil qiladi (ta‘lim, sog‘liqni saqlash, maishiy, 
uy-joy va kommunal xo‘jalik). 
Bozor infratuzilmasi-tovarlar va iqtisodiy resurslar ayriboshlash jarayoniga 
xizmat qiladi (birjalar, savdo uylari, auktsionlar va boshqalar). 
Iqtisodiyotning doimiy va bosh masalasi jamiyat ehtiyojlarining cheksizligi 
hamda uni qondirish uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy resurslarning cheklanganligidir. 
Iqtisodiyotning bosh masalasi o‘zining ikki tomoniga ega: ehtiyojlar cheksiz va 
iqtisodiy resurslar cheklangan. 

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   327




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin